Tuxum oqi yuz qorayishiga to‘sqinlik qiladi haqida malumot

Tuxum oqi yuz qorayishiga to‘sqinlik qiladi haqida malumot

Yozning jazirama kunlarida quyosh tig‘idan saqlanmoqchi bo‘lganlar tuxum oqini yuziga surtsa, quyoshning teri rangini qoraytirishiga to‘sqinlik qiladi.

юзни оқартириш

Oqi badanning oftob urib qoraytirgan dog‘ini ketkazadi, ko‘z og‘rig‘ini qoldiradi. Sarig‘i qovurilib, asal bilan aralashtirilsa, sepkil va oftobda qorayganga qarshi surtma bo‘ladi.

Zaytun yog‘i bilan aralashtirilgani olovdan kuyganda yaxshi dori hisoblanadi.

Qovuqdagi jarohatlarga va olovdan kuyganda yung parcha bilan ishlatilsa, yaralanishga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, qaynoq suvdan kuygan joyga tuxum surilsa, foyda qiladi.

Tuxumning oqi va sarig‘i asablarni tinchlantiradi. Uni surib, oqib ketmaydigan qilib bog‘lab qo‘yilsa, bo‘g‘im og‘riqlarini qoldiradi. Sarig‘ini ham za’faron va qizil gul yog‘i bilan aralashtirib, ko‘zga qo‘yilsa, lo‘qillashini qoldiradi. Agar tuxum sarig‘i iliq holida ichilsa, yo‘tal, zotiljam, sil, issiqdan ovoz bo‘g‘ilishi, nafas qisishi, qon tuflashda foyda beradi.

Butunligicha sirkada pishirilgani ichketishda va ichak shilinishida foyda qiladi.

Quyidagi maqolani ham o‘qishingni tavsiya etamiz: Uy sharoitida yuzni oqartirish

Abu Ali ibn Sinoning «Tibbiy o‘gitlar» kitobi.
«Oila davrasida» gazetasi.

Kasalliklar
Tuxum oqi yuz qorayishiga to‘sqinlik qiladi