Tushda O’rgimchak to’ri ko’rsa to’liq malumot oling
Mundarija
скрыть
O’rgimchak to’ri — chalkashlik, makkorlik, xoinlik, uzoq, davom etadigan ish, qabihlik timsolidir. Tom shiftini butunlay o’rgimchak to’ri qoplaganligini tushda ko’rish — kasallik alomati bo’lib, sababini aniqlab bo’lmaydigan, tashhis qo’yish va dori topish qiyin bo’lgan kuchli bosh og’rig’i bilan bog’liqdir. Uchib yurgan va quyoshda yarqirab turgan o’rgimchak to’rining tushga kirishi — bu alomat tushning ro’yobga oshishi erta kuzga nisbatan talqin etilishini bildiradi. O’rgimchak to’ridan chiqa olmayotgan kishi tushingizga kirsa, bu qabul qilingan qonun tufayli hammaning hayot kechirishi og’irlashishidan, boshlab qo’yilgan ishlar boshi berk ko’chaga kirib qolishidan va ko’pgina baxtsizliklar kelishidan dalolatdir. Liboslari o’rgimchak to’rini eslatuvchi ko’plab kishilarning tantana qilayotganliklari tushingizda ko’rinsa — bu kishidagi har qanday libosning o’rnini bosadigan va ob-xavo hamda iqlimning o’zgaruvchanligiga bardoshli yengil dazmol kashf etilishining belgisidir. Agar tushda o’rgimchak to’riga urilib o’lkan o’rgimchakning qurboni bo’layotgan burgut ko’rinsa — bu Rossiyani larzaga soluvchi ko’ngilsizlik timsolidir. Tushda shahar tepasini o’rgimchak to’ri qoplab, tobora quyuqlashayotgani ko’rinsa — bu Yaponiyaning xududni bo’lish borasida da’volashish ishlarini boshlab yuborishini, biroq bundan faqat munosabatlarning keskinlashib, ilgaridan yo’lga qo’yilgan aloqalarning buzilishiga erishishini bildiradi.
Tush tabri
Tushda O’rgimchak to’ri ko’rsa