Tushlikdan keyingi qisqa uyquning foydasi to’liq malumot oling
Tushlikdan keyingi qisqa uyquning foydasi
Cherchill mudrashni yaxshi ko‘rgan. Bu siyosat arbobi uyquni o‘zining siyosatdagi muvaffaqiyatlarining asosiy sababchilaridan biri deb hisoblagan. Uning ta’kidlashicha, tushlikdan keyingi ikki soatlik uyqu ish qobiliyatini ancha oshirar ekan.
Uyqu – bu haqiqatan ham sog‘liqning garovi hisoblanadi, hatto tushlikdan keyingi qisqa uyqu bo‘lsa ham. Uyqu sohasidagi ekspertlarning aniqlashicha, tushlikdan keyingi qisqa uyqu:
Fikrlashni yaxshilaydi;
Ijod qilishga yordam beradi;
Stressni kamaytiradi;
Zehnni, chidamlilikni, faollikni oshiradi;
Kaloriya sarflashga yordam beradi;
Yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi va kayfiyatni ko‘taradi.
Lekin bunda eng asosiysi, xotira va o‘rganish qobiliyatining yaxshilanishi hisoblanadi.
Samarali mudrashga yordam beruvchi bir necha qoidalar mavjud.
Uyquga ketish uchun sizga qancha vaqt kerak bo‘lishini aniqlab oling.
Ko‘p uxlamang. Kunduzgi uyquning davomiyligi – 10—20 daqiqadan oshmasin. Kuchlarni qayta tiklash va ishga tezda kirishish uchun bu yetarli bo‘ladi.
To‘g‘ri vaqtni tanlang. Tushlikdan keyingi uyqu uchun eng muvofiq vaqt – soat 13 dan 16 gacha. Lekin bu sizning kun tartibingizga ham bog‘liq.
Tajribada sinab ko‘ring. Tushlikdan keyingi uyquning foydasini sezishning eng yaxshi yo‘li – uxlab ko‘rish. Buning uchun qulay joyni tanlang: tinch va unchalik yorug‘ bo‘lmagan joy. Shuningdek, olimlarning fikricha hamma joyda – mashinada ham, stol yonida ham, divanda ham mudrash mumkinligini esda saqlang.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
Boshqa mavzular
Tushlikdan keyingi qisqa uyquning foydasi