TUNNEL
TUNNEL, tonnel (ing. tunnel — quvur) — transport yurishi, suv utishi, kommunikatsiyalar joylashishi va b. maqsadlarga moʻljallangan, yotiq yoki qiya joylashgan yer osti yoki suv osti sunʼiy inshooti. Uzunligi koʻndalang oʻlchovlaridan birmuncha katta boʻladi. Vazifasi, yer yuzasiga nisbatan joylashishi, chuqurligi va qurish usullari boʻyicha turlarga boʻlinadi. Vazifasi boʻyicha — aloqa yoʻllaridagi (metropoliten, t. y., avtoyoʻl, piyodalar oʻtish joylari va b.), gidrotexnik, kommunal, konchilik sanoati, maxsus maqsadlarda qurilgan (mudofaa inshootlari, yer osti elektr styalari va b.); yer yuzasiga nisbatan joylashishi boʻyicha — togʻ osti, suv osti va tekislikdagi; joylashish chuqurligi boʻyicha — sayoz va chuqur joylashgan; qurish usullari boʻyicha — ochiq, yopiq va maxsus usullarda quriladigan Tunnellar mavjud. Tunnel larning koʻndalang kesimi doyra, tuxumsimon va toʻgʻri toʻrtburchak shaklda boʻlishi mumkin. Tunnel qazish ishlari yer yoki tog katlamining gidrogeologik sharoitiga qarab turlicha usulda amalga oshiriladi.
Ensiklopediya.uz
TUNNEL