TUYAMOʻYIN SUV OMBORI

TUYAMOʻYIN SUV OMBORI

TUYAMOʻYIN SUV OMBORI — Amudaryoning quyi oqimidagi Tuyamoʻyin tor darasida qurilgan yirik gvdrotexnika inshooti. Daryo suvini irrigatsiya va energetika maqsadlarida mavsumiy rostlash uchun xizmat qiladi. Gidrouzel qurilishi 1970-y. dan boshlangan. 1978-y. da 1navbati va 1983-y. da toʻliq ishga tushirilgan. Umumiy hajmi 7800 mln. m3. Suv ombori 4 ta — 1 ta oʻzanli va chap sohildagi tabiiy chuqurliklarda barpo etilgan, suv uzatilib toʻldiriladigan 3 ta ombordan (Kaparas, Sultonsanjar, Qoʻshbuloq) iborat. Gidrouzel Amudaryoning chap va oʻng sohillariga suv chiqarishni taʼminlaydi. Tuyamoʻyin suv ombori toʻgʻonlari suvni damlab, satxini kutarilishga olib keladi. Bunda yuqori va pastki byeflardagi eng katga farq 18—24 m ga yetib boradi. Sultonsanjar pastligini suv bilan tuddirish uchun Tuyamoʻyin gidrouzelidan gʻarb tomonga qarab 2,5 km uzunlikda sarfi 50 m3/sek boʻlgan kanal qurilgan. Tuyamoʻyin suv ombori Tuyamoʻyin GʻESning barqaror ishlashini taʼminlaydi. Amudaryodan Tuyamoʻyin suv omboriga har yili oqib keladigan 200 mln. t loyqaoqiziqlarni chiqarib yuboradigan inshootlar barpo etilgan.

Ensiklopediya.uz
TUYAMOʻYIN SUV OMBORI