UCHQIZIL SUV OMBORI

UCHQIZIL SUV OMBORI

UCHQIZIL SUV OMBORI — Surxondare viloyati Termiz sh. dan shim. tomonda, 20 km uzoklikda, Uchqizil razyezdi yaqinidagi suv ombori. Atrofi tepaliklar bilan oʻralgan taqasimon tabiiy chuqurlikda barpo etilib, 1957-y. da foydalanishga toʻliq topshirilgan. Umumiy hajmi 160 mln. m3, foydali xajmi 80 mln. m3. Zang kanalы va uning Jan. Zang suv keltirish kanali orkali Surxondaryo suvi bilan toʻldiriladi.

Ensiklopediya.uz
UCHQIZIL SUV OMBORI