UEDDELL DENGIZI
UEDDELL DENGIZI — Atlantika okeanining chekka dengizi, Antarktidaning gʻarbiy qirgʻoqlariga t)$gash. Mayd. 2910 ming km2. Eng chuqur joyi 6820 m. Dengizning aksari qismi yil davomida suzib yuruvchi muzlar bilan band, aysberg koʻp. Qirgʻoqlarida shelf muzliklari bor. U. d. da kit va tyulenlar yashaydi. Dengiz 1823-y. da X. Ueddell boshliq ingliz ekspeditsiyasi tomonidan kashf qilingan va 1900-y. dan Ueddell nomi bilan atalgan.
Ensiklopediya.uz
Ueddell dengizi