Tushda Kalit ko’rsa
Kalit muammolarni xal etish borasidagi izlanishlar, muammolarni birmuncha oson yo’llar bilan hal etish istagini bildiradi. Tushda kalit bilan eshik ochish — kelgusida barcha bilimlar soxasida buyo’q kashfiyotlar qilinishidan dalolat beradi. Ehtimol vaqt mashinasi yaratilib, uning yordamida kishilar o’tmishga va kelajakka sayoxat qilishar. Tush ko’ruvchiga bunday tush uning qiyin ahvolga tushib qolib, undan chiqishga harakat qilishini bildiradi. Agar tushda kalit topib olsangiz — sizni buyo’q ishlar kutayotganyaigi belgisidir. To’g’rirori, siz xizmat pillapoyalaridan shunday ko’tarilasizki, oqibatda o’z oilangizni muxtojlik ko’rmay yashashini ta’min etasiz. Ehtimol, siz shunday kishi bilan tanishasizki, oxir-oqibat sizning hayotingiz yaxshi tomonga o’zgarib ketadi. Tushda kalitni sindirib qo’yish, kelajakda yer kurrasi ahlini koinotdagi halokat haqidagi ma’lum xabar kutishidan shohidlik beradi. To’grirog’i, bu xalokatdan koinotdagi stansiyalar zarar ko’radi. Agar kalitlar bog’lami tushingizga kirsa, bu unchalik uzoq, bo’lmagan vaqt ichida sizda ko’plab mamlakatlarga ajoyib sayoxatlarga chiqishingiz imkoni paydo bo’ladi. Bu sayohat chog’ida siz vaqtingizni yaxshi o’tkazibgina qolmay, balki ko’p yangi va qiziq narsalardan voqif bo’lasiz. Tushda ikkita kalit ko’rish — voqealarning kutilmaganda o’zgarishidan dalolat. Kalitni yo’qotib qo’yganlikni tushda ko’rish — noqulay ahvolda qolganda kutilmagan yordamdan baxramand bo’lishingizga ishora. Agar beliga kalitlar bog’lab olgan qariya tushga kirsa, bu insoniyat oldida og’ir sinovlar turganligini bildiradi. Tushda oltin kalitni ko’rish — sizning haqiqatni izlash yo’lidagi harakatlaringiz xizmatingizga yarasha taqdirlanadi. Agar tushingizda uyingizning kalitlarini izlayotgan bo’lsangiz — o’ngda o’zingizning shaxsiy muammolaringizni hal etishga harakat qilishingizdan dalolat beradi.Tushda Kalit ko’rsa
DO`STLARGA ULASHING:
Tushda Kalit ko’rsa