TUYUQ

TUYUQ

TUYUQ — turkiy xalkdar mumtoz sheʼriyatidagi lirik janr. T. 4 misrali sheʼr boʻlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; aaba, baʼzan abvb tarzida va favqulodda xrllarda — aaaa oʻlchovida qofiyalanadi. Tuyuq soʻz oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz Tuyuqlar ham bor. T. ning dastlabki namunalari xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan Tuyuqlar Burhoniddin Sivosiy (14-a.) qalamiga mansub. «Qutadgʻu bilig» da ham tajnisli toʻrtliklar bor, biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan. Alisher Navoiy «Mezon ulavzon» asarida Tuyuqni birinchi marta janr sifatida belgilab oʻtgan va shakllantirgan. Bobur oʻzining «Aruz risolasi» asarida Tuyuqni turkiy sheʼriyat shakllaridan biri sifatida baholagan. Tuyuq hoz. sheʼriyatda birmuncha boshqacharoq nomlarda uchraydi. Xususan, ozarbayjonlarda bayot, turklarda maʼni, turkmanlarda laʼli. Mumtoz adabiyotda Lutfiy, Navoiy, Bobur, 20-a. shoirlaridan Gʻ. Gʻulom, Habibiy, Charxiy, Sobir Abdulla va b. ijodida Tuyuq janrining yetuk namunalari mavjud.

Ensiklopediya.uz
TUYUQ