TURDI
TURDI, Turdiy (asl ismi va taxallusi; forstojik sheʼrlaridagi taxallusi esa Farogʻiy) (17-a., Buxoro — taxm. 1699/1700, Xoʻjand) — shoir. Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Abdulazizxon davrida saroyning amaldorlaridan, yuz urugʻining koʻzga koʻringan siyosiy arboblaridan boʻlgan. Subhonqulixon taxtga chiqqach, saroydan uzoqlashtirilgan. Ashtarxoniylarga qarshi 1685—86 y. larda koʻtarilgan xalq isyonida faol ishtirok etgan. Isyon bostirilgach, T. Jizzax, soʻng Xoʻjandga borib, muhtojlik va uzluksiz maʼnaviy tushkunlikda kun kechirgan. Turdi oʻzbek va fors tillarini yaxshi bilgan. «Dar mazammati sipohigari» sheʼrida oʻzining asosiy kasbkori sipohiylik («harbiylik») boʻlganini, shu kasbi bilan uzoq yillar nimalarnidir tamaʼ qilib, shohlarga xizmat qilganini, lekin oxiroqibatda hech narsaga erisha olmaganini afsus bilan maʼlum qilgan. Lekin qarbiylik bilan bir qatorda Turdi oʻz zamonasining oʻqimishli, Sharq adabiyotidan mukammal xabardor, hayot, jamiyat haqida keng tushunchaga ega kishilaridan boʻlgan. Uning jamiyatda tutgan mavqei esa oʻz atrofida yuz berayotgan voqeahodisalarga faol aralashishni taqozo etgan.
Ensiklopediya.uz
TURDI