TUTANXAMON

TUTANXAMON

TUTANXAMON (taxtga oʻtirgandagi ismi — Nebxeprura) — Misrda Yangi podsholik davri (18sulola)da mil. av. taxm. 1347—1337-y. larda hukm surgan firʼavn. Firʼavn Amenxotep IV (Exnaton)ning Nefertititsan tugʻilgan 3qizi Anxesenpaatonga uylangan. Ehtimol Amenxotepning ukasi ham boʻlgan. Taxm. 12 yoshida Tutanxaton (Atonning jonli obrazi degani) nomi bilan taxtga oʻtirib, 20 yoshga toʻlmasdan vafot etgan. Hokimiyat amalda vazir Eye va b. amaldorlar qoʻlida boʻlgan. Tutanxamon davrida Exnatonning diniy islohotlari bekor qilingan. Amon kultiga sajda qilish tiklank*ih, T. ning oʻzi Tutanxamon ismidan voz kechib, firʼavn qarorgohini Exetatondan Fivaga qaytargan.

Ensiklopediya.uz
TUTANXAMON