Tursunoy Sodiqova (1944–2017)

Tursunoy Sodiqova (1944–2017)

Tursunoy Sodiqova (1944–2017)

Mundarija скрыть
Tursunoy Sodiqova (1944–2017)
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Tursunoy Sodiqova 1944 yili Andijonda tavallud topdi. Toshkent davlat universitetida tahsil oldi (1961–1966).
Mehnat faoliyatini oʻrta maktabda dars berishdan boshlab, keyinchalik Andijon davlat chet tillar institutida, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida xizmat qildi.
Shoiraning “Kuy” nomli birinchi kitobi 1976 yilda chop etildi. Shundan keyin u “Gul fasli” (1981), “Iqbol” (1984), “Dil gavhari” (1985), “Izlay-izlay topganim” (1988), “Girya” (1994) kabi sheʼriy majmualarini eʼlon qildi. Shuningdek, odob-axloq mavzularida bitilgan maqolalarini “Andisha” (1988), “Mehrigiyo” (1989), “Baxt nima?” (1994), “Baxtli boʻling” (1989), adabiy-tanqidiy maqolalarini esa “Oʻzbek sheʼriyatida anʼana va oʻziga xoslik” nomlari bilan nashr ettirdi.
Tursunoy Sodiqovaning “Hazrati ayol” (1999), “Yoningdagi baxt” (2000), “Oʻgʻlim, senga aytaman” (2002) va boshqa publitsistik maqolalar toʻplamlari oʻquvchilarni hayajonga soladi, mushohadaga chorlaydi.
Soʻnggi yillarda Tursunoy Sodiqovaning “Bolam derman” (2001), “Qaynonalik ilmi” (2002), “Kelin boʻlish ilmi” (2002), “Kuyov boʻlish ilmi” (2003), “Murabbiylik ilmi” (2003), “Yashash tilsimi” (2004), “Rizolik izlab” (2006), “Atirgul isi” (2007), “Ayolga qasida” (2010), “Soʻz sehri”, “Dildagi nur” (2011), “Men kimni sevdim”, “Baxt qayerda?”, “Umr bittadir”, “Bugungi erkak” (2012), “Saylanma” kabi asarlari eʼlon qilindi. Sheʼrlari qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman tillariga tarjima qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Tursunoy Sodiqova 1997 yili “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobi asosida tayyorlandi.

Tursunoy Sodiqova (1944–2017)