TYANOʻPAN

TYANOʻPAN

TYANOʻPAN (xitoycha — Osmonoʻpar togʻlar, turkiy nomi — Tangritogʻ) — Oʻrta va Markaziy Osiyodagi eng baland va uzok, masofaga choʻzilgan togʻ tizmalari sistemasi. Gʻarbiy qismi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonda, sharqiy qismi esa Xitoy hududidadir. Tyanoʻpan bir necha togʻ tizmalaridan tashkil topgan boʻlib, ularning koʻpchiligi kenglik boʻylab, 2550 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Tyanoʻpan shimolda Moʻyinqum qumliklari, Ili botigʻi, Jungʻariya Olatovi, jan. da Fargʻona va Tarim botiqlari, gʻarbda Sirdaryoning oʻrta qismi, sharkda Gobi choʻllari va Beyshan togʻlarigacha yetib borgan. Shim. da Sharqiy Tyanshanga kiruvchi Boroxoro tizmasi, Jungʻariya Olatovi, Markaziy Tyanshanda Qaqshaltov tizmasi, jan. gʻarbda Olay tizmasi bilan tutashadi. Baʼzi geolog va geofaf olimlar Jungʻariya Olatovi va OlayHisor tizmalarini ham Tyanoʻpan tarkibiga kiritadilar. Tyanoʻpanga kiruvchi koʻpchilik tizmalar geografik kenglik yoki kenglikka yaqin yoʻnalish boʻylab, baʼzi tizmalari esa (Qoratogʻ, Fargʻona, Nurota va b.) meridianal yoʻnalishga yaqin choʻzilgan. Eng baland joyi Kirgʻiziston va Xitoy chegarasidagi Gʻalaba choʻqqisi (bal. 7439 m). Uning yaqinida bal. 6995 m li Xontangri choʻqqisi koʻtarilgan. Togʻ tizmalari shu choʻqqilardan gʻarb va sharq tomonga yelpigʻichsimon tarmoklanib, pasayib boradi.

Ensiklopediya.uz
TYANOʻPAN