TURKISTON XALQ UNIVERSITETI
TURKISTON XALQ UNIVERSITETI — Oʻrta Osiyoda rus oliy taʼlimiga asos boʻlgan ilk oʻquv maskani. Turkiston XKSning 1918-y. 16-martdagi qarori bilan shu yil 21 apr. da Toshkentning Yangi shahar kismidagi Ozodlik uyi (hoz. Oʻzbekiston Respublikasi bolalar kutubxonasi)da ochilgan. Untning tashkil topishida «Oliy taʼlim tarafdorlari jamiyati» (1918-y. fev.)ga uyushgan A. V. Popov (1918-y. apr. — dek. da universitet rektori), G. N. Cherdansev (1918-y. dek. 1920-y. dek. da universitet rektori), prof. lar V. I. Romanovskiy, A. A. Semyonov, R. R. Shreder va b. ning xizmati katta boʻldi.
Ensiklopediya.uz
TURKISTON XALQ UNIVERSITETI