TUNGUS-MANJUR TILLARI
TUNGUS-MANJUR TILLARI, manjur-tungus tillari — Sibir va Uzok, Sharkdagi yaqin qarindosh tillar guruhi. Ayrim tadqiqotchilar fikricha, Tungus-manjur tillari oltoy tillari oilasiga kiradi. Ushbu tillar RFning Oʻrta va Sharqiy Sibirdagi tayga hududlarida, Xitoyning shim. sharqida, SinszyanUygʻur muxtor rayonida, Mongoliyaning Bargi tumani (aymogʻi)da tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 70 ming (RF da 60 ming) kishidan ortiq (1990-y. lar). Tungus-manjur tillarining nisbatan yaqinligi va dialektal jihatdan oʻta tarqokligi ularni mustakil til sifatida ajratish va tasniflashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun bir tasnifda ular 11 tarmoqka, ikkinchisida 5 tarmoqqa, yana birida 3 tarmoqqa ajratiladi. Mas., 3 tarmokli tasnifda sibir yoki shim., amur yoki nani va jan. yoki manjur tarmoklari farklanadi va bu tarmoklar evenk, even, nanay, udegey, manjur kabi tillarni va bir kancha laxjalarni kamrab oladi.
Ensiklopediya.uz
TUNGUS-MANJUR TILLARI