TUYABOʻGʻIZ

TUYABOʻGʻIZ

TUYABOʻGʻIZToshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi shaharcha. 1957-y. tashkil etilgan. Tuyaboʻgʻiz suv omboriToshkent dengizi»)ning shim. gʻarbiy sohilida joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi (Toshkent—Angren t. y.) — Kuchlik (4 km). Aholisi 5431 kishi (2004). Shaharchada temirbeton va asfaltbeton zdlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 2 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat uyi, kutubxona, poliklinika, kasalxona, tibbiy punkt va b. tibbiy muassasalar bor.

Ensiklopediya.uz
TUYABOʻGʻIZ