Tuya suti – uning turli xastaliklarda qo‘llanishi xususida

Tuya suti – uning turli xastaliklarda qo‘llanishi xususida

Tuya suti – uning turli xastaliklarda qo‘llanishi xususida

DO`STLARGA ULASHING:

Tuya suti juda mazali va to‘yimli sut mahsulotidir. Bu sut Sharq mamlakatlarida azaldan sevib iste’mol qilinadi. Oppoq, bir oz shirinroq ta’mga ega bo‘lgan tuya suti jonzotning qanday ozuqa bilan oziqlangani va ichgan suvining sifatiga qarab uning mazasi o‘zgarib turishi mumkin. Birlashgan Arab Amirliklari va O‘rta Osiyoda tuya suti shifobaxsh xususiyati bilan qadimdan mashhur. Arablar tuya sutini har kuni iste’mol qilishadi. Undan qimiz, pishloq hatto muzqaymoq va kakao tayyorlanadi.
683a6e148a018e2c57ad1936d5497540

Tabobat ilmi sultoni Abu Ali ibn Sino ham «Tib qonunlari» nomli ilmiy asarida tuya sutining shifobaxshligi hususida yozib qoldirgan.

Eramizdan ikki ming yil avval Arabistonda tuyalar qo‘lga o‘rgatilib, xonakilashtirilgan. Shundan beri uzoq vaqt suvsizlikka chidamli, beminnat yuk tashuvchi, go‘shti va suti, juni bilan qadrlanadigan ikki yoki bir o‘rkachli tuyalar insonning eng yaqin hamrohiga aylandi. Cho‘lu biyobonda savdogarlar karvonini betalofat qum bo‘ronlari va qishning izg‘irini, yozning jaziramasidan bepisand manzilga etkazgani uchun tuyani odamzod «sahro kemasi» ham deb atay boshladi. Sahroda asosan tuyalar yantoq bilan oziqlanishadi. Bu cho‘l o‘simligi ham shifobaxsh xususiyatga ega. Uning tarkibida juda ko‘p miqdorda mineral va biologik faol moddalar mavjud. Yantoqdan tayyorlangan qaynatma mikroblarga qarshi kurashuvchi antibakterial xususiyatga ega. Shu sababli ham yantoq bilan oziqlangan tuya sutining shifobaxshligi yanada ortadi. Cho‘l va yarim cho‘l hududlarida tuya yagona sut beruvchi jonivor hisoblanadi.

Ko‘chmanchi qozoq chorvadorlari tuya sutidan qimiz tayyorlashadi. Buning uchun ular teridan tayyorlangan meshga ozgina qatiqqa o‘xshash achitqi solishadi. So‘ngra yangi sog‘ib, dokadan suzib olingan tuya sutini mesh ichidagi achitqiga aralashtirishadi. Bir kecha-kunduzdan keyin meshni yaxshilab chayqatishadi. Qarabsizki, ot sutidan tayyorlangan qimizga nisbatan 8 foiz yog‘liroq, sal sho‘r ta’mli, quyuq ichimlik tayyor bo‘ladi.

Shveytsariyada tuya sutidan tansiq shokolad tayyorlanadi. Ammo bu shokolad sho‘r ta’mli bo‘ladi. Arabistonda undan kakao, Hindistonda esa muzqaymoq tayyorlashadi. Tuya suti tarkibida V1, V2 vitaminlari, temir, fosfor, oltingugurt, kaltsiy moddalari mo‘l. Ayniqsa, S va D vitaminlari tuya sutida sigir sutiga nisbatan uch barobar ko‘p. Sut shakari — kazein va laktoza moddalari esa aksincha tuya sutida kam miqdorda bo‘ladi. Agar bemorning immuniteti (organizmning kasalliklarga qarshi chidamliligi) past bo‘lsa har kuni 0,5 litrdan yangi sog‘ilgan tuya sutini och qoringa ichib yursin. Keyin 4 soat o‘tgach ovqatlansa bir oy yoki 40 kun o‘tgach o‘zida ijobiy o‘zgarishlarni his etadi. Tuya sutini iste’mol qilgan davrda bemor achchiq, sho‘r, dudlangan va turli konserva muhsulotlari, shuningdek, spirtli ichimliklarni ichish, sigaret chekishdan tiyilishi kerak. Chunki, parhez tutish tuya sutining shifobaxsh ta’sirini oshiradi. Dastlab bu sutni iste’mol qilganda bemorning ichini surishi mumkin. Yana qusish ehtimoli ham bor. Bu holatda ham bemor sut ichishni to‘xtatmasligi kerak. Organizm bu vaqtda tanadagi ortiqcha xilt (shlak)lar, toksin (zahar)lardan tozalanayotgan bo‘ladi. Shunda ham ich ketishi to‘xtamasa tuya sutidan tayyorlangan qatiq ichishi lozim.

Diqqat! Har qanday sut mahsulotlariga allergiyasi bor insonlarga tuya suti tavsiya etilmaydi. O‘tmishda dezinfektsiya qiluvchi dori vositalari kashf etilmagan davrda arablar yara-chaqalar yoki jarohatlarni yosh tuya peshobi bilan yuvishgan. Hozir ham cho‘lu biyobonlarda shu usul qo‘llanadi. Yana ular a’zoi-badanlari behol bo‘lganda yohud ichaklarida og‘riq his etganlarida tuya peshobi va sutini ichib davolanganlar. Ayni kunlarda Arabistonda yashovchi beduin qabilasi vakillari hozirda ham tish og‘rig‘i, milklar yallig‘lanishi, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida og‘izlarini yosh tuya peshobi bilan chayishadi. Shuningdek, ular sochning quyuq o‘sishi uchun va qazg‘oqning oldini olishda tuya peshobini qo‘llashadi. Bitni yo‘qotishda ham bu usul samarali hisoblanadi. Yana tumov va shamollashda tuya peshobi bilan burun chayiladi. Ko‘z yallig‘lanishida tuya peshobi bilan yuviladi. Chipqon va maddali (tagi qattiq yiring boylagan) yaralarning etilishida tuya peshobiga ezilgan  aloe bargi aralashtirib malham tayyorlanadi. Bediunlar shu malhamni bemorning shikastlangan joyiga bog‘lab qo‘yishadi. Yana tinimsiz isitmalayotgan bemorga yosh tuyaning suti bilan peshobini teng miqdorda aralashtirib ichirishadi. Allergiya xastaligiga chalingan va tumov bo‘lgan bemorlarni tsitrus o‘simliklarini iste’mol qilgan tuya peshobini hidlatish yo‘li bilan davolashadi. Bediunlar hali ko‘paymagan, yosh tuya peshobini birinchi marta bolalagan, yangi tuqqan tuya suti bilan aralashtirib «al-mak’shura» nomli shifobaxsh ichimlik tayyorlashadi. Shunisi e’tiborliki, yosh tuya cho‘lu biyobondagi yantoq va shifobaxsh o‘simliklar bilan oziqlangan bo‘lishi zarur. Shundagina uning peshobi shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lar ekan.

Qirol Abdulaziz universitetidan doktor Axlyam al — Avadi tuya peshobini bakteriya va zamburug‘larga ta’sirini o‘rgandi. Uning ilmiy tadqiqotlari asosida «vazarin» nomli preparat yaratildi. Tuya peshobi zamburug‘, bakteriya va achitqilarga qarshi kurashda keng ta’sir etuvchi antibiotiklarday samara berdi. «Vazarin» dori vositasi teri kasalliklari (temiratki, psoriaz), allergiya, maddali yaralar, kuyishda, oyoq va qo‘l tirnoqlarining zamburug‘li kasalliklarida qo‘llanilganda bemorlar shifo topdi. Bu preparat xavfsiz bo‘lib, aks ta’siri yo‘q. Shuningdek, arzonligi bilan xaridorgirdir. Yana bir arab tadqiqotchisi Muhammadani Ahmad Abdulla istisqo (vodyanka) kasalligini davolashda 15 kun davomida 15 nafar bemor bilan hamkorlikda ishladi. Tadqiqot avvalida bu bemorlarning qornida jigar xastaligi tufayli juda ko‘p suyuqlik yig‘ilib qolgan edi. Shifokor-olim har kuni bemorlarga ma’lum miqdorda tuya peshobini uning suti bilan aralashtirib och qoringa ichishni tavsiya etdi. Oradan 15 kun o‘tgach natija ko‘zga yaqqol tashlandi. Chunki, xasta kishilarning qornidagi shishlar yo‘qolib, bemorlar o‘zlarini yaxshi his eta boshladilar. Yana Muhammadani 25 nafar jigar tsirrozi xastaligi bilan og‘rigan bemorlar bilan ham tadqiqot o‘tkazdi. Ularning 15 nafarining jigarini yog‘ bosgan edi. Qolgan bemorlarda jigar tsirrozi paydo bo‘lishiga boshqa sabablar bo‘lgan. Doktor ikki oy davomida ularni yuqorida bayon qilingan usul bilan davoladi. Bemorlar o‘zlarini yaxshi his eta boshlashdi. Ammo tadqiqot davri tugagan bo‘lsada ko‘pgina bemorlar yana ikki oy davomida tuya peshobi va sutini aralashtirib ichib yurishdi. Bu muddatdan so‘ng ular tibbiy ko‘rikdan o‘tishgach, bemorlar butunlay jigar tsirrozidan tuzalib ketgani aniqlandi.

LEYKEMIYa (QON RAKI) XASTALIGINING NOAN’ANAVIY DAVO USULI

Beduin qabilasi vakillari leykemiya (qon raki) bilan og‘rigan to‘rt nafar bemorni och qoringa 40 kun davomida tuya peshobi va sutini aralashtirib davolashdi, deya xabar beradi «Tarik’ al — xidaya fi dar’ maxatir al-jinn vash-shayatin» kitobi muallifi. Davolash muddati davomida bemorlar boshqa hech narsa iste’mol qilishmagan. Arabistonda yashovchi bediunlar tuya peshobini «al-vazar» deyishadi. Uni qo‘llash usuli quyidagicha:

Tuyaning peshobidan bir qahva idishcha miqdorda (uch osh qoshiq) olinadi va bir piyola tuya suti bilan aralashtiriladi.

Tuya sutidan tayyorlangan qatiq shubat deyiladi. Shubat sil, o‘n ikki barmoq ichak yarasida shifobaxshdir. Bundan tashqari tuya suti qonni yangilaydi. Quruq terini namlantiruvchi xususiyatga ega. Ya’ni, uni yoshartiradi.

TUYa SUTI QANDLI DIABETNI NAZORAT QILIShDA YoRDAM BERADI

Yaqin Sharq mamlakatlari va Hindistonda o‘tkazilgan bir qancha ilmiy tadqiqotlar tuya sutining qandli diabet xastaligida qondagi qand miqdorini pasaytirishini ko‘rsatdi. Misrdagi Kohira universiteti olimlari to‘rt oy davomida 54 nafar qandli diabet xastaligi bilan og‘rigan va insulin bilan davolanayotgan bemorlarni kuzatuv ostiga olishdi. Shu bemorlarning teng yarmi ixtiyoriy ravishda insulin bilan davolanishdan tashqari har kuni yarim litr tuya suti ichishdi. Tuya suti ichib yurgan bemorlarda laboratoriya tahlillari uglevod almushinuvi ijobiy tomonga o‘zgarganini ko‘rsatdi. Shuningdek, me’da osti bezining insulin ishlab chiqishiga qonda S — peptidning paydo bo‘lishi «turtki» bo‘lganligi yaqqol belgidir. Hindiston (Bikander)dagi Qandli diabetni davolash tadqiqot markazida ikki yil davomida o‘tkazilgan kuzatuvga asosan 12 nafar insulinga qaram bo‘lgan bemorlarning 3 nafari muntazam tuya sutini iste’mol qilishi natijasida batamom sog‘ayib ketgani qayd etildi. Qandli diabetning II turida ham tuya sutini iste’mol qilgan bemorlarda qonda qand miqdori pasaygani kuzatildi.

Saudiya Arabistoni qirolligi universiteti olimlarini ham tuya sutining o‘ziga xos xususiyati jalb etdi. Insulinga o‘xshash moddaga boy tuya suti me’da shirasida juda ham kam miqdorda parchalanishi uning o‘n ikki barmoq ichakda yaxshi so‘rilib qonda insulin gormonining etarli miqdorda bo‘lishiga zamin yaratar ekan. Bundan tashqari tuya suti me’da osti bezining beta-hujayralari faoliyatini yaxshilaydi. Qadimdan tuya suti qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun shifobaxsh, tansiq ne’mat sifatida tavsiya etib kelingan. Sababi uning tarkibida juda ko‘p miqdorda insulinga o‘xshash protein mavjud. Bu protein yuqorida ta’kidlaganimizdek, me’da shirasi ta’siriga kam uchrab qonga yaxshi so‘riladi va qonda qand miqdorining pasayishiga yordam beradi. Ammo muntazam insulin qabul qilib yurgan bemorlar birdaniga bu dori vositasidan voz kechishlarini tavsiya etmaymiz. Ular davolovchi shifokorlari bilan maslahatlashgan holda yangi sog‘ilgan tuya sutini kuniga 0,5 litr (kattalar uchun) ichib yursalar sog‘liqlari uchun yanada foydali ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz. Chunki, tabiatning o‘zi tabibdir.

G‘am-g‘ussaga botgan, tushkun kayfiyatli insonlar, vasvasaga duchor bo‘lgan bemorlarga tuya suti ichirish zarur. Agar tuya suti tabiiy, toza asal bilan ichilsa, gijjalarni yo‘qotib, me’da-ichak tizimidagi yaralarni tuzatadi. Yangi sog‘ilgan tuya suti gastrit (me’da shilliq qavati yallig‘lanishi)ga davo hisoblanadi. Shuningdek, sil kasalligi va pnevmoniya (zotiljam)da ham tabiblar tuya sutini ichishni tavsiya etishadi. Shakar bilan aralashtirib ichilgan tuya suti teri rangini tiniq va chiroyli qiladi, ajinlarni tekislaydi. Shuni yodda tutish zarurki, tuya suti ichib davolanayotgan bemorga tinchlik-xotirjamlik kerak. Ruhan sokin insonlarning darddan forig‘ bo‘lishi oson kechadi. Bemorning yaqinlari sabr bilan uning tuzalishiga ko‘mak berishi muhim ahamiyatga ega.

Gulchehra SHIRINOVA

Manba: Soglom.uz

Tuya suti – uning turli xastaliklarda qo‘llanishi xususida