TUT

TUT

TUT (Morus) — tutdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali daraxt; Oʻzbekistonda 5 turi oʻstiriladi. Oq T. (M. alba) va qora Tut (M. migra) mevasi isteʼmol qilinadi. Sershox Tut (M. multicaulis), kagayama Tut (M. Kagayame) va ipak qurti T. i (M. bonabycis) turlaridan, asosan, ipak kurti boqishda foydalaniladi. Tut tez oʻsadi, qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli. Shoxshabbasi zich, keng yumaloq, oval va piramida shaklida. Boʻyi 15 — 18, baʼzilariniki 20—25 m, yoʻgʻonligi 1,5 m gacha. Katta yoshdagi baland tanali Tut daraxtlaridan 20—40 kg gacha barg, 50—60 kg meva hosili olinadi. Tutning egribugri (ilonoʻt) va pastga qarab oʻsadigan (majnun T.) xillari ham bor. Daraxti 300, ayrimlari 500 yil yashaydi.

Ensiklopediya.uz
TUT