Tushda oyoq kiyim taxlash

Tushda oyoq kiyim taxlash

Buni bizga Dovud ibn Hammod Qaysiy (roziyallohu anhu) Hammod ibn Dovud Sa’labiy Kufiy (roziyallohu anhu)dan, u Muzris ibn Abdulloh Volibiy (roziyallohu anhu)dan, u Yunus (roziyallohu anhu)dan, u esa Hasan (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilgan.

Tush ko‘rish haqiqati hamda shayton tushda nabiy (alayhissalom)ni tamsil qila olmasligi haqida

Muhammad ibn Muso Harashiy (roziyallohu anhu) Hammod ibn Zayd (roziyallohu anhu)dan, u Hishom (roziyallohu anhu)dan, u Muhammad (roziyallohu anhu)dan, u esa Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytdilar: “Kim Meni tushida ko‘rsa, shubhasiz, Meni (rostdan ham) ko‘rgan bo‘ladi. Chunki shayton Mening timsolimga kira olmaydi”. Biror (olim) kishi Abu Hurayraga (Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni ko‘rganligi haqida) tush aytsa, u: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni qanday holatda ko‘rding?”, deb so‘rar, agar tush to‘g‘ri bo‘lsa, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni ko‘rganligini tasdiqlar, agar noto‘g‘ri bo‘lsa: “Sen Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni ko‘rmabsan”, der edi».

Abu Abdulloh (roziyallohu anhu) aytadi: «Hadisdagi “Kim Meni tushida ko‘rsa” jumlasi “Kim Meni o‘zimdagi sifatlar bilan ko‘rsa” degan ma’noni anglatadi. Agar biror kishi tushida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni U zotda bo‘lmagan sifatlar bilan ko‘rsa, u Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)­ni ko‘rmagan hisoblanadi. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim Meni ko‘rsa”, deganlar. Bu esa Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni o‘ziga xos sifatlari bilan ko‘rish orqaligina hosil bo‘ladi». Tushning uch martabasi bor:

Tushga vakil qilingan farishta ko‘rsatgan tush. Bu haqiqiy tushdir.

Shayton namoyish qilgan tush.

Kishining xayoliga kelgan narsalarning namoyon bo‘lishi.

Bu haqda Ahmad ibn Abu Abdulloh Sullamiy Bas­riy (roziyallohu anhu) Yazid ibn Zari’ (roziyallohu anhu)dan, u Said (roziyallohu anhu)dan, u Qatoda (roziyallohu anhu)dan, u Muhammad ibn Sirin (roziyallohu anhu)dan, u esa Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytdilar: “Tush uchtadir: kishi xayoliga kelgan narsaning tushda namoyon bo‘lishi, haq tush va shaytondan sodir bo‘lgan tush. Kim yomon tush ko‘rsa, o‘rnidan turib, namoz o‘qisin”».

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shunday der edilar: “Kim Meni ko‘rsa, albatta, Men mana shundayman. Shayton mening qiyofamga kira olmaydi”. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yana shunday der edilar: “Tush faqat olim yoki nasihatgo‘y insongagina aytiladi”.

Otam (roziyallohu anhu) bu haqda Yusuf ibn Bahlul (roziyallohu anhu)dan, u Abada ibn Sulaymon (roziyallohu anhu)dan, u Muhammad ibn Ishoq (roziyallohu anhu)dan, u Muhammad ibn Ibrohim Taymiy (roziyallohu anhu)dan, u Abu Salama ibn Abdurahmon (roziyallohu anhu)dan, u Abu Qatoda Ansoriy (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Men Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning shunday deganlarini eshitganman: “Tush uchta martabada bo‘ladi: ulardan biri kishining xayoliga kelgan narsa bo‘lib, u hech narsa emas (hech narsani anglatmaydi). Tushning yana bir turi shaytondan bo‘ladi. Birortangiz yomon tush ko‘rsa, chap tomoniga tupurib, quvg‘in shaytonning yomonligidan panoh so‘rab, Allohga yolvorsin. Shunda shayton unga aslo zarar yetkaza olmaydi. Tushning yana bir turi Allohdan bashoratdir. Solih kishining tushi payg‘ambarlikning qirq oltidan bir qismidir. Agar birortangiz tush ko‘rsa, uni nasihatgo‘y va oqil insonga aytsin. (Tushni ta’bir qilayotgan inson esa) yaxshi so‘zlarni aytsin yoki yaxshilikka ta’vil qilsin”».

Solih ibn Abdulloh (roziyallohu anhu) Hishom (roziyallohu anhu)dan, u Ya’lo ibn Ato (roziyallohu anhu)­dan, u Vaki’ ibn Adas Uqayliy (roziyallohu anhu)dan, u amakisi Abu Razin Laqit ibn Omir Muntafiq (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytdilar: “Tush ta’bir qilinguncha kishining boshi uzra uchib turadi. Agar ta’bir qilinsa, tushadi”. Hisoblashimcha, Rasulul­loh (sollallohu alayhi va sallam) shunday deganlar: “Tushni faqat do‘stga yoki nasihatgo‘y oqil insonga aytgin”. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shun­day deganlar: “Mo‘minning tushi payg‘ambarlikning qirq oltidan bir qismidir”.

Qutayba ibn Said (roziyallohu anhu) Ibn Luhay’a (roziyallohu anhu)dan, u A’raj (roziyallohu anhu)dan, u Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytdilar: “Solih kishining tushi payg‘ambarlikning qirq oltidan bir qismidir”».

Sufyon ibn Vaki’ (roziyallohu anhu) Yunus ibn Bakir (roziyallohu anhu)dan, u Muhammad ibn Ishoq (roziyallohu anhu)dan, u Abdurahmon A’raj (roziyallohu anhu)­dan, u esa Sulaymon ibn G‘arib (roziyallohu anhu)­dan shunday rivoyat qiladi: «Abu Hurayra (roziyallohu anhu)ning shunday deganini eshitganman: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytdilar: “Solih kishining tushi payg‘ambarlikning qirq oltidan bir qismidir”». Ibn Abbos (roziyallohu anhu): “Payg‘ambarlikning ellikdan bir qismidir”, degan. Abu Sulaymon (roziyallohu anhu) shunday deydi: “Buni (ellikdan bir qismi ekanini) Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan eshitganman”. Ibn Abbos (roziyallohu anhu) shunday degan: «Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytadi va men ham aytaman: “(Ellikdan bir qismi ekanini)Abbos ibn Abdulmuttalib (roziyallohu anhu) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan rivoyat qilib aytgan”».

Qutayba ibn Said (roziyallohu anhu) Molik ibn Anas (roziyallohu anhu)dan, u Ishoq ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan, u Abu Talha (roziyallohu anhu)­dan, u Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan shunday rivo­yat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ayt­dilar: “Solih kishining yaxshi tushi pay­g‘ambarlikning qirq oltidan bir qismidir”».

Maxzumiy (roziyallohu anhu) Sufyon (roziyallohu anhu)dan, u Zuhriy (roziyallohu anhu)dan, u Abu Salama (roziyallohu anhu)dan, u esa Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytdilar: “Ru’yo (yaxshi tush) Allohdandir. Hulm (uzuq-yuluq tush) esa shaytondandir. Birortangiz yomon ko‘rgan narsasini tushida ko‘rsa, chap tarafiga uch marta tupurib, shaytonning yomonligidan panoh so‘rab, Allohga iltijo qilsin. Shunda shayton unga zarar bera olmaydi”».

Abdujabbor (roziyallohu anhu) Sufyon (roziyallohu anhu)dan, u Sulaymon ibn Suhaym (roziyallohu anhu)­dan, u Ibrohim ibn Abdurahmon ibn Ma’bad (roziyallohu anhu)dan, u otasidan, u Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) pardani ko‘tardilar. Odamlar Abu Bakr (roziyallohu anhu)ning ortida saf tortib turar edilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Ey odamlar! Payg‘ambarlik bashoratlaridan hech narsa qolmadi. Faqat musulmon ko‘radigan yoki u uchun ko‘riladigan solih tushgina qoldi”, dedilar».

Ru’yo – solih tush haq bo‘lib, u g‘aybdan xabar berib, Allohning huzuridan keladi. Bu Alloh taolo tomonidan bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash, bashorat, ogohlantirish va tanbeh bo‘lib, Allohning joriy qilgan shariatida bardavom bo‘lishda bandaga ko‘mak vazifasini o‘taydi.Avvalgi ummatlarning barcha ishlari tush bilan muvofiq bajarilgan. Faqat bu ummat davriga kelib, tushning kuchi susaygan. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga kelgan vahiyning buyukligi tushni zaiflashtirib qo‘ygan. Zero, ummat orasidagi siddiqlar, muhaddaslar (avliyolik darajasi), yaqiyn va ilhom sohiblari (ya’ni avliyolar) sababli tushga behojatlik paydo bo‘lgan.

Tushga bir farishta vakil qilingan bo‘lib, u hikmatlarni namoyon qilib turadi. Mazkur farishta odam farzandining Lavhul-mahfuzdagi qissalarini ko‘rib, undan nusxa oladi va har bir insonga o‘ziga mos tarzda qissalarni (tushda) ko‘rsatadi. Inson uxlab, nafsi jasadidan chiqqanda, farishta mazkur narsalarni unga hikmat yo‘li bilan ko‘rsatadi. Bu esa insonga bashorat, ogohlantirish yoki tanbeh tarzda namoyon bo‘ladi.

Mo‘min odam hasad qurbonidir. Shayton mo‘minga ashaddiy dushmandir. Shu bois u turli makru hiylalar bilan mo‘minni vasvasa qiladi va unga hasad qiladi, uning ishlarini buzib, chalkashtirish payida bo‘ladi. Agar mo‘min sodiq tush ko‘rsa, shayton unga o‘z makridan biror narsani ko‘rsatib, tushini chalkashtirishga va Allohdan kelgan bashorat, ogohlantirish va tanbehni buzib ko‘rsatishga harakat qiladi. Shuningdek, insonning yomonlikka buyuruvchi nafsi ham tushda-yu uyg‘oqlikdagi barcha ishlarda shaytonga ko‘maklashadi. Ba’zan tush insonning uyg‘oqlikda guvoh bo‘lgan narsalardan iborat bo‘ladi. Inson nafsi tushda tanadan chiqqanda, unga uyg‘oqlikda sodir bo‘lgan narsalar ko‘rsatiladi. Bu nafs va orzu-havasning ishi bo‘lib, g‘aybdan xabar berish ma’nosini anglatmaydi. Tushning bu ikki turi keraksiz va ma’nosizlikka ta’­vil qilinadi.

Uchinchi tur – sodiq tushdir. Alloh bandalariga bashorat berib, ularni ogohlantirib, ularga tanbeh berib yoki ishlarini aql bilan yuritishlari uchun ularga xabar berib, ko‘rsatiladigan tushdir.

Bashoratga Abu Bakr (roziyallohu anhu) bilan bog‘liq quyidagi tush misol bo‘ladi. Suhayb (roziyallohu anhu) Abu Bakr (roziyallohu anhu) huzuriga kelib: “Tushimda qo‘lingiz bo‘yningizga bog‘langan holda taxtiravonda o‘tirib, Mahsharga olib ketilayotganingizni ko‘rdim”, dedi. Shunda Abu Bakr (roziyallohu anhu): “Alloh ulug‘dir! Alloh dinimni qayta tirilish kunigacha jam qilibdi (mustahkamlabdi)”, dedi.

Ogohlantirish ma’nosidagi tushga Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan quyidagi hadis misol bo‘ladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) vafotlaridan so‘ng Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu) Yamandan qaytib keldi. U bilan birga o‘sha yerda qo‘lga kiritgan bir quli ham keldi. Umar (roziyallohu anhu) Muoz (roziyallohu anhu)ga: “Bu qulni Abu Bakr (roziyallohu anhu)ga olib borib, halollab ol”, dedi. Muoz (roziyallohu anhu) bosh tortdi va: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) meni Yamanga yuborganlarida dinda qo‘lga kiritgan narsalarimga ega bo‘lishga ijozat berganlar. Shuning uchun hadya menga haloldir”, dedi. Muoz (roziyallohu anhu) uyiga borgach, uxladi va shu kuni tunda tush ko‘rdi. Tushida suvda cho‘kayotgan edi. Shu payt Umar (roziyallohu anhu) kelib, uning qo‘lidan ushlab, suvdan chiqarib oldi. Tong otgach, Muoz (roziyallohu anhu) qulni olib, Abu Bakr (roziyallohu anhu) huzuriga keldi va bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi. Shunda Abu Bakr (roziyallohu anhu): “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) seni yuborganlarida ijozat berganlarini bilgan edim. Ular senga haloldir”, dedi».

Buni bizga Ali ibn Hajar (roziyallohu anhu) Suvayd ibn Abdulaziz Sulamiy (roziyallohu anhu)dan, u Urva ibn Ruvaym (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilgan.

Nahovand fathidagi hodisa ham shunga misol bo‘ladi. Ya’ni, Umar (roziyallohu anhu)ga ikkita savatda qimmatbaho taqinchoqlar keltirishdi. Najirxonning xazinasi bor edi. Bir kishi o‘zi va oilasiga omonlik berilishini so‘rab, mazkur xazinaning joyini ko‘rsatdi. Xazinani Soib ibn Aqra’ (roziyallohu anhu) Umar (roziyallohu anhu)ga olib keldi. Umar (roziyallohu anhu) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning sahobiylarini to‘plab, xazinaga muhr bosdi va uni davlat xazinasiga qo‘shib qo‘ydi. Shu kuni tunda Umar (roziyallohu anhu) tush ko‘rdi. Tushida farishtalar ikkita savatni keltirib, undagi narsalarni yoqib yuborib, har tarafga socha boshladilar. Umar (roziyallohu anhu) ham yonib ketishiga oz qoldi. Ertasi kuni Umar (roziyallohu anhu) Kufaga chopar yuborib: “Men bilan senga nima bo‘ldi, ey Soib (roziyallohu anhu)? Men shunday narsalarni ko‘rdim. Savatlarni Kufaga olib bor va urushda o‘lgan hamda asir tushganlar evaziga sotib yubor”, dedi.

Buni bizga Dovud ibn Hammod Qaysiy (roziyallohu anhu) Hammod ibn Dovud Sa’labiy Kufiy (roziyallohu anhu)dan, u Muzris ibn Abdulloh Volibiy (roziyallohu anhu)dan, u Yunus (roziyallohu anhu)dan, u esa Hasan (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilgan.

Tanbeh ma’nosidagi tushga quyidagilar misol bo‘ladi:

Abdulloh ibn Abu Ziyod (roziyallohu anhu) Sayyor (roziyallohu anhu)dan, u Hammod ibn Zayd (roziyallohu anhu)dan, u Yazid ibn Hozim (roziyallohu anhu)dan, u
Sulaymon ibn Yasor (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Abu Usayd Ansoriy (roziyallohu anhu) bir kuni tunda uyg‘onib, shunday dedi: “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, Unga qaytajakmiz! Bugun tunda vird (Qur’onning ma’lum qismini tunda o‘qishni odat qilish)imni bajara olmadim. Virdim “Baqara” surasi edi. Tushimda meni sigir shohi bilan suzayotganini ko‘rdim”».

Suhayl ibn Abbos (roziyallohu anhu) Marvon Fazzoriy (roziyallohu anhu)dan, u Samir ibn Abu Vosil (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: “Aytilishicha, Alloh biror bandaga yaxshilikni ravo ko‘rsa, unga tushda tanbeh beradi”.

Dunyo va oxirat ishlaridan xabar berish ma’nosidagi tushga kelsak, unga quyidagi rivoyat misol bo‘ladi:

Otam (roziyallohu anhu) Ahmad ibn Yunus (roziyallohu anhu)dan, u Said ibn Solim Qaddoh (roziyallohu anhu)dan, u Nofi’ (roziyallohu anhu)dan, u esa Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Bir kishi Umar (roziyallohu anhu) huzuriga keldi. Umar (roziyallohu anhu) Abu Bakr (roziyallohu anhu) bilan birga edi. Mazkur kishi: “Men siz haqingizda tush ko‘rdim”, dedi. Umar (roziyallohu anhu): “Sening tushingga ehtiyojimiz yo‘q”, dedi. Abu Bakr (roziyallohu anhu): “Tushingni ayt”, dedi. Kishi: “Tushimda insonlarning to‘planganini ko‘rdim. Siz odamlarni uch ish bilan qo‘rqitib yuborgan edingiz go‘yo. Men: “Umar (roziyallohu anhu) qaysi narsalar bilan insonlarni qo‘rqitib yubordi?”, deb so‘radim. “Umar (roziyallohu anhu) xalifa bo‘ladi, Allohning yo‘lida uni hech bir malomatchining malomati tashvishga solmaydi va shahid holida o‘ldiriladi”, dedi. Umar (roziyallohu anhu): “Ma’nosiz tush! Sening tushingga muhtoj emasmiz”, dedi. Abu Bakr (roziyallohu anhu) esa: “Yaxshilikni ko‘ribsan va yaxshilik bo‘ladi”, dedi. Umar (roziyallohu anhu) Shomga borganida mazkur kishini ko‘rdi. Umar (roziyallohu anhu) uni chaqirib: “Tush ko‘rgan odam senmisan?”, deb so‘radi. Kishi: “Tushimni nima qilasiz? Axir, meni doim urushib berardingiz-ku!”, dedi. Umar (roziyallohu anhu): “Tushingni aytib ber”, dedi. Kishi: “Tushimda insonlarning to‘p­langanini ko‘rdim. Siz odamlarni uch faoliyat bilan qo‘rqitib yuborgan edingiz go‘yo. Men: “Umar (roziyallohu anhu) qaysi narsalar bilan insonlarni qo‘rqitib yubordi?”, deb so‘radim. “Umar (roziyallohu anhu) xalifa bo‘ladi”, dedi. Shunda Umar (roziyallohu anhu): “Shunday ham bo‘ldi. Allohdan bu tushning yaxshiligini so‘rab, yomonligidan panoh tilaymiz”, dedi. Kishi: “Allohning yo‘lida uni hech bir malomatchining malomati tashvishga solmaydi”, dedi. Umar (roziyallohu anhu): “Men shunday bo‘lishini umid qilaman yoki Alloh meni shunday deb bilishini istayman”, dedi. Kishi: “Shahid holida o‘ldiriladi”, dedi. Umar (roziyallohu anhu): “Shahidlik? Umar (roziyallohu anhu) qayerda-yu shahidlik qayerda?! Balki Alloh bir kofirni yuborib, meni xo‘rozni so‘ygandek unga so‘ydirar va uning xorligi bilan meni ulug‘ qilib, mening ulug‘ligim bilan uni xor qilar!”, dedi. So‘ng Umar (roziyallohu anhu) shunday dedi: “Holingga voy bo‘lsin! Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)­dan keyin insonlarning eng yaxshisining huzurida tushingni aytishingni istagan edim”».

Tush masalasi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) va sahobiylar nazdida juda ahamiyatli va ulug‘ masalalardan bo‘lgan. Rasululloh (sollallohu alay­hi va sallam) namoz o‘qiganlarida (namozdan keyin) sahobiylardan tush haqida so‘rar edilar.

Rizqulloh ibn Muso Nojiy (roziyallohu anhu) Muam­mal ibn Ismoil (roziyallohu anhu)dan, u Hammod ibn Salama (roziyallohu anhu)dan, u Said ibn Jamhon (roziyallohu anhu)dan, u esa Safina (roziyallohu anhu)­dan shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bomdod namozini o‘qiganlarida sahobiylariga yuzlanib: “Bugun tunda qaysi biringiz tush ko‘rdi?”, der edilar. Shunday kunlarning birida bir kishi: “Men, yo Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)! Tushimda osmonga bir tarozi qo‘yildi. Torozining bir pallasiga Siz, ikkinchi pallasiga Abu Bakr (roziyallohu anhu) qo‘yildi. Siz Abu Bakr (roziyallohu anhu)dan og‘ir keldingiz, so‘ng yuqoriga ko‘tarildingiz, Abu Bakr (roziyallohu anhu) esa joyida qoldi. So‘ng Umar (roziyallohu anhu) keltirilib, boshqa pallasiga qo‘yildi. Abu Bakr (roziyallohu anhu) Umar (roziyallohu anhu)dan og‘ir keldi, so‘ng yuqoriga ko‘tarildi, Umar (roziyallohu anhu) esa joyida qoldi. So‘ng Usmon (roziyallohu anhu) keltirilib, boshqa pallaga qo‘yildi. Umar (roziyallohu anhu) Usmon (roziyallohu anhu)dan og‘ir keldi, so‘ng tarozi yuqoriga ko‘tarildi ”, dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning yuzlari o‘zgardi, so‘ng shunday dedilar: “Payg‘ambarlik xalifaligi o‘ttiz yildir, so‘ng podshohlik bo‘ladi”, dedilar. Safina (roziyallohu anhu) menga shunday dedi: “Abu Bakr (roziyallohu anhu) ikki yil, Umar (roziyallohu anhu) o‘n yil, Usmon (roziyallohu anhu) o‘n ikki yil va Ali (roziyallohu anhu) olti yil xalifa bo‘ldi”».

Otam (roziyallohu anhu) Abu Na’im (roziyallohu anhu)dan, u Hashraj ibn Nabota (roziyallohu anhu)dan, u Said ibn Jamhon (roziyallohu anhu)dan, u Safina (roziyallohu anhu)dan, u esa Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan shunday rivoyat qiladi: “Xalifalik ummatimda o‘ttiz yil”. Roviy hadisning oxirigacha zikr qilgan, lekin tushni zikr qilmagan.

Jorud ibn Muoz (roziyallohu anhu) Nazr ibn Avf (roziyallohu anhu)dan, u Abu Rajo (roziyallohu anhu)dan, u Samra ibn Jundub (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ko‘pincha sahobiylariga shunday der edilar: “Birortangiz tush ko‘rdimi?” So‘ng Alloh istaganicha Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga tushlarini aytib berishar edi».

Umar ibn Abu Umar (roziyallohu anhu) Yahyo ibn Sulaymon Ju’fiy (roziyallohu anhu)dan, u Ibn Vahb (roziyallohu anhu)dan, u Amr ibn Horis (roziyallohu anhu)dan, u Bakr ibn Savvoda (roziyallohu anhu)dan, u Ziyod ibn Na’im (roziyallohu anhu)dan, u Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Abu Bakr (roziyallohu anhu) tong otganda shunday der edi: “Kim solih tush ko‘rgan bo‘lsa, uni bizga aytib bersin. Albatta, tahoratini mukammal qilgan musulmon men haqimda solih tush ko‘rishi men uchun shu-shu nar­salardan suyukli­roqdir”».

Abu Abdulloh (roziyallohu anhu) aytadi: «Sahobiylar tushni poylab yurishar edi. Chunki tush malakut, ya’ni g‘ayb olami xabarlaridan sanaladi. Solih tushda ularning dini uchun bashorat, ogohlantirish yoki tanbeh bordir. Solih tush – payg‘ambarlikning bir qismi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) vafot etgan kunlarida shunday deganlar: “Mendan so‘ng solih tushdan boshqa payg‘ambarlik bashoratlari qolmadi”. Alloh taolo Qur’onda avliyolar haqida shunday degan: “Ogoh bo‘lingizki, albatta, Allohning valiylari (do‘stlari)ga xavf yo‘qdir va ular tashvish ham chekmaslar” (Yunus, 62). So‘ng avliyolarni sifatlab, shunday degan: “Ular imon keltirgan va taqvoli bo‘lganlardir. Ularga dunyo hayotida ham, oxiratda ham bashorat (xushxabar) bordir…” (Yunus, 63–64). So‘ng Alloh taolo shunday marhamat qilgan: “…Allohning so‘zlarida o‘zgartirish yo‘qdir…” (Yunus, 64). Alloh bu oyatda sizga bashoratning haq ekani va u Allohning kalomi ekanini o‘rgatmoqda. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan ham bashorat haqida so‘rashgan».

Bu haqda Jorud (roziyallohu anhu) Vaki’ (roziyallohu anhu)dan, u Ali ibn Muborak (roziyallohu anhu)­dan, u Yahyo ibn Abu Bakir (roziyallohu anhu)dan, u Salama ibn Abdurahmon (roziyallohu anhu)dan, u Abboda ibn Somit (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qilgan: «Men Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan quyidagi oyat haqida so‘radim: “Ularga dunyo hayotida bashorat (xushxabar) bordir…” (Yunus, 64). Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “U musulmon ko‘radigan yoki u haqda ko‘riladigan solih tushdir”, dedilar».

Qutayba ibn Said (roziyallohu anhu) Molik ibn Anas (roziyallohu anhu)dan, u Hishom ibn Urva (rozi­yallohu anhu)dan, u otasidan shunday rivoyat qiladi: “Bu oyat shu haqda nozil bo‘lgan”.

Abdujabbor (roziyallohu anhu) Sufyon (roziyallohu anhu)dan, u Muhammad ibn Munkadir (roziyallohu anhu)­dan, u Ato ibn Yasor (roziyallohu anhu)dan, u misr­lik bir kishidan shunday rivoyat qiladi: “Men Abu Dardo (roziyallohu anhu)ning shunday deganini eshitganman: «Men Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan shu haqida so‘radim. U zot: “Mendan bu haqda sendan oldin hech kim so‘ramagan. U musulmon ko‘radigan yoki u kimsa haqda ko‘riladigan solih tushdir. Oxiratda esa (bushro) jannatdir”, dedilar».

Jorud (roziyallohu anhu) Vaki’ (roziyallohu anhu)­dan, u A’mash (roziyallohu anhu)dan, u Abu Solih (roziyallohu anhu)dan, u Ato ibn Yasor (roziyallohu anhu)-
dan, u Misrda qozilik qiladigan bir kishidan, u Abu Dardo (roziyallohu anhu)dan, u esa Rasululloh (sollal­lohu alayhi va sallam)dan yuqoridagiga o‘xshash hadisni rivoyat qilgan.

Alloh taoloning “…Allohning so‘zlarida o‘zgartirish yo‘qdir…” (Yunus, 64), degan so‘zlarining ma’nosi shuki, bu bashorat Allohning kalomi bo‘lib, uni o‘zgartirib ham va unga xilof qilib ham bo‘lmaydi.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan rivoyat qilingan quyidagi rivoyatlar ham so‘zimizni ta’kidlaydi:

Umar ibn Abu Umar (roziyallohu anhu) Naim ibn Hammod (roziyallohu anhu)dan, u Usmon ibn Kasir Ibn Dinor Himsiy (roziyallohu anhu)dan, u Amr (roziyallohu anhu)ning akasi Muhammad ibn Muhojir (roziyallohu anhu)dan, u Junayd ibn Maymun Abu Abdulhamid (roziyallohu anhu)dan, u Hamza ibn Zubayr (roziyallohu anhu)dan, u Abboda ibn Somit (roziyallohu anhu)dan, u esa Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan shunday rivoyat qiladi: “Mo‘minning tushi kalom bo‘lib, u orqali banda tushida Rabbisi bilan so‘zlashadi”.

Ba’zi mufassirlardan quyidagi oyat xususida bizga shunday rivoyat qilingan: “Inson bilan Alloh (bevosita) so‘zlashishi mumkin emas. Faqat vahiy orqali yo parda ortidan yoki elchi (farishta) yuborib, izni bilan xohlagan narsani vahiy qilishi mumkin…” (Sho‘ro, 51). Ushbu oyatdagi “yo parda ortidan” degan iborada “tush” nazarda tutilgan.

Payg‘ambarlarning tushlari vahiy bo‘lgan. Jumladan, Ibrohim (alayhissalom) o‘g‘lini qurbonlik qilish haqida tush ko‘rsatiladi va buni amalga oshiradi. Shu bois payg‘ambarlarning tushida hech qanday shubha bo‘lmaydi. Ulardan boshqalarning tushlari esa hujjatlikka yaramaydi. Chunki shayton payg‘ambar bo‘lmaganlarning tushiga o‘zining so‘zlarini qo‘shib yuboradi va ularning tushi botil narsalardan muhofazada bo‘lmaydi. Vahiy esa bunday zararlardan saqlangandir. Payg‘ambarlardan pastroqdagi martabada bo‘lgan mo‘minlarga bashorat va mav’iza berilgan. Zero, Umar (roziyallohu anhu)ga tush aytib berilganida, u zot shunday degan: “Albatta, tush meni xursand qiladi, u meni xafa qilmaydi”. Agar tush bashorat bo‘lmaganida, Umar (roziyallohu anhu)ni xursand qilmas edi. Agar tush vahiy singari bo‘lganida, unga yolg‘on aralashmas edi. Alloh taolo Qur’oni karimda tush haqida so‘zlab, uni “hadis” – “gap”, “so‘z” deb nomlagan: “…Shunday qilib, Yusufni yerga (Misrga) joylashtirdik va gap­lar (tushlar yoki ilohiy kitoblar) ta’vili (ta’vil al-ahadiys) (izohi)ni bildirishimiz uchun (shunday qildik)…” (Yusuf, 21).

Bu esa Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)­ning: “Tush Allohning bandaga kalomidir”, degan so‘zlarini yana bir bor ta’kidlaydi. Alloh Yusuf (alayhissalom)ga tush ta’birini o‘rgatgan. Yusuf (alayhissalom) akalarining Misrga kelib, o‘ziga hurmat yuzasidan sajda qilganlarini ko‘rganida, shunday degan: «(Keyin, Misrga kirib saroyda bo‘lganlarida) u ota-onasini o‘z taxtiga chiqardi va ular (ya’ni ota-ona va akalari Yusufga) sajda qilgan hollarida (erga) yiqildilar. U dedi: “Ey otajon! Mana shu (ko‘p yil) ilgari ko‘rgan tushimning ta’biridir. Rabbim uni rost qildi…”» (Yusuf, 100). Ya’ni, Yusuf (alayhissalom) oldinroq Quyosh, oy va o‘n bitta yulduz o‘ziga sajda qilayotganini tushida ko‘rgan edi. Shuningdek, Misr podshohining tushida yettita semiz sigir yettita oriq sigirni yeyayotganini ko‘radi. Yusuf (alayhissalom) bu tushni ta’bir qilib beradi. Shunda podshoh Yusuf (alayhissalom)ni o‘ziga hokim qilib tayinlab, yer xazinalarini unga topshiradi.

Qalblari bilan ko‘ra oladigan muhaddaslar (av­liyolik darajasi) – Allohga yaqin peshqadam zotlar va itoatkor majzub avliyolardir.

Tushlarida haqni ko‘radigan muhaddaslar jasad­lardan chiqqan ruhlar orqali gaplashadilar. Raqaba ibn Masqala (roziyallohu anhu)ning aytgan so‘zlari ham shular jumlasidandir.

Bu haqda Jorud ibn Muoz (roziyallohu anhu) Jarir (roziyallohu anhu)dan, u esa Raqaba ibn Masqala (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Men Rab­bul-izza – Allohni tushimda ko‘rdim. Alloh shunday dedi: “Izzatimga qasamki, Sulaymon Taymiy (roziyallohu anhu)­ning yotgan joyini mukarram qilaman”».

Shuningdek, Ibrohim ibn Adham (roziyallohu anhu)­dan ham bu borada rivoyat mavjud. Bir kuni Ibrohim ibn Adham (roziyallohu anhu) shunday dedi: «Allohim! Qalbimda Senga bo‘lgan shavqim paydo bo‘ldi. Senga nazar solishni juda ham istab qoldim. Darhaqiqat, bildimki, Sen bu dunyoda ko‘rinmaysan. O‘z huzuringdan menga qalbimni taskin etadigan narsa bergin”. Ibrohim (roziyallohu anhu) o‘tirgan joyida xushidan ketdi, so‘ng o‘ziga kelib, shunday dedi: “Subhanalloh! Alloh aybu nuqsonlardan pokdir!” Undan: “Nega tasbeh aytdingiz?”, deb so‘rashdi. Ibrohim (roziyallohu anhu) shunday dedi: “Rabbim Alloh taoloning lutfi sababli. Xushimni yo‘qotganimda Rabbim tarafidan biri kelib: “Ey kishi! Rabbingga javob ber!”, dedi. Men Rabbimning huzuriga keldim. Rabbimning nuri sababli ko‘zimdan ayrilay dedim. Rabbim menga nido qilib: “Ey Ibrohim! Menga nazar solish va Men bilan uchrashishga shavqu zavq qilish o‘rniga boshqa narsa berishimni so‘rayapsan! Ularning o‘rnini nima ham bosa olar edi?!”, dedi. Men: “Ey Rab­bim! Sening muhabbatingda lol bo‘lib, dahshatga tushib qoldim. Qalbim Sen tomonga uchib ketdi. Aytgan so‘zlarimni boshqara olmay qoldim. Nima deyishimga buyurasan?”, dedim. Alloh: “Ey Ibrohim! Kimning qalbini dunyo va oxi­ratdan xoli holda topsam, uni o‘z muhabbatim bilan to‘ldiraman. Hatto qalbini to‘ldirib, uni ushlab olaman. Uning qalbi Mening changalimda bo‘ladi. Agar uning qalbi Mening changalimda bo‘lsa, Men uning eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi va ushlaydigan qo‘li bo‘laman. Azizligim va ulug‘ligimga qasamki, agar u butun dunyoni tarozining bir pallasiga qo‘yishni so‘rasa, shunday qilaman. Men tomonga yurishi osonlashgan va Men unga karomatimni ko‘rsatgan inson qanday qilib biror narsani so‘rashga vaqt topsin?! Agar so‘rashing kerak bo‘lsa, seni O‘zimga jamlashimni, seni Kalomim bilan do‘st qilishimni va payg‘ambarlarning ruhlari bilan seni uchrashtirishimni so‘ra! Chunki avliyolarim uchun bunday qilish Menga osondir!”, dedi».

Abu Abdulloh (roziyallohu anhu) aytadi: «(Payg‘ambarlarda) vahiy qalbga ruh orqali o‘rnashadi. Avliyoning qalbiga tushi sakinat bilan o‘rnashadi. Muhaddas avliyolarga uyg‘oq holatlarda ular anglab yetadigan so‘zlar insa, tushlarida ruhlariga bildirilgan narsalar so‘z va kalom (hadis) bo‘ladi. Zero, omma odamlar shahvat va nafs mayli huzurida alahsiragan holda bo‘ladilar. Ruh nafs va shahvatdan uzilgandan so‘nggina ularga gapiriladi. Xotira aqlning yaqin do‘stidir. Aql xotiradan kuch oladi. Ruh tanaga qaytib, unga biror narsa gapirilgan yoki biror narsa namoyon qilingan bo‘lsa, u vaqt topib aqlga namoyish etadi. Shu onda agar uyg‘onsa, xotirada qoladi. Agar ruh qaytsa va aqlga ko‘rsatish uchun muhlat bo‘lmasa va bundan oldin uyg‘onib ketsa, tushini unutadi. Tush ko‘ruvchilarning aqli sof, qalblari pok bo‘lsa, ofat, shahvat va chalg‘ituvchi narsalardan yiroq bo‘lsa, qalbiga qarata gapiriladi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan rivoyat qilinganidek, tushdagi ruhlarga gapirilgani payg‘ambarlikning qirq oltitadan bir qismi bo‘ladi. Agar uyg‘oqlikda qalbga gapiriladigan bo‘lsa ko‘proq ulushga ega bo‘ladi. Ehtimol bu ba’zan payg‘ambarlikning uchdan biriga, hatto uning yarmiga ham teng bo‘lishi mumkin. Balki o‘sha majlislarda Rabbisiga yaqinligi miqdorida ulushi ham ko‘proq bo‘lishi mumkin».

Muhammad ibn Hasan Laysiy (roziyallohu anhu) Ibrohim ibn Sa’d (roziyallohu anhu)dan, u otasidan, u Abu Salama (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytdilar: “Uxlayotganimda Menga bir qadahda sut keltirildi. Men undan ichdim. Hatto sut har tarafimdan oqayotganini ko‘rdim. So‘ng ortganini Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu)ga berdim”. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) atrofidagi sahobiylar: “Buni nimaga yo‘ydingiz, yo Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)?”, deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Ilmga”, dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytdilar: “Tushimda odamlar Menga ko‘rsatildi. Ularning egnida ko‘ylak bo‘lib, ba’zilarining ko‘ylagi ko‘kragiga, ba’zilariniki esa tizzasiga tushib turar edi. Umar (roziyallohu anhu) ham o‘tib qoldi. Uning egnida ham ko‘ylak bo‘lib, uni yerda sudrab yurar edi”. Sahobiylar: “Buni nimaga yo‘ydingiz, yo Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)?”, deb so‘­rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Dinga”, dedilar».

Otam (roziyallohu anhu) Hammoniy (roziyallohu anhu)dan, u Ibn Muborak (roziyallohu anhu)dan, u Yunus (roziyallohu anhu)dan, u Zuhriy (roziyallohu anhu)dan, u Hamza ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan, u Ibn Umar (roziyallohu anhu)dan shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning shunday deganlarini eshitganman: “Tushimda Menga ummatim ko‘rsatildi. Bazilarining ko‘ylagi tizzasigacha, ba’zilariniki boldirining yarmigacha tushib turar edi. Shu orada Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) ko‘ylagini sudrab o‘tib qoldi”. Abu Bakr (roziyallohu anhu): “Buni nimaga yo‘ydingiz, yo Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)?”, deb so‘radi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Imonga”, dedilar».

tushda oyoq kiyim taxlash

Oyoq kiyim tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Tushda ko`rish 51.499 views 10 months ago

Тушда Оёк кийим курса | Tushda Oyoq kiyim ko’rsa

Tush Tabirlari 150.477 views 2 years ago

Оёк кийим тушда курса нима булиши хакида туш табири

drawing L 399.732 views 3 years ago

Tushda OYOQKİYİM ko’rsa nima bo’ladi❓

Dilbar Dilan Sat 69.902 views 1 year ago

Туш табири – Тушда пояфзал куриш

UZBLOG TV 255.050 views 4 years ago

Туш табири – Тушда Шиппак куриш

Tush Tabirlari 25.685 views 10 months ago

Tushda tufli korish

Tushlar tabiri 6.183 views 7 months ago

99% АЁЛЛАР ВАЗЕЛИННИ ҚАНДАЙ ИШЛАТИШНИ БИЛИШМАЙДИ! АФСУС.

DOCTOR K 3.508.374 views 1 year ago

VOY BLAAAAT! OPANI ICHKI KIYIMI DAXSHATUU. YANGI O’ZBEKCHA PRIKOLLAR 2022

KULGULI HAZILLAR 1.577.665 views 1 year ago

Oyoq kiyim

SABAYUB STUDIO 1.688 views 2 years ago

Туш табири – Тушда Ботинка куриш

Tush Tabirlari 11.848 views 10 months ago

Тушда Кийим курса | Tushda Kiyim ko’rsa

Tush Tabirlari 250.117 views 2 years ago

Tush haqida

Adham Yoldoshov 1.713 views 8 months ago

Tushda O’ZİNİ YALANG OYOQ ko’rsa nima bo’ladi❓

Dilbar Dilan Sat 7.523 views 5 months ago

Qaysi oyoq kiyim yoqdi sizga ☺️☺️☺️☺️

©karimjonova© 2.038 views 3 months ago

Тушда ЭСКИ КИЙИМ куриш туш таьбири || Tushda ESKI KIYIM tush tabiri

Tush Tabiri 12.827 views 2 years ago

Тушда Хожатхона курса | Tushda Xojatxona ko’rsa

Tush Tabirlari 171.811 views 2 years ago

Туш куриш хакида Шайх Мухаммад Содик Мухаммад Юсуф жавоблари

Tush Tabirlari 1.524.139 views 2 years ago

Кимнинг туши унгидан келади

7- Канал 58.929 views 2 years ago

Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?

ABORT: Agar ayol tushida homilador bo‘lib, abortga rozilik bildirsa, buni yaqinlashib kelayotgan ko‘ngilsizlikdan ogohlantirish deb bilsin. Agar vrach tushida homilador ayolni abort qilsa, mas’uliyatli kasbiga mas’uliyat bilan yondashishi uchun ogohlantirish deb bilsin.

O‘RIK: Tushda o‘rikli bog‘da sayr qilish yashirin va arzimas tashvishdan darak demakdir. Tushda o‘rik yeyish mayda ko‘ngilsizliklar yaqinlashib kelayotganidan darak. Boshqalar o‘rik yeyayotganini ko‘rsangiz, qaysidir ishga qo‘l urib ijobiy natijaga erisha olmasligingizni anglatadi.

AVTOMOBIL: Tushda avtomobil ko‘rish hayotingiz va ishingizda omad kulib boqishidan darak. Avtohalokatga uchrasangiz, sizni real hayotda jiddiy ko‘ngilsizlik kutayotgan bo‘ladi. Avtohalokatdan muvaffaqiyatli tarzda qochib qola bilsangiz, bu yaxshilikka. Hasadgo‘ylar hasadidan himoyalangan bo‘lib chiqasiz.

Tushda mashina sotib olish ham yaxshilik belgisi. Ammo buzuq mashina sotib olsangiz, omadsizlikka yuz tutasiz. Tushda ko‘pgina avtomobillarni ko‘rsangiz, safarga chiqasiz. Avtomobilingizni kimdir o‘g‘irlab qochsa, yaqin kelajakda muvaffaqiyatlar sizdan yuz o‘giradi. Avtomobildan tushib kelish muhim rejalaringiz haqiqatga aylanishini anglatadi.

AKULA: Tushda akula ko‘rish sizni qo‘rqinchli va xavfli dushman paydo bo‘lganidan ogoh etadi. Agar akula sizga hujum qilsa, yaqin orada qaysidir jabhada omadsizlikka yuz tutasiz. Toza, zilol suvda suzayotgan akulani ko‘rsangiz, qaysidir hasadgo‘y sizni bir tutamgina baxtdan ham mahrum etish niyatida ekanidan darak bo‘ladi.

ANANAS: Tushda ananas ko‘rish baxt va omad belgisi. Yaqin vaqt ichida siz muvaffaqiyatli lahzalarni boshdan kechirishingiz belgisi. Tushda ananas yeyish ham omadni bildiradi.

ANGINA: Tushingizda anginaga yo‘liqsangiz, ishda muvaffaqiyatsizlikka erishasiz. Boshqalar anginaga uchrasa, qalbingizda xavotirlar soni ortadi.

ARAVA: Tushda arava ko‘rish kimdir sizni hayotda qo‘llab-quvvatlashi mumkinligidan belgidir. Aravada sayohatga chiqsangiz, obro‘yingiz va daromadingiz ortadi.

KAPALAK: Tushda kapalak yam-yashil o‘t ustiga qo‘nib turganini ko‘rsangiz, hayotingiz gullab-yashnaydi deyavering. Ko‘p kapalaklarni ko‘rish yoqimli xabar olishdan darak. Qizlarga yaqinda baxtini topishining belgisi. Oppoq kapalakni ko‘rish yangi xastalikka uchrashdan darak beradi.

YuGURISh: Agar tushingizda ko‘pchilikning orasida yugurib ketayotgan bo‘lsangiz, quvnoq bir davraga tushib qolishingiz kutiladi. Bundan tashqari, shaxsiy hayotning qaysidir jabhasida omad kulib boqadi. Mabodo yugurayotib yiqilib tushsangiz, odamlar orasidagi hurmatingizga putur yetadi. Yolg‘iz yugursangiz, do‘stlar va tanishlarni pul topish masalasida quvib o‘tasiz, jamiyatdagi o‘rningiz mustahkamlanadi.

JARLIK: Tushda jarlikka tikilib qarash kim bilandir janjallashib qolishingiz, shaxsiy hayotda jiddiy muammolarga duch kelishingiz mumkinligini anglatadi. Ayol kishi tushida jarlikka qarab turgan bo‘lsa, o‘zi istamagan holda kimgadir mehr, oqibat ko‘rsatishi mumkin.

YaNGI KIYIM: Tushda yangi kiyim sotib olish hurmatingiz oshishidan dalolat beradi. Yangi, yorqin rangli kiyimda bo‘lsangiz, jamiyatda hurmatga erishasiz. Yirtiq kiyimda bo‘lsangiz, aksincha hurmatingiz yo‘qolishi va qandaydir ko‘ngilsizlikka duch kelishingiz ehtimoli bor. Kimgadir yangi kiyim sovg‘a qilsangiz, bu ham hurmat topishingizning belgisi.

MURDA: Tushda murdani ko‘rsangiz, tirik, anchadan beri ko‘rmagan odam bilan uchrashasiz. Murda bilan quchoq ochib ko‘rishish yangi tanishlar orttirishdan dalolat hisoblanadi. Murdaga yegulik berish ko‘ngilsizlik olib keladi. Murda sizga yegulik bersa, rizqingiz butlashadi.

GULZOR: Tushda rang-barang gullardan iborat bog‘da sayr qilish yaxshi odamlar davrasida bo‘lishdan darak. Gullardan birini uzib olsangiz, hurmatingizga hurmat, baxtingizga baxt qo‘shilishi mumkin.

NON: Tushda nonni ko‘rish yangi rizq sizni qayerdadir kutib turganidan darak beradi. Non yeyish o‘sha rizqni qidirib topishingiz belgisi. Tandirda pishayotgan bo‘rsildoq nonlarni ko‘rsangiz, qo‘lingizga pul tushadi, qo‘shimcha daromadga ega bo‘lasiz.

XASTALIK: Qizlar tushida kasalga chalinsa, turmushga chiqishidan darak. Qarindoshlardan birini xasta holda ko‘rsangiz, oilangizda katta yo kichik ko‘ngilsizlik yuz berishi mumkin.

Tushda quturish xastaligiga yo‘liqish hasadgo‘ylar nazariga tushishingizdan darak beradi. Sizni quturgan it tishlab olsa, real hayotda do‘stlardan biri sizni boplab chuv tushirishi mumkin. Badanga yara toshib ketgan bo‘lsa, kutilmagan ko‘ngilsizlik paydo bo‘lish ehtimoli bor.

ChO‘MILISh: Zilol suvda cho‘milish yaxshilikka erishishingiz belgisidir. Agar loyqa suvda cho‘milayotgan bo‘lsangiz, sizni ko‘ngilsizliklar kutib turadi. Cho‘milayotib zilol suv og‘zingizga kirib ketsa va suvni yutib yuborsangiz, qo‘rqmang, har sohada omadingiz keladi. Xasta bo‘lsangiz, tuzalish pallasiga kirasiz.

Qiziqarli malumotlar
Tushda oyoq kiyim taxlash