UKAJONIM
UKAJONIM Oyni quchgim kelsa, narvonim bo‘lgan, O‘ziga dard kelsa ko‘nib ketadi, Tomiri tutashgan tomirlarimga, Borsam quchog‘ini ochib turadi, Yuragi osmondek, mehrichi — dengiz, Saqlab oling va yaqinlarga xam ulashing!UKAJONIM
DO`STLARGA ULASHING:
Og‘ir yuklarimga karvonim bo‘lgan,
Boshimni yo‘qotsam sarbonim bo‘lgan,
Qadri osmonlarga teng bo‘lgan ukam.
Mening dardim uchun sinib ketadi,
Quchsam dadam isi kelib ketadi,
Dadam kabi ko‘ngli keng bo‘lgan ukam.
Hamroxim bolalik davrlarimga
Yagona muxlisim ilk sherlarimga
Yuzlar ichra o‘zi ming bo‘lgan ukam
Mexrin yo‘llarimga sochib turadi,
Quvonib, osmonga uchib turadi,
O‘n besh qorong‘uda kun bo‘lgan ukam.
Jigarlar birlashgan joyi bir ildiz,
Har nedan qadrlim, har nedan aziz,
Qadri osmonlarga teng bo‘lgan ukam.
Dadam kabi ko‘ngli keng bo‘lgan ukam
UKAJONIM