TURGENEV Ivan Sergeyevich

TURGENEV Ivan Sergeyevich

TURGENEV Ivan Sergeyevich [1818.28.10 (9.11), Oryol — 1883.22.8 (3.9), Parij yaqinidagi Bujival qishlogʻi; Sankt-Peterburgdagi Volkovo qabristoniga dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Peterburg untining falsafa ftini tugatgan (1837). Turgenevning dastlabki romantik sheʼrlari va «Steno» dramatik dostoni (1834) talabalik yillarida yozilgan. T. Peterburgdagi oʻqishni tugatgach, Berlinga borib (1838), falsafa va klassik filol. boʻyicha maʼruzalar tinglagan. 1841-y. Moskvaga kaytib kelgan, N. V. Gogol, S. T. Aksakov singari yozuvchilar bilan tanishib, badiiy ijod bilan shugullana boshlagan. Turgenevning shu kezlarda yozgan «Parasha» dostoni (1843) yosh yozuvchining romantizmdan uzoqlashib, oddiy xalq hayotiga yaqinlashganidan darak beradi.

Ensiklopediya.uz
TURGENEV Ivan Sergeyevich