TYANSHANIT
TYANSHANIT (Tyanshan togʻlari nomi bilan atalgan) — mineral. 1967-y. da topilgan. Kimyoviy tarkibi Na2BaMn TiB2Si6O20. Qattikligi 6—6,5, zichligi 3,3 g/sm3. Moʻrt. Geksagonal singoniyada kristallanadi. Notoʻgʻri shakldagi yirik (5×6 sm) kristallar holida boʻladi. Rangi yashil, shishadek yaltiroq. Tyanshanit ishkrrli siyenit uyumini kesib oʻtgan pegmatit tomirida piroxlor, astrofillit, bafertisit, danburit, batolit, galenit, sfen, kalsiy bilan birga uchraydi.
Ensiklopediya.uz
TYANSHANIT