Uchuqni davolashning xalqona usullari
Uchuqni davolashning xalqona usullari ➥ Labda yallig‘lanish alomatlarini sezsangiz, bezovtalikni yengillashtirish uchun moychechak, tirnoqgul (kolendula) ekstraktini jamlagan surtmalar, shuningdek, oqqarag‘ay (pixta) moyi bilan yengil ishlov berish mumkin. ➥ Bir choy qoshiq qora choyni yarim stakan qaynoq suvga damlang. Soviguncha dam yesin. Sovigan choyga paxtani yumaloqlab namlang va uchuqlarga qo‘ying. Muolajani 3-4 kun davomida kuniga bir necha mahal takrorlang. ➥ Paxtani kamfora moyiga namlab, kuniga bir necha mahal uchuqqa surting. ➥ Agarda uchuq surunkali ravishda chiqayotgan bo‘lsa, albatta, shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur.Uchuqni davolashning xalqona usullari
DO`STLARGA ULASHING:
Uchuqni davolashning xalqona usullari