Uels (Wales)
Uels (Wales) — Buyuk Britaniyannj maʼmuriysiyosiy qismi (tarixiygeografik hudud). Uels ya.o. va unga yondosh Anglsi o.da joylashgan. Maydoni 20,8 ming km². Aholisi 4.5 mln. kishiga yaqin (2016). Eng katta shahri — Kardiff. Maʼmuriy jihatdan 8 graflikka boʻlingan. Tub aholisi — valliy (uels)lar. Yer yuzasining koʻp qismi togʻlik. Eng baland joyi 1085 m. Iqlimi moʻʼtadil dengiz iqlimi. Oʻrmon, oʻtloq va yalangliklar bor. Toshkoʻmir, temir va polimetall rudalari konlari mavjud. U. xududida qadimda kimvrlarning kelt qabilalari yashagan. Anglosaks (5—6-asrlar) va normand (Pa.)larning Britaniya o.larini bosib olishlari natijasida U. hududidagi kelt qabilalaridan biri boʻlgan brittlarning bir qismi boshqa joylarga koʻchirilgan. 13-asr oxirida U. hududini Angliya egallab olgan (1536 y. gacha muxtor knyazlik). 1301 yildan ingliz taxtining vorislari «Uels shahzodasi» unvoniga egadirlar.Uels (Wales)
DO`STLARGA ULASHING:
Uels (Wales)