TUT ODIMCHISI

TUT ODIMCHISI

TUT ODIMCHISI (Apocheima cineraius Easch.) — kapalaklar turkumining odimlovchilar oilasiga mansub hasharot; tut bargining ashadiy zararkunandasi. Kapalagi sargʻish. Qanotlarini yoyganda 25 mm. Tut odimchisi bir yidda 1 avlod beradi, shundan 9 oyini yer tagida gʻumbak holda oʻtkazadi. Erta bahorda urgʻochi kapalagi 800—1000 donagacha tuxum qoʻyadi. Qurti martning 2yarmi yoki apr. boshlarida chika boshlaydi. Hayoti davrida 5 yoshni oʻtaydi. Qurtlar yangi tut kurtagi va barglarini kemirib, uni butunlay yoʻq qiladi. Har bir qurt oʻrtacha 1,5 kg barg isteʼmol qiladi (ipak qurtiga qaraganda 8-marta koʻp). 30—40 kundan soʻng (may oyi boshlarida) 20—30 sm chuqurlikda oʻziga in yasab, gʻumbakka aylanadi va shu joyda qishlaydi.

Ensiklopediya.uz
TUT ODIMCHISI