TURKASH XOQONLIGI

TURKASH XOQONLIGI

TURKASH XOQONLIGI — ilk oʻrta asr turkiy davlatlaridan biri (699 — 766). 7-a. ning oxirida Gʻarbiy Tyanshanda koʻchib yurgan turkash qabilalarining boshligʻi Uchelig (699—706), Yettisuvdagi Tan imperiyasi gumashtasi Xusrav Burishodni quvib chiqardi va Chochdan Jungʻoriyagacha oʻz hokimiyatini oʻrnatdi. Natijada yangi turkiy davlat tashkil topdi. Uchelig 2 qarorgohga asos soldi. Biri Navokat sh. Chu daryosi boʻyida, ikkinchisi Kungut sh. Ili daryosi boʻyida joylashgan edi. Davlat 20 tuman — tutuqlnkdan iborat edi. Har birini hokimtutuq boshqarardi. Uchelig gʻarbiy turklar hukmdorlarining sobiq «oʻn oʻq eli xoqoni» unvonini qabul qildi. Shu bilan birga u «turkash xoqon» unvonini ham joriy etdi. Turkash xoqonlari oʻz tangalarini zarb qilganlar. 711—715-y. larda Turkash xoqonligi Sharqiy Turk xoqrnligiga qaram boʻlib turdi. 715-y. Suluk Chobishchurxoqon (715—737) davlat mustaqilligini qaytadan tikladi. U asosan, bosqinchi arab qoʻshinlari bilan urushlar olib borishga majbur boʻlgan. Uning vafotidan keyin (737) Turkash xoqonligida «sariq» va «qora» turkash qabilalari oʻrtasida oʻzaro urushlar boshlanib ketgan va 766-y. davlat qarluqlar tomonidan tugatilgan.

Ensiklopediya.uz
TURKASH XOQONLIGI