TUPIGUARANI TILLARI

TUPIGUARANI TILLARI

TUPIGUARANI TILLARI — Jan. Amerikadagi indeys tillarining eng yirik oilalaridan biri. Braziliya, Paragvay va Boliviyada, qisman Argentina va Gvianada tarqalgan 50 dan ortiq tilni qamrab oladi. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 4 mln. ga yaqin kishini tashkil etadi. Tupiguarani tillari oilasi 7 asosiy guruhga boʻlinadi: tupiguarani, yuruna, arikem, tupari, ramarama, monde va purubora. Ushbu tillar fonologik tizimi unli tovushlarning ketma-ket kelishi kam uchrashi bilan ajralib turadi. Tupiguarani tillari t . morfologiyasi agglyutinativ xususiyatga ega, suffiksatsiyaga nisbatan prefiksatsiya rivojlangan. Otlarda soʻz oʻzgarishi chegaralangan, kelishik bilan oʻzgarish mavjud emas. Ot yasalishi feʼl yasalishiga qaraganda ustunlik qiladi. Sintaksisda feʼl kesim keng qoʻllanadi. Soʻz tartibi subyekt—obyekt — predikat koʻrinishda boʻladi. Leksikasida ispan tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp.

Ensiklopediya.uz
TUPIGUARANI TILLARI