Ukrainadagi rossiyalik harbiy asirlar lageridan reportaj: «Asosiysi – tirik va sog‘-salomatman, ona»

Ukrainadagi rossiyalik harbiy asirlar lageridan reportaj: «Asosiysi – tirik va sog‘-salomatman, ona»

Shuningdek, “Ausbildung”dan so‘ng uch yillik mehnat shartnomasi hamda keyinchalik oilaviy ko‘chib borish uchun ko‘maklashiladi.

Ona tilidan ochiq dars ishlanmasi

2023-02-16 16:41:56 9

PDF yuklash
Chop etish

Ulug’ ustozlar asos solgan o’ziga xos ta’lim-tarbiya jarayonlari davom ettirilyapti

Aytish lozimki, tumanimizdagi 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi Respublikamiz miqyosida dong qozongan ta’lim dargohlaridan biri sanaladi. Mazkur maktab tamal toshini qo’ygan So’xning zabardast farzandi, butun umrini ta’lim-tarbiya sohasiga bag’ishlangan mehnat fidoiysi A’zamjon Mutaliyevning direktorlik davrida sodiq Ittifoq miqyosida ham o’zining xos o’rniga ega bo’lgan.

Maktabning yanada yuksalishi va rivoj topishi uchun ustoz A’zamjon Mutaliyevdan so’ng direktorlik vazifalarida ishlagan ustozlar Rahmonjon Nisoyev, Boronboy Urunboyevlar ham astoydil harakat qilishgan. Istiqlol davrida mazkur maktabni boshqargan Amirjon Temirov, Olimjon Yunusov, G’ayratjon Polvonov, Ulug’bek Niholjonov, Baxtiyor Polvonovlar ham ta’lim dargohida ustozlar asos solgan amaliyotni davom ettirishayotir.

Mazkur maktabda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa mutasaddilar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda maktabga asos solgan ustozlarning nomi hurmat va ehtirom bilan tilga olindi, ta’lim dargohi rivojiga hissa qo’shayotgan bugungi rahbarlarga omadlar tilandi. Uchrashuv chog’ida tuman hokimi barcha maktab o’quvchilariga o’tgan ustozlar xotirasini hamisha e’zozlash barcha avlodlarning asosiy vazifasi ekanligini ta’kidladi va ularga munosib shogird bo’lish lozimligini qayd etdi.

Tuman hokimi tomonidan maktabda olib borilgan va olib borilayotgan ishlar, xususan, maaktabning va barcha sinfxonalarning isitish tizimi ko’zdan kechirildi. Bir soat dars o’tgan tuman hokimi ta’lim dargohi o’quvchilarining bilim darajasini ham sinovdan o’tkazdi.

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati

So`x tumanhokimligi rasmiy veb sayti

ESLATMA!
Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda ushbu mazkur sayt manbaa sifatida ko’rsatilishi shart

  • Tuman hokimining nutqlari
  • Vazifalar va funksiyalar
  • Manzil
  • Tashkiliy tuzilma
  • Hokimlik
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Bo’sh ish o’rinlari
  • E’lonlar
  • Sayt haritasi

Manzil:
O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati, So’x tuman Amir Temur ko`chasi 5 uy.
Ish vaqti:9:00-18:00 Tushlik:13:00-14:00
Dam olish kuni:shanba yakshanba
Tel: 0 (373) 462-55-90
Faks: 8 (373) 462-55-90

Yangilanish
So’nggi marta saytdagi ma’lumotlar 16.02.2023
kuni yangilangan

Ukrainadagi rossiyalik harbiy asirlar lageridan reportaj: «Asosiysi – tirik va sog‘-salomatman, ona»

Foto: BBCRussian
BBC nashri jurnalistlari Ukrainadagi rossiyalik harbiy asirlar lageriga tashrif buyurdi. Ular mamlakat g‘arbidagi harbiy asirlar lageriga yetib borganda, Rossiya raketalari yana Ukraina osmoni uzra uchib o‘tayotgan edi. Quyida BBC muxbirlarining to‘liq reportaji keltiriladi.

«Bu ma’yus binolarda, Ukrainaning harbiy asirlarni saqlovchi ellikka yaqin lageridan biri joylashgan. Unda yuzlab rus harbiylari — safarbar qilinganlar, professional askarlar va yollanma jangchilar saqlanadi.

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari raketalarining uzoqdan portlashlari fonida biz yerto‘laga kiramiz va bu yerda Rossiya raketalaridan yashiringan bir necha o‘nlab asirlarni ko‘ramiz.

Bu urushda asirlar almashinuvi muntazam ravishda amalga oshirilmoqda va uning davom etishi Kiyev uchun juda muhim. Fevral oyida Ukraina hukumati urush boshlanganidan beri almashinuvlar orqali 1762 kishini uyiga qaytarishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qildi. Mahbuslarni almashish murakkab va qaltis operatsiya bo‘lib, uni uyushtirish uchun ko‘pincha bir necha oy kerak bo‘ladi.

Jeneva konvensiyasi qoidalariga ko‘ra, harbiy asirlarni keng jamoatchilikka ko‘rsatish mumkin emas.

Bizga o‘zimiz tanlagan va biz bilan suhbatlashishga rozi bo‘lgan asirlar bilan gaplashishga ruxsat berildi. Ammo lager soqchilari butun vaqt shu yerda bo‘ldi va mahbuslar, ehtimol, o‘zlari xohlagan narsani deyarli ayta olmadi.

Ko‘pchiligi hatto yuzini ham yashirdi.

Qo‘riqchilarning aytishicha, harbiy asirlar har ikki haftada bir marta qo‘ng‘iroq qilish huquqiga ega
2022 yil noyabr oyida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari idorasi har ikki tomonni harbiy asirlar huquqlarini poymol qilishda ayblab, hisobot e’lon qildi. Hisobot qiynoqlar va zo‘ravonliklardan shikoyat qilgan asirlar bilan o‘tkazilgan suhbatlarga asoslangandi.

Soqchilar bizga mahbuslar bilan risoladagidek muomala qilishlarini ko‘rsatish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qildi.

Asirlardan biri yollanma askar bo‘lganini aytdi. Uni uch kun oldin bu lagerga olib kelishgan. U yaqinda rossiyaliklar tomonidan egallangan Soledar shahri yaqinida asirga olingan.

Yana bir askarning aytishicha, u 29 dekabr kuni Luhansk oblasti hududida asirga tushgan.

«Umid qilamanki, ular meni almashtirishadi va men endi boshqa armiyaga bormayman», degan askar.

«Agar sizda tanlov bo‘lmasachi?» deb savol berdim men.

U bir soniya o‘ylab turib, «Bu borada o‘ylab qo‘yilgan fikrlar bor, men bu yerga yana qaytib kelaman va ixtiyoriy tarzda taslim bo‘laman», dedi.

Yerto‘ladan chiqib, biz atrofga qaradik va asirlarning yarmi yarador ekanini payqadik. Ularning ba’zilarining qo‘llari yoki oyoqlari bog‘langandi, ba’zilari esa zo‘rg‘a oqsoqlanib yurardi.

Bir yosh yigit granata portlashi qanday qilib uni oyog‘idan ayirganini ko‘zda yosh bilan aytib berdi.

Lagerdagi ustaxonada rossiyalik harbiy asirlar bog‘chalar uchun mebellar yasashadi
Pnevmatik stepler ovozini eshitib, biz o‘sha tomonga yurdik va kichik ishlab chiqarish maydonchasini ko‘rdik. Harbiy asirlar u yerda bog‘cha mebellarini yig‘ayotgandi. Ular bosh ko‘tarmasdan ishlashardi.

Bizga bir mahalliy firma lager bilan shartnoma tuzgani va asirlarga sigaret va shirinlik uchun pul topish imkoniyatini berganini aytishdi.

Harbiy asirlarning aksariyati bunday ustaxonalarda ishlashga majbur. Aftidan, ishlash yoki ishlamaslik huquqi faqat rus zobitlariga berilgan.

Tushlik uchun asirlar binoning yuqori qavatidagi vaqtinchalik ovqatlanish xonasiga boradi. Derazaga osib qo‘yilgan Ukraina bayrog‘i sovuq shamolda hilpiraydi.

Asirlarga tushlikda jo‘xorili sho‘rva va go‘sht solingan bo‘tqa beriladi
Ular tez va jimgina ovqatlanadi. Keyin stoldan turib, ukrain tilida tushlik uchun baland ovozda baravariga rahmat aytishadi.

Asirlar bu yerda ukrain tilida televizor ko‘rishga majbur qilinadi, jumladan, Ukraina tarixi va, masalan, Rossiya armiyasi tomonidan deyarli butunlay vayron qilingan Mariupol haqidagi hujjatli filmlar ko‘rsatiladi.

Oxirgi mahbuslar almashinuvi doirasida, o‘tgan yil bahorida Mariupolni himoya qilgan ukrainalik askarlarning bir qismi ham uylariga qaytgan.

Biz asirlardan biridan «ekrandan eshitayotganlaringizni tushunyapsizmi?» deb so‘radik.

«Biroz. Menimcha bu foydali ma’lumotlar» deya javob berdi mahbus. Bu holatda u Ukraina eshittirishlari haqida biron nomaqbul so‘z aytishi qiyin edi.

Televizor qarshisida o‘tirgan ruslarning ba’zilari televizorda nima deyilayotganini umuman tushunmayotgandi va katta ehtimol tushunishni xohlamayotgandi ham.

Soqchilarning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslarga har ikki haftada bir marta qo‘ng‘iroq qilishga ruxsat beriladi. Rossiyadagi qarindoshlari o‘g‘li, eri yoki ukasi bilan nima bo‘lganini ko‘pincha aynan mana shu qo‘ng‘iroq qilish imkoni tufayli bilib oladi.

«Qayerdasan? Men allaqachon shaharning yarmini oyoqqa turg‘azdim», — deya telefon go‘shagidan bir yosh askarning onasining ovozi eshitiladi.

«Onajon, kuting. Men asirlikdaman. Boshqa gapira olmayman», deya javob berdi yosh askar.

«O‘sha… ukroplardami?» deya xitob qiladi ona, shundan so‘ng go‘shakdan uning yig‘isi ovozi eshitiladi.

«Bo‘ldi, onajon, jim, tinchlaning. Asosiysi men tirik va sog‘-salomatman», deydi yonida soqchi turgan o‘g‘il.

Ba’zi asirlar qarindoshlariga ulana olmaydi. Endi umid keyingi qo‘ng‘iroqdan. Yoki asirlar almashinuvidan». Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ona tilidan ochiq dars ishlanmasi

Ishga qabul qilinganlar uchun oylik stipendiya 890 yevrodan boshlanib, ular kasbiy taʼlim davomida yashash joyi bilan taʼminlanadi.

Foto: Carloscruz Artegrafia/ pexels.com

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda “Duvenbeck Kraftverkehr GmbH” tashkiloti yuk mashinasi haydovchisi (“CE”) yo‘nalishida 2023-yilda boshlanadigan kasbiy taʼlimga fuqarolar taklif etiladi.

Ishga qabul qilinganlar uchun O‘zbekistondan Germaniyaga borish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi va oylik stipendiya 890 yevrodan boshlanadi va kasbiy taʼlim davomida yashash joyi bilan taʼminlanadi.

Shuningdek, “Ausbildung”dan so‘ng uch yillik mehnat shartnomasi hamda keyinchalik oilaviy ko‘chib borish uchun ko‘maklashiladi.

Nomzodlarga qo‘yilgan minimal talablar:

  • 18−35 yoshgacha bo‘lishi;
  • nemis tilida muloqot qila olish (Gyote va ECLdan olingan B1 sertifikat);
  • o‘rta maxsus taʼlim olgani haqida hujjat.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

  • xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
  • nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (B1 daraja, pdf shaklda);
  • nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).

Nomzodlar hujjatlarni havola orqali yuborishi mumkin.

Qo‘shimcha maʼlumot uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining +998712023355, +998712000061 va 1282 telefonlariga yoki uning hududiy filiallariga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Muhim: Nemis tilidan A2 daraja sertifikati bor fuqarolar ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin, lekin ular ham keyinchalik B1 sertifikati taqdim qilishlari lozim bo‘ladi.

Avvalroq “Spot” o‘zbekistonliklar “Volkswagen Slovakia” avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasiga ishga jalb qilinishi haqida yozgandi.

Bu bo‘yicha kelishuv amalga oshirilgan bo‘lib, kompaniyada 1500 ta ishchi kuchiga ehtiyoj mavjudligi ta’kidlanmoqda.

  • # germaniya
  • # ish
  • # yuk mashina haydovchisi

Qiziqarli malumotlar
ona, Ukrainadagi rossiyalik harbiy asirlar lageridan reportaj: «Asosiysi – tirik va sog‘-salomatman