Turshak haqida
Turshak haqida
DO`STLARGA ULASHING:
#Oʼrik va uning shifobahsh jihatlari
#Ikkinchidir hoʼl-issiqda, olgin yod,
#Qorin ichra qoʼzgʼar doim u fasod.
#Suvin ichsa, ketar chanqoq ogʼizdan,
#Bavosili naf undagi magʼizdan.
#Moybeh bilan mastikayu anisum,
#Islohi deb zikr qilar, bil, «Qonun».??Hakim Davoiy al-Gʼiloniy.
?Shuncha miqdorda isteʼmol etilgan oʼrik 250 gramm sarxil mol jigari kabi qon tarkib topishiga yordam beradi. Olimlarning taʼkidlashlaricha, oʼrik mevasi barcha tabiat mevalari ichida pangam kistotasi – vitamin V15 ni saqlaydigan yagona manba hisoblanadi.
?Oʼrik quritish usuliga qarab, turshak, bargak, qaysa va chalpak yoki pashtak deb ataluvchi turlarga boʼlinadi. Danagi bilan quritilgan oʼrik turshak, oʼrikning etini ajratib, danagi olingan boʼlsa — bargak, oʼrikning
danagi sitib chiqarilgan boʼlib, quritilgani esa qaysa deyiladi.?Chalpak yoki pashtak tayyorlash uchun oʼrik 2-3 kun soʼlitiladi, soʼngra danagi meva bandi oʼrnidan sitib chiqariladi va ichiga danak magʼzi (yoki yongʼoq magʼzi) joylanib quritiladi.
??Quyida oʼriklardan tayyorlanadigan shifobaxsh neʼmatlar xaqida maʼlumot beramiz:
?1. Turshak ivitmasidan yohud oʼrikdan tayyorlanadigan chuli (kompot)
ichish qon bosimini maʼlum darajada tushiribgina qolmay, balki
yurakka quvvat berib, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi va ich
qotish (qabziyat) dan xoli qiladi.?2. Turshakni ivitib qoʼyib ichilsa, ichni yumshatib, siydik ajralishini
kuchaytiradi, buyrak-tosh, gipertoniya va sariq kasalliklarida ichilsa,
juda foydalidir.?3. 2 litr suvga 1 kG oʼrik solib, 1 soat mildiratib qaynatiladi. Xosil
boʼlgan qaynatmani ich qotishda ichni yumshatish uchun 1 stakandan kuniga uch marta ichiladi. Bu qaynatma ayniqsa, kechasi ichib yotilsa, nafi koʼproq boʼladi.?4. Xitoy tibbiyotida oʼrik haroratni tushiruvchi, balgʼam koʼchiruvchi,
ovqat xazm qilishni yaxshilovchi va yengil surgi sifatida ishlatiladi.?5. Аchchiq danakli oʼrik magʼzidan tayyorlangan preparat achchiq bodom suvi oʼrnida meʼda-ichak ogʼriqlaridan xoli qiluvchi va tinchlantiruvchi
vosita sifatida ichiladi.?6. Oʼrik yegandan soʼng, sovuq suv ichish, muz yoki qor yeyish mumkin emas va
oʼrikni hazmi ogʼir taom ustiga yeyish juda ham zararlidir.?7. Nahorga, och qoringa oʼrik yeyish sogʼliq uchun yomon hisoblanadi. Bu
mevani davomli ravishda yeyish esa ichaklarning ichki devorini yalligʼlantiradi.?8. Qandli diabeti bor hamda ortiqcha semirib ketgan odamlarga oʼrik isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi.
Turshak haqida