Tuxumdon kistasi — sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari haqida malumot
Tuxumdon kistasi ayollardagi jinsiy xastaliklar orasida koʻp uchrashi jihatidan bachadon miomasidan keyingi oʻrinni egallaydi.
Tuxumdon kistasi qanday kasallik?
Tuxumdon kistasi tuxumdon yuzasida hosil boʻluvchi hosila boʻlib, ichi suyuqlikka toʻla boʻladi. Odatda tuxumdon kistalari rivojlanayotgan follikuladan paydo boʻladi. Ushbu kista ayol sogʻligʻi uchun aytarli xavf tugʻdirmaydi. Shu bois davolanilmasa, bir nechta hayz siklidan soʻng oʻzi soʻrilib ketadi.
Kamdan kam hollarda tuxumdon kistasi kistaning yorilishi yoki qon ketish bilan asoratlanadi. Ayrim hollarda kista oʻz “oyogʻi”da oʻralib qolishi, yondosh aʼzolarni bosishi mumkin. Bu hollarda shoshilinch jarrohlik yordami koʻrsatish kerak boʻladi. Tuxumdon kistasi oʻlchovlari bir necha sm.dan 15-20 sm.gacha boʻlishi mumkin.
Ovulyatsiya nima? Follikula qanday paydo boʻladi?
Sogʻlom ayollarda bachadonning ikki tarafida tuxumdonlar joylashgan. Tuxumdonlarda tuxum hujayralar yetiladi. Tuxumdonlar bachadon bilan bachadon naylari orqali birlashgan. Har bir tuxumdonning oʻlchami yongʻoq kattaligida boʻladi. Har hayz sikli davomida tuxumdonlardan tuxum hujayralar yetilib bachadon boʻshligʻiga tushadi. Tuxum hujayra yetilgunga qadar follikula ichida boʻladi.
Hayz sikli oʻrtasida follikula yoriladi va ichidan tuxum hujayra bachadon boʻshligʻiga tushadi. Follikulaning yorilishi ovulyatsiya deb nomlanadi. Bachadon boʻshligʻiga tushgan tuxum hujayra spermatozoidlar bilan birlashib ayolning homilador boʻlishiga olib keladi. UTT tadqiqot vaqtida har bir tuxumdonda ovulyatsiyaga qadar bir nechta kistalarni aniqlash mumkin. Bular yetilgan follikulalardir.
Ovulyatsiya vaqtida esa bitta yoki ikkita follikula yoriladi. Ayrim hollarda esa yetilgan follikulalarda koʻp miqdorda suyuqlik toʻplanadi. Natijada follikulaning razmeri kattalashadi. Bu kasallik follikulyar kista deb nomlanadi. Agar follikula yorilmasa bir necha oy davomida saqlanib qoladi. Asta-sekin bu kistaning oʻlchami kichiklashadi va yoʻqolib ketadi.
Follikula yorilgandan soʻng follikula oʻrnida qolgan sariq tanada ham kista rivojlanishi mumkin. Bu sariq tana kistasi deb ataladi. Baʼzida kista ichida qon toʻplanadi. Bu holda kista gemorragik kista deb nomlanadi.
Follikula haqida ushbu maqola orqali toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin: Follikula nima? Follikulaning normal yetilishi va patologik holatlari
Tuxumdon kistasi rivojlanishiga moyillik tugʻdiruvchi xavfli omillar nimalardan iborat?
- Hayz siklining muntazam boʻlmasligi;
- Tanada ortiqcha yogʻ toʻplanishi;
- Semizlik;
- Hayz siklining erta boshlanishi (11 yosh va undan barvaqt);
- Bepushtlik;
- Gipotireoz va boshqa gormonal buzilishlar;
- Koʻkrak bezi saratoni.
Tuxumdon kistasida qanday belgilar kuzatiladi?
Odatda tuxumdon kistasida hech qanday belgilar kuzatilmaydi. Kasallikka UTT tekshiruv vaqtida tashxis qoʻyiladi. Ayrim hollarda tuxumdon kistasi kasalligida quyidagi belgilar kuzatiladi:
- Qorin pastki qismida kuchli ogʻriqlar kuzatilishi;
- Hayz siklining buzilishi;
- Qorin pastki qismida ogʻirlik hissi borligi;
- Hayz sikli davrida qorin pastki qismida kuchli ogʻriqlarning boʻlishi;
- Qorin pastki qismlari jismoniy mehnat vaqtida yoki jinsiy munosabatlar chogʻida toʻsatdan ogʻriq paydo boʻlishi;
- Ichaklar va siydik pufagi boʻshalishi vaqtida qorin pastki qismida ogʻriq va ogʻirlik hissi borligi;
- Davriy ravishda koʻngil aynishi va qusish;
- Qin sohasida ogʻriqlar aniqlanishi va qindan qonli ajralma ajralishi;
- Bepushtlik.
Ushbu kasallikda hech qanday belgilar kuzatilmasa, qaysi hollarda shifokorga murojaat etish lozim?
Agar sizda tuxumdon kistasi kasalligi tashxisi qoʻyilgan boʻlsa, quyidagi belgilar kuzatilganda darhol shifokorga murojaat etish lozim:
- Tana haroratning 38,5 C dan baland boʻlishi;
- Qorin sohasida va chanoq sohasida ogʻriq boʻlishi;
- Koʻngil aynishi va qusish;
- Holsizlik, bosh aylanishi va hushning yoʻqolishi;
- Teri rangi oqarishi;
- Hayz vaqtida koʻp miqdorda qon kelishi va uzoq davom etishi;
- Qorin sohasining sababsiz kattalashishi;
- Yuzda tuklarning koʻpayishi;
- Qon bosimining oʻynab turishi (oshishi yoki tushishi)
- Tashnalik kuzatilishi;
- Siydik ajralishining tezlashuvi;
- Vaznning kamayishi;
- Qorin sohasida qoʻl bilan paypaslanadigan hosila aniqlanishi.
Kasallikka qanday tashxis qoʻyiladi?
Tuxumdon kistasi tashxisini tasdiqlash uchun quyidagi tekshiruvlar oʻtkaziladi:
- Qin orqali UTT tekshirish;
- Kompyuter tomografiya. Agar UTT tekshiruv kerakli maʼlumotni bera olmasa, kompyuter tomografiya tekshiruvi oʻtkaziladi;
- Laparoskopik operatsiya: Bu operatsiya yordamida tuxumdon kistasini aniqlash va uni olib tashlash mumkin;
- Qondagi gormonlar miqdorini tekshirish;
Homiladorlikni aniqlash lozim. Chunki tuxumdonning kistasini davolashda homilador ayollarda va homilador boʻlmagan ayollarda farqli tomonlari bor.
Tuxumdon kistasi va oral kontratseptiv vositalar
Ayrim mutaxassislarning fikricha, homiladorlikdan saqlanish maqsadida qoʻllaniladigan oral kontratseptiv vositalar yordamida tuxumdon kistalarini davolash mumkin. Agar sizda tuxumdon kistasi rivojlanishiga moyillik mavjud boʻlsa, shifokor tavsiyasi bilan oral kontarseptiv vositalardan birontasini qabul qilishingiz mumkin.
Chunki bu gormonal vositalar ovulyatsiyani sekinlashtirib, tuxumdon kistasi kasalligining rivojlanish xavfini pasaytiradi. Shuningdek, ushbu vositalar mavjud kistaning oʻlchamini kichraytirishga ham yordam beradi.
Tuxumdon kistasi va jismoniy faollik
Ushbu turdagi kistasi mavjud ayollarga jismoniy faollik qisman cheklanadi. Ularga keskin harakatlarni bajarish, sakrash, energik mashqlar ham man etiladi.
Kista kuchli ogʻriq berganda bu ogʻriqni qanday bartaraf etish mumkin?
Ayrim hollarda tuxumdon kistasi kuchli va keskin ogʻriqlar berishi mumkin. Bu holda ogʻriqni qoldiruvchi dori vositalari buyuriladi. Masalan: paratsetamol, prolid, nodamet, ibuprofen. Baʼzi ayollarga iliq vanna yoki grelka ham yaxshi yordam beradi. Bu vositalar mushaklarni boʻshashtirib, zoʻriqishni bartaraf etadi. Bu usulni qoʻllagan vaqtingizda juda ehtiyot boʻling. Chunki grelka terini kuydirishi mumkin.
Tuxumdon kistasi va homiladorlik
Tuxumdondagi kista homiladorlikka salbiy taʼsir qilmaydi. Ayollarning bola koʻrish faoliyatiga ham toʻsqinlik qilmaydi. Tuxumdon kistasi mavjud ayollarda homiladorlik kuzatilishi bilan kista oʻlchamlarining kichrayishi va yoʻqolishi kuzatiladi. Homiladorlik paytida tuxumdon kistasi kamdan kam hollarda rivojlanadi.
Tuxumdon kistasi kasalligi qanday davolanadi?
Tuxumdon kistasi gormonal oʻzgarishlar natijasida kelib chiqqanligi bois odatda davolanilmaydi. Faqatgina tuxumdon kistasi 10 sm.dan katta boʻlgan holda va 3 oy davomida oʻz-oʻzidan soʻrilmagan kistalar xirurgik davolaniladi.
Tuxumdon kistasi asorat bergan taqdirda (kistaning yorilishi, kistaning oyogʻida oʻralashib qolishi, kistaning yondosh aʼzolarni bosishi) zudlik bilan operativ davo oʻtkaziladi.
Kista oʻlchamlarini kuzatib borish
Kista aniqlanishi bilan uning oʻsib borishi nazorat ostiga olinadi. Odatda kistaning oʻsib borishini UTT yordamida kuzatish mumkin. UTT tekshirish hayzdan soʻng oʻtkaziladi. Agar kista 3 oydan ziyod vaqt davomida saqlanib qolsa shifokor tavsiyasi bilan operativ davolaniladi.
Kasallik oqibati
Tuxumdon kistasi oqibati kista oʻlchamiga va ayol yoshiga bogʻliq. Koʻpchilik tuxumdon kistalari xavfsiz boʻlib, davolanishsiz oʻzi oʻtib ketadi. Ushbu kista koʻpincha tugʻish yoshidagi ayollarda kelib chiqadi. Hayz sikli kuzatilmaydigan menopauza yoshidagi ayollarda tuxumdon kistasi kamdan kam uchraydi. Ularda aksariyat hollarda xavfli oʻsmalar uchraydi. Shu bois, menopauza paytida 2-5 sm. oʻlchamga ega kistalarni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash tavsiya qilinadi.
Tavsiyalarni qoʻllashdan avval shifokor bilan maslahatlashing.
Mavzuga aloqador maqolalar:
© Shahlo Rustamova.
«Bekajon» gazetasi.
Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.
Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.
Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60
Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.
Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.
Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60
Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Kasalliklar
belgilari, tashxislash va davolash usullari, Tuxumdon kistasi — sabablari