Tungi tish og‘rig‘idan qanday qutilish mumkin?
Tungi tish og‘rig‘idan qanday qutilish mumkin?
DO`STLARGA ULASHING:
Tungi tish og‘rig‘idan qanday qutilish mumkin?
➥ Kechasi tish og‘rig‘i uxlashga to‘sqinlik qiladi, chunki bunday paytda boshqa chalg‘ituvchi vositalar bo‘lmaydi va diqqat-e’tibor og‘riqqa qaratilgan bo‘ladi.
➥ Og‘riqni yengillashtirish uchun bir qancha usullarni qo‘llashingiz mumkin:
➥ Tuzli suv. Oddiy sho‘r suv bilan og‘izni chayish tish og‘rig‘i uchun samarali vositalardan biridir. Tuzli suv tabiiy antibakterial vosita bo‘lib, shikastlangan tishlarni infeksiyadan himoya qilishga yordam beradi.
➥ Sovuq kompressdan foydalanish ham tish og‘rig‘ini yengillashtirishga yordam beradi. Yuz yoki jag‘ning og‘riqli tomoniga sochiq bilan o‘ralgan muz bo‘lagini qo‘llash bu hududdagi qon tomirlarini toraytirishga yordam beradi, bu esa og‘riqni kamaytirib, uyquga ketish uchun sharoit yaratadi.
➥ Shuningdek, retseptsiz beriladigan og‘riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish orqali og‘riqni tez va ma’lum muddatga kamaytirish mumkin.
Tungi tish og‘rig‘idan qanday qutilish mumkin?