UKRAINA
UKRAINA (Ukraina) — Yevropaning jan. sharqida joylashgan davlat. Mayd. 603,7 ming km2. Aholisi 48,4 mln. kishi (2002). Poytaxti — Kiyev sh. Maʼmuriy jihatdan Qrim Muxtor Respublikasi va 24 viloyat — Vinnitsa, Volin, Dnepropetrovsk, Donesk, Jitomir, Zakarpatye, Zaporojye, IvanoFrankovsk, Kiyev, Kirovograd, Lugansk, Lvov, Nikolayev, Odessa, Poltava, Rovno, Sumi, Ternopol, Xarkov, Xerson, Xmelniskiy, Cherkassi, Chernovsi, Chernigov viloyatlari, Kiyev va Sevastopol sh. lariga boʻlinadi.
Ensiklopediya.uz
Ukraina