TUTDOSHLAR

TUTDOSHLAR

TUTDOSHLAR (Mogaseaye) — ikki urugpallali oʻsimliklar oilasi. Sut shirali daraxt, buta, baʼzan sut shirasiz oʻt oʻsimliklar. Barglari navbatlashib yoki qaramaqarshi joylashgan, butun, oʻyilgan yoki qaychibarg, yonbargli. Toʻpgullari — kuchala, boshoq, roʻvaksimon yoki boʻsh sharsimon. Gullari ayrim jinsli, bir yoki ikki uyli. Gulqoʻrgʻoni oddiy odatda, 4 boʻlakli. Changchisi toʻrtta, urugʻchisi bitta. Mevasi danaksimon yoki yongʻoqcha, birlashib etli toʻpmeva hosil qiladi. Tutdoshlarga 53 turkum va 1400 ga yaqin tur kiradi. Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda, qisman oʻrta mintaqada tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
TUTDOSHLAR