Tushuncha. Tushuncha tafakkur shakli sifatida to’liq malumot oling
Tushuncha. Tushuncha tafakkur shakli sifatida.
Reja:
1. Tushunchaning umumiy tavsifi.
2. Tushunchaning mazmuni va xajmi, ularning o‘zaro aloqasi.
3. Tushunchalarning turlari.
4. Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar.
1. Tushuncha predmet va xodisalarning umumiy, muxim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.
Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi xamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. xar bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada bo‘lganligi uchun ko‘p belgilarga ega. Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos bo‘lgan, uning individual, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum bir guruxiga tegishli bo‘lib, umumiy belgilar xisoblanadi. Masalan, xar bir kishi faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ruxiy kechinmalar va shu kabi individual belgilarga ega. Shuning bilan birga kishilarning ma’lum bir guruxiga (mexnat jamoasi, millat va shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mexnat qilish, fikr yuritish qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos bo‘lgan umumiy belgilarga ega.
Individual va umumiy belgilarning ba’zilari predmetning mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, uning tabiatini, moxiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar predmetning muxim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud bo‘lishi uning o‘z maydoni, axolisi, xokimiyat organlariga ega bo‘lishini taqoza etadi.
Nomuxim belgilar predmetning moxiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yo‘qolishi bilan predmetning tabiati o‘zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga taalluqli bo‘lishi individning inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muxim emas.
Shuni xam aytish lozimki, predmet belgisining muxim yoki nomuxim bo‘lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo‘lishimizga qarab xam belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muxim bo‘lmagan belgilar, boshqa munosabatda muxim bo‘lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muxim bo‘lsa, inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muxim emas. Bunday muxim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi muxim belgilari deyilib, obyektiv muxim belgilardan (predmetning mavjud bo‘lishi bilan zaruriy aloqada bo‘lgan belgilardan) farq qiladi.
Nixoyat, predmet to‘xtovsiz xarakatda, taraqqiyotda bo‘lganligi uchun, vaqt o‘tishi bilan uning muxim bo‘lgan belgisi nomuxim bo‘lgan belgiga yoki, aksincha, nomuxim belgisi muxim belgiga aylanishi mumkin.
Masalan, bevosita kuzatiladigan faktlar empirik bilish bosqichida muxim axamiyatga ega bo‘lsa, nazariy bilish bosqichida unga kamroq murojaat qilinadi.
Demak, tushunchada predmet o‘zining muxim belgilari orqali fikr qilinib, bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bo‘lishi mumkin. Masalan, «xamza xakimzoda Niyoziy» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, yozuvchi) bilan bir qatorda, individual muxim belgilari (xususan, «Boy ila xizmatchi» dramasining muallifi) xam fikr qilinadi.
Tushunchaning xissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga aloxida e’tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, o‘zimiz yozib o‘tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. «Umuman qalam»ni idrok qilib bo‘lmaydi. Chunki tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. qalam tushunchasi o‘zida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani xolda, ularning xar biriga xos bo‘lgan individual belgilarni tashlab yuborib, umumiy, muxim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib turadigan spetsifik beliglar bo‘lib xam xizmat qiladi.
Tushuncha predmetning nomuxim belgilaridan chetlashar ekan, demak uni to‘laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma’noda u xissiy bilish shakllariga nisbatan borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, tushuncha predmetning muxim belgilarini in’ikos qilishi, moxiyatini aks ettirishi bilan xissiy bilish shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, to‘laroq ifoda etadi.
Tushuncha, xissiy bilish shakllaridan farqli o‘laroq, inson miyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks etmaydi. U ma’lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan xolda xosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirishlardan iborat.
Taqqoslash yordamida predmetlar o‘zaro solishtirilib, ularning o‘xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlanadi.
Taqqoslash analizni taqoza qiladi. Chunki predmetlarni yaxlit xolda solishtirib bo‘lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko‘ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, xar qaysisi aloxida o‘rganiladi.
Sintez analizga teskari usul bo‘lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun xoliga keltirishdan iborat. Sintez bo‘lmasa predmet xaqida yaxlit fikr xosil qilib bo‘lmaydi. Analiz va sintez uzviy bog‘liqdir.
Tushuncha xosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va individual belgilarining muximlari ajratilishi, nomuximlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi.
Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muxim xususiyatlariga ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.
Tushunchaning shakllanishi so‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda namoyon bo‘lishidir.
Tushunchalar so‘z va so‘z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan «talaba», «tarix fakulteti», «o‘zbekiston milliy universiteti» va shu kabilar so‘zlardan iborat. Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha xar xil tillarda, ba’zan bir tilda xam turli xil so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim va sinonim xodisalari so‘z va tushunchaning nisbiy mustaqil xolda mavjudligidan dalolat beradi.
Shuni xam aytish lozimki, so‘zning ko‘p ma’noga ega bo‘lishi ba’zan fikr yuritish jarayonida tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shuning uchun xam fan va texnikada ko‘proq terminlardan foydalaniladi. Termin qat’iy bitta tushunchani ifoda qiluvchi so‘z bo‘lib, muayyan ilmiy bilish soxasida bir xil ma’noda ishlatiladi.
2. Tushuncha o‘zining mazmuni va xajmiga ega. Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muxim belgilari yig‘indisi tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmunini fanning muxim belgilari, ya’ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning birorta soxasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi obyektiv chin (xaqiqiy) bilimlar sistemasidan iborat bo‘lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi.
Tushunchaning xajmi esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining xajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va xokazolarni o‘zida qamrab oladi.
Tushunchaning mazmuni va xajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, u tushunchaning mazmuni va xajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning xajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha xajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «Fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»ga oid bo‘lish» belgisini qo‘shish bilan xajm jixatidan undan torroq bo‘lgan «mantiq fani» tushunchasiga o‘tiladi.
«Fan» tushunchasining xajmini kengaytirish bilan mazmun jixatidan unga nisbatan torroq bo‘lgan «ijtimoiy ong shakli «tushunchasi xosil qilinadi. Bunda faqat fanga xos bo‘lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan san’atda bo‘lmagan spetsifik belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi.
Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi.
3. Mantiqda tushunchalar mazmuni va xajmi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadilar. Xususan, xajmiga ko‘ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi.
Yakka tushunchaning xajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Yer planetasi», «o‘zMU asosiy kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. Umumiy tushunchalar predmetlar guruxini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» tushunchalari umumiy tushunchalar xisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, «ximiyaviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. Ularni xisobga olish mumkin. «Yulduz» tushunchasi xajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz, ularni xisobga olib bo‘lmaydi.
Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va to‘plovchi tushunchalarni farq qilish xam muxim axamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning xar bir predmetiga xosdir. Masalan, «o‘zMU talabalari ikkinchi chaqiriq o‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiya materiallarini o‘rganmoqda» degan fikr o‘zMUning xar bir talabasiga tegishli. Demak, «o‘zMU talabalari» tushunchasi bu yerda ayiruvchi tushunchadir.»o‘zMU talabalari ikkinchi chaqiriq o‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi yakunlarini muxokama etishmoqda» degan fikrda esa, «o‘zMU talabalari» tushunchasi to‘plovchi tushuncha sifatida ishtirok qiladi, chunki fikr ularning to‘plamiga nisbatan bildirilgan.
Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo‘linadilar. Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, aloxida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari-konkret tushunchalar, «qaxramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go‘zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir.
Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni xam ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, aloxida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir.
Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «o‘qituvchi» va «o‘quvchi», «Ijobiy qaxramon» va «Salbiy qaxramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.
Ba’zi xollarda ijobiy va salbiy tushunchalar xam farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «Savodli kishi», «Vijdonli kishi» — ijobiy tushunchalar, «Savodsiz kishi», «Vijdonsiz kishi» — esa salbiy tushunchalardir.
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish demakdir. Masalan, «Talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A. Navoiy nomli o‘zbekiston davlat kutubxonasi»-yakka, to‘plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir.
4. Obyektiv dunyodagi barcha predmet va xodisalar o‘zaro aloqada bo‘lganligi uchun, ularni aks ettiruvchi tushunchalar xam o‘zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo‘lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va xajmi jixatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar xisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p xollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuxro yulduzi», «Ideal gaz» va «Go‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb xisoblanadi. Mantiqda taqqoslanmaydigan tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlar o‘rganilmaydi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa xajm jixatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi.
Sig‘ishadigan tushunchalarning xajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman mos keladi. Ular o‘rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bo‘ysunish . Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masalan,
«I.A. Karimov», «o‘zbekiston Respublikasining Prezidenti» tushunchalari xuddi shu munosabatda mavjuddir. Buni quyidagi sxema yordamida ko‘rsatish mumkin.
A-I.A. Karimov.
V-o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
qisman moslik munosabatidagi tushunchalarning xajmi qisman umumiylikka ega. Masalan:
A-Sportchi.
V-Talaba.
Doiralarning shtrixlangan qismi bir vaqtningn o‘zida xam sportchi, xam talaba bo‘lganlarni bildiradi.
Bo‘ysunish munosabatida tushunchalardan birining xajmi ikkinchisining xajmiga to‘liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism xisoblanadi. Masalan:
A-Fan.
V-Mantiq.
Bu munosabatdagi tushunchalardan biri bo‘ysundiruvchi (A), ikkinchisi (V) bo‘ysinuvchi bo‘lib, ular jins-tur munosabatida bo‘ladi. Jins tushuncha predmetlarning birorta sinfini, tur tushuncha esa shu sinfga mansub predmetlarning bir guruxini yoki bittasini aks ettiradi. Mantiqda u yoki bu tushunchaning jins yoki tur ekanligi nisbiy xarakterga egadir. xar bir tushuncha o‘zidan umumiyroq tushunchaga nisbatan tur, kamroq umumlashgan tushunchaga nisbatan jinsdir. Masalan, milliy g‘oya, g‘oya, fikr tushunchalari o‘rtasida quyidagi nisbat mavjud: «¢oya» tushunchasi «Fikr» tushunchasiga nisbatan tur, «Milliy g‘oya» tushunchasiga nisbatan jins bo‘ladi.
Sig‘ishmaydigan tushunchalar xajmi jixatidan umumiylikka ega bo‘lmagan tushunchalar xisoblanib, bir sinfga kiruvchi xar xil predmetlarni yoki predmetlar guruxini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar o‘rtasida xam uch xil munosabat bor: birga bo‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik.
Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar o‘rtasida mavjuddir.
A-Fan.
V-Mantiq.
S-Fizika.
Bunda «Mantiq» va «Fizika» tushunchalari xajmlari jixatidan birgalikda «Fan» tushunchasining xajmiga bo‘ysunadi.
qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning xajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruxining) qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o‘zlari bo‘ysunadigan tushunchaning xajmini to‘liq egallay olmaydi. Masalan, «Baland bo‘yli odam» va «Past bo‘yli odam» tushunchalari «Odam» tushunchasining xajmini to‘liq qoplay olmaydi.
A-Odam.
V-Baland bo‘yli odam.
S-Past bo‘yli odam.
Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jixatidan noaniq bo‘lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o‘laroq, bo‘ysundiruvchi tushunchaning xajmini to‘liq qoplaydi. Masalan,
A-Odam.
V-Baland bo‘yli odam,
S-Baland bo‘yli emas odam.
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash ularning mazmuni va xajmini aniqlashtirishga, ularni bog‘lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o‘tishga yordam beradi. Masalan «Talaba» va «A’lochi» tushunchalari o‘rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan muloxaza shaklidagi fikrni xosil qilish mumkin.
Darsliklar
Tushuncha. Tushuncha tafakkur shakli sifatida