TUNISLIKLAR

TUNISLIKLAR

TUNISLIKLAR, Tunis arablari — xalq, Tunisning asosiy aholisi (8,2 mln. kishi). Umumiy soni 8,6 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Arab tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar. Tunisliklar mamlakatning tub aholisi barbarlar bilan Tunis davlati barpo etilishi jarayonida Afrikaning shim. garbiga kirib kelgan (7-a. dan) arablar aralashuvidan shakllangan. Fransiya mustamlakachiligi (1881 — 1956) ga karshi milliy ozodlik harakati Tunisliklarning millat boʻlib uyushuvida va Respublika eʼlon qilingach (1957), Tunisning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlanishida muhim rol oʻynadi. Tunisliklarning aksariyati dehqonchilikda band, yarim koʻchmanchi hayot tarzini saklab qolgan choʻlda yashaydiganlari — chorvadogzlar.

Ensiklopediya.uz
TUNISLIKLAR