TUYATOVON

TUYATOVON

TUYATOVON (Zygophyllum L.) — tuyatovondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik ildizpoyali oʻsimliklar turkumi; oʻt, buta, chala butalardan iborat. Poyasi qattiq, sershox. Boʻyi 30 — 70 sm. Bargi sersuv, qaramaqarshi, bir, baʼzan 2—4 juftdan joylashgan. Gullari 1 yoki 2 tadan, tojbarglari oqimtirsariq, tagi qizil dogʻli, changchisi 8—10 ta. Yoz davomida gullab urugʻlaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Urugʻi 20—30° haroratda unib chiqadi. Mevasi bir yoki bir nechta uchli koʻsakcha. Ildizi oʻq ildiz. Yer sharining choʻl va dashtlarida tarqalgan. 250 dan ortiqturi bor. Oʻzbekistonda 13 turi uchraydi. Gʻunchasi sabzavot sifatida ovqatga ishlatiladi. Begona oʻt sifatida hamma ekinlar orasida uchraydi. Daryo vodiylari, vohalardagi bir oz shoʻrtob yerlarda oʻsadi.

Ensiklopediya.uz
TUYATOVON