TUYABOʻGʻIZTEPA

TUYABOʻGʻIZTEPA

TUYABOʻGʻIZTEPA — ilk oʻrta asrlarga mansub daxmali tepaliklar (mil. 5 — 8-a. lar). Tuyaboʻgʻiz suv ombori (Toshkent dengizi)ning shim. gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinida, Oʻrtaboz degan joyda joylashgan. 1959—61y. larda (T. Aʼzamxoʻjayev) oʻrganilgan. Daxmalar tepalik koʻrinishida, boʻyi 2 m, diametri 15 — 20 m boʻlgan. Baʼzi daxmalar katakombali inshootlar boʻlib, 2,6×2 m li xonalarga ajratilgan. Mehnat qurollari, sopol idishlar, temir pichoq, tanga, marjon, chigʻanoqlar chiqqan. Baʼzi daxmalardan nauslar ochilgan. Ulardan tartibsiz suratda qoʻyilgan, silindr shaklidagi ossuariy va skeletlar topilgan.

Ensiklopediya.uz
TUYABOʻGʻIZTEPA