Tug’ruqxonaga nima olib borish zarur

Tug’ruqxonaga nima olib borish zarur

Albatta sizning hujjatlaringiz:
• Pasport
• Tibbiy karta (Obmenniy karta)
• Agar tug’ruqxona bilan shartnoma tuzgan bo’lsangiz, uni xam unutmang.

Tug’ish payti kerak bo’lgan narsalar:
• Uyali telefon. Hozirgi vaqt uyali telefonsiz yashab bo’lmay qoldi. Telefon orqali dard tutishlar orali’gini sekundomer bilan o’lchashingiz, yaqinlarga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin. Undan tashqari yangi tug’ilgan chaqaloqning birinchi fotosuratini olishingiz xam mumkin. Telefoningiz uchun zaryadlovchi qurilmani ham unutmang.
• Gazsiz ichimlik suvi, chunki tug’ish payti albatta suv ichkingiz kelib qoladi.
• Bloknot va qalam. To’satdan ba’zi ma’lumotlarni yozishingiz kerak bo’lib qolsa (masalan, dard tutishlarni).
Varikozni oldini olish uchun maxsus paypoq.

Tug’ruqxonada yotgan payt kerak bo’lgan narsalar:
• Emizish uchun maxsus byustgalter. Bir necha xil byustgalter olib kelganingiz ma’qul.
• Ichki kiyim, tungi ko’ylak yoki pijama, sport kostyumi, xalat, paypoq. Palatada yotganingizda va tug’ruqxonada sizga kerak bo’lgan kiyimlar.
• Tapochka (shippak). Matodan qilingan yomshoq emas, balki rezina tapochka.
• Gigienik tagliklar (prokladka). Tug’riqdan so’ng, bir muncha vaqt ajralmalar chiqadi, chunki bachadon qisqaradi, hajmi kichiklashadi va keraksiz narsalarni chiqarib tashaladi.
• Bolani tibbiy ko’rikdan otkazish uchun bir martalik tagliklar.
• Ko’krak tagliklari. Agar ona suti tez kela boshlasa, ko’krakdan sut sizib chiqishi mumkin.
• Gigienik kosmetika. Shampun, dush geli, qo’l sovuni, tish cho’tkasi va pastasi.
• Taroq, tualet qog’ozi va ho’l salfetkalar.
• Kosmetika. Yuz, qo’l va tana uchun krem.
• Paxta disklari va paxta tayoqchalari.
• Tirnoq qaychisi.
• Qo’l va tanaga sochiq.
• Kichik fen.
• Ba’zi tug’ruqxonalar sizdan ko’rpa-to’shak olib kelishingizni so’rashi mumkin.

Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Tug’ruqxonaga nima olib borish zarur