TUPROQQALʼA

TUPROQQALʼA

TUPROQQALʼA — qad. shaharqalʼa xarobasi; mil. 3—4-a. lardagi xorazmshohlar qarorgohi. Hoz. Beruniy sh. atrofidagi hududda joylashgan. 1938—50 y. larda S. P. Tolstoye rahbarligidagi Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan. Tuproqqalʼa tarhi toʻgʻri burchakli (500×350 m) boʻlib, gumbazsimon yoʻlakli va burjli mudofaa devori bilan oʻralgan. Devorning mustahkam jan. darvozasidan otashkada tomon markaziy koʻcha oʻtgan. Koʻndalang tushgan koʻchalar shaharni 10 ta kvartal (mahalla)ga ajratgan. Tuproqqalʼaning madaniy qatlamidan, mil. boshlaridan 6-a. gacha boʻlgan davrga oid ashyoviy materiallar chiqqan. Tuproqqalʼaning shim. sharqiy qismida maxsus koʻtarma supa (bal. 14 m, mayd. 80*80 m) ustiga xom gʻishtdan saroy qurilgan. Unga yondosh qilib bal. 25 m li 3 ta minorasi boʻlgan ark binosi (mayd. 40×40 m) bunyod etilgan. Arkka sharq tomonidan kutarma yoʻlak orqali kirilgan. Tuproqqalʼada 100 ga yaqin turar joy, xoʻjalik binolari va 8 ta saroy xonalari qazilgan.

Ensiklopediya.uz
TUPROQQALʼA