TVARDOVSKIY Aleksandr Trifonovich

TVARDOVSKIY Aleksandr Trifonovich

TVARDOVSKIY Aleksandr Trifonovich [1910.8(21).6, Smolensk viloyati Pochinkov tumani — 1971.18.12, Moskva viloyati] — rus shoiri va jamoat arbobi. Moskva tarix, falsafa va adabiyot intini tugatgan (1939). SSSR Yozuvchilar uyushmasi boshkaruvi kotibi (1950—54, 1959—71). «Novoʻy mir» jurnali bosh muharriri (1950—54; 1958 — 70). Yevropa yozuvchilari jamiyatining vitseprezidenti (1963—68). «Muqaddima» (1933) dostoni va «Kolxoz raisi kundaligi» (1932) qissasida qishloq qayotidagi oʻzgarishlar aks etgan. «Muraviya mamlakati» dostoni (1936) gʻoyaviybadiiy jihatdan Tvardovskiy ijodida muhim oʻrin egallagan. 2jahon urushi yillarida Tvardovskiy front gazetalarida ishlagan. (1941—45). «Vasiliy Tyorkin» (1941—45), «Yoʻl chetidagi uy» (1946), «Yiroqyiroklarda» (1953—60), «Shu yillar lirikasidan» (1967) va b. rus sheʼriyatida katta voqea hisoblangan. Tvardovskiy rus adabiyotining, rus yozuvchilari ijodining muhim muammolariga bagʻishlangan adabiytanqidiy asarlar ham yaratgan («Vasiliy Tyorkin» kanday yozildi?», 1951—56; «Adabiyot haqida maqolalar va mulohazalar», 1961; «Blok haqida», 1955; «Pushkin gʻaqida soʻz», 1962; «Bunin toʻgʻrisida», 1965 va b.). Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Front sheʼrlari», 1941, «Vasiliy Tyorkin», 1962 va b.). Oʻzbekiston hayotidan sheʼrlar, maqolalar yozgan.

Ensiklopediya.uz
TVARDOVSKIY Aleksandr Trifonovich