Tushda ich kiyim

Tushda ich kiyim

“Bilasizmi, o‘sha kungi zilzila dastlab 40-60 soniya davom etdi. Tugashi bilan ko‘chaga chiqishga ulgurdik va mashinaga mindik. Shunda zilzila takrorlanib, mashina silkina boshlagach, men turmush o‘rtog‘imdan mashinaning to‘xtab turish tormozini tortib qo‘yishini so‘radim. Zilzila takrorlanishini bilmagan qo‘shnilarimiz orasida zilzila o‘tib ketdi deb uyiga kirganlar bor edi. Afsuski, ularning aksariyati qaytib chiqishga ulgurmadi. Qayta takrorlangan zilzila sabab uylar qulab tushdi. Ko‘z o‘ngimizda odamlarni, qo‘shnilarimizni binolar bosib qoldi. Bu dahshat ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘ldi, ularning o‘rnida biz ham bo‘lishimiz mumkin edi, degan qo‘rquv bor edi.

“Ko‘z oldimda qo‘shnilarimni bino bosib qoldi”, “Zilzila urushdan keyingi ikkinchi qo‘rquvim bo‘ldi”. Turkiya va Suriyadagi zilziladan omon chiqqanlar asr falokati haqida

“Daryo” muxbiri Turkiyaga safari davomida zilziladan omon qolganlar bilan ham suhbatlashdi. Suhbatdoshlar — Zelihaxonim, Tunjaybey va 10 yoshli suriyalik qizaloq zilzila sodir bo‘lgan paytda qayerda bo‘lgani-yu, zilziladan qanday omon chiqqani haqida gapirib berdi.

“Avvalo, Vatanimizga, yurtdoshlarimizga sabr tilayman. Zilzila vayronalari ostida qolib, vafot etganlarning oxirati obod bo‘lsin, omon qolganlarga Yaratgandan shifo tilayman. Umri uzoq bo‘lsin. Zilzila sodir bo‘lgan kuni tonggi soat 04:10 lar edi. Elif qizimning baqirgan ovozi meni cho‘chitib yubordi va uyg‘onib ketdim. Qizim bor ovozida baqirib, meni yordamga chaqirardi. Men esa qizimni qutqarishga urindim. O‘sha paytda zilzila nazarimizda juda ko‘p, bir necha soatga cho‘zilgandek edi. Lekin keyinchalik bilsak, zilzila 40-60 soniya davom etgan ekan.

Bugungi kunda Turkiya boshiga tushgan kulfat sabab dunyoning barcha mamlakatlaridan bizga yordam kelyapti. Ularga minnatdorlik izhor qilamiz. Ko‘rib turganingizdek, qutqaruv ishlari davom etmoqda. Zilziladan omon qolgan uysiz insonlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak tarqatilmoqda. Hech kim eʼtibordan chetda qolmayapti”, — deydi “Daryo” muxbiriga o‘zini Zelihaxonim deb tanishtirgan suhbatdosh.

Zelihaxonim o‘sha kungi zilzilani esga olar ekan, zilzila 40-60 soniya davom etib, yana takrorlanganini, bu paytda zilzila to‘xtadi deb uyiga kirgan insonlarni ikkinchi silkinishda qulab tushgan uy devorlari bosib qolganini aytmoqda.

“Bilasizmi, o‘sha kungi zilzila dastlab 40-60 soniya davom etdi. Tugashi bilan ko‘chaga chiqishga ulgurdik va mashinaga mindik. Shunda zilzila takrorlanib, mashina silkina boshlagach, men turmush o‘rtog‘imdan mashinaning to‘xtab turish tormozini tortib qo‘yishini so‘radim. Zilzila takrorlanishini bilmagan qo‘shnilarimiz orasida zilzila o‘tib ketdi deb uyiga kirganlar bor edi. Afsuski, ularning aksariyati qaytib chiqishga ulgurmadi. Qayta takrorlangan zilzila sabab uylar qulab tushdi. Ko‘z o‘ngimizda odamlarni, qo‘shnilarimizni binolar bosib qoldi. Bu dahshat ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘ldi, ularning o‘rnida biz ham bo‘lishimiz mumkin edi, degan qo‘rquv bor edi.

Allohga shukurki, hali hamon zilzila ostidan omon chiqayotganlar bor. Buni ko‘rib yuragimiz taskin topmoqda. Hukumatimiz xalqni qo‘llab-quvvatlab, tez orada jabrlanganlarga yordam berishini aytmoqda. Biz dunyo xalqlaridan qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz. Bizni duo qilib turishlarini so‘raymiz. Va xalqimiz nomidan dunyo xalqlariga minnatdorlik izhor qilamiz. Xalqimizga esa sabr tilayman, hech bir xalqning boshiga bunday kulfat tushmasin. Yaratgan barchani qo‘llab-quvvatlasin. Zilzila vahimasini gaplarim bilan tasvirlay olmayman”, — deydi suhbatdosh Zelihaxonim.

Yana bir suhbatdosh Tunjaybey asr falokati sabab Turkiyaning 11 ta shahri vayron bo‘lganini aytmoqda.

“Zilzila sodir bo‘lgan paytda qo‘rquv bilan uyg‘ondik. Va bu paytda imkon qadar bolalarimiz va yaqinlarimizni ko‘chaga olib chiqishga urindik va buni uddaladik. Zilzila sodir bo‘lgani haqida qutqaruvchilarga xabar berdim. Keyin zilzila sabab ko‘chada qolganlarga yordam berishga oshiqdim. Odamlarning sovuqda qolmasligi, och qolmasligi uchun ularga yordam berishga urindim. Shukurki, bu tashabbusga tez orada Turkiyaning barcha hududlarida yashovchi aholi qo‘shildi. Mana 11 kundan beri uyqu bilmadik, kelayotgan yordamlarni muhtojlarga tarqatyapmiz. Bu zilzila nafaqat Turkiya tarixida, insoniyat tarixida katta ofat bo‘ldi. Asr falokati sabab Turkiyaning 11 ta shahri vayron bo‘ldi. Bunday vaziyatda biz qardosh xalqlar ko‘magiga muhtojmiz va ulardan yordam kutamiz. Biz har doim bir-birimizni qo‘llab kelganmiz va ishonamanki, ayni vaziyatga tushgan Turkiya xalqini ham qardosh millatlar qo‘llab-quvvatlashadi”, — deydi suhbatdosh Tunjaybey.

Asli suriyalik, ayni paytda Turkiyaning Qahramonmarash shahrida yashayotgan 10 yoshli qizaloq Ritech Suriyadagi davomli urushlar paytida sodir bo‘lgan zilzila urushdan yuragi zada bo‘lgan u va uning tengdoshlarini qattiq qo‘rqitganini, zilziladan so‘ng Turkiyaga tinch hayot izlab kelganini, ayni paytda Turkiyaning Qahramonmarash shahrida yashayotganini aytmoqda.

“Suriyada urush bo‘layotgan paytda bu zilzila biz uchun ikkinchi qo‘rquv bo‘ldi. Aslida urush sabab ahvolimiz juda yomon edi. Suriyada men tengi qarindoshlarim bor. Ular va men davomli urushlar sabab bolaligimizni yashamay o‘tyapmiz. Bu zilzila esa bizni yanayam qo‘rqitdi. Ko‘z oldimizda binolar quladi, insonlar o‘ldi. Men va yaqinlarim Turkiyaga tinch hayot izlab keldik”, — deydi 10 yoshli qizaloq Ritech.

Mavzuga doir

  • Vayron bo‘lgan shahar, jabrlanganlarga qurilgan chodir va marhumlarga yasalgan tobut: Zilziladan keyingi Qahramonmarash 16 fevral, 17:51

Tushda ich kiyim

Günün Popüler Başlıkları

  • Medyada Sınıfta Kalanlar! LeMan, Depremzedelere Uygulanan Sansürü Çizdi
  • Şenocak’tan, ‘Depremzede Evlatlıkla Evlenilebilir’ Diyen Diyanet’i Eleştiren Altaylı’ya: Sen Kimin Çocuğusun?
  • AK Partili Kübra Dörtkardeş’in ‘Yardım’ Fotoğrafı: Çıplak Ayaklı Çocuğa Meyve Suyu ve Kek
  • Deprem Nedeniyle Ülkesine Dönen Suriyeli: “Suriye’ye Gidelim Kafamız Biraz Rahat Etsin”
  • CHP Yönetimine Tepki; Lütfü Savaş’a ‘İstifa’ Çağrısı
  • Lütfü Savaş’tan İstifa Çağrılarına Yanıt: ‘En Son Gidecek İnsan Benim’

Hızlı Erişim

  • [Anlık Veriler] Depremde Ölü ve Yaralı Sayısı Kaç Oldu? Yıkılan Bina Sayısı Kaça Yükseldi?
  • Rüyada Altın Görmek: Çil Çil Altınlar Sizi Paranız veya Sağlığınız İçin Uyarıyor Olabilir!
  • Olağanüstü Hal (OHAL) Ne Demek? 3 Ay OHAL Kararı Alınınca Ne Olur?
  • Ahbap Derneği Deprem Bağışı Nasıl Yapılır? Ahbap Derneği Yardım Yapmak İçin IBAN numarası
  • Uzmanlar Açıkladı: Tekrar Deprem Bekleniyor mu? Yeni Bir Deprem Olacak mı?
  • Burç Uyumu Hesaplama Nedir? Burç Uyumu, Aşk Uyumu Nasıl Hesaplanır?
  • 2023 Banka Promosyonları: Garanti, Yapı Kredi, Ziraat, Denizbank, Akbank, İş Bankası Emekli Promosyonu
  • Serenay Sarıkaya ve Burak Deniz’li Yeni Netflix Dizisi Şahmaran Konusu Nedir, Oyuncuları Kimlerdir?
  • Bakanlar Açıkladı: Yeni Evim Projesi Başlıyor! Yeni Evim Projesi Nedir, Kimler Başvurabilir?
  • İdeal Kilo Nedir? İdeal Kilo Hesaplama Nasıl Yapılır?
  • Atasözleri ve Anlamları: En Sık Kullanılan Gündelik Atasözleri ve Anlamları
  • Evlilik Yıldönümü Mesajları: Kısa, Uzun, Şiirli, Güzel, Anlamlı, Duygusal Evlilik Yıldönümü Mesajları
  • Engelli Raporu Sorgulama: E-Devlet, E-Nabız veya E-Rapor Sistemi Üzerinden Birkaç Adımda Yapılabilir
  • Ders Çalışırken Dinlenecek Müzikler Nelerdir? Müziksiz Çalışamayanlar Toplanın!
  • Instagram Giriş Nasıl Yapılır? Instagram’a Giriş İşlemleri Rehberi
  • 41 Ülkenin Bayrakları ve Ülke Bayraklarının Anlamları

Geri Bildirim

© 2023 Onedio. Her hakkı saklıdır

Qiziqarli malumotlar
Tushda ich kiyim