Tug‘ruqxonada qaysi mahsulotlarga ruxsat mavjud?

Tug‘ruqxonada qaysi mahsulotlarga ruxsat mavjud?

Tug‘ruqxonada qaysi mahsulotlarga ruxsat mavjud?

Mundarija скрыть
Tug‘ruqxonada qaysi mahsulotlarga ruxsat mavjud?
DO`STLARGA ULASHING:
Tug‘ruqdan keyingi bir necha kun davomida ozroq suyuqlik ichish kerak. Aniqroq aytadigan bo‘lsak – kuniga 1,5-2 litrdan ko‘p emas, aks holda emizishni mo‘ljallayotgan onalar kelayotgan sutni eplay olmasligi mumkin. Ona qornini yorib bolani olishdan keyingi ovqatlanishning o‘ziga xos xususiyatlari Onaning bunday jarrohlik amaliyotidan keyingi ovqatlanishi faqat dastlabki ikki-uch kun davomida tabiiy tug‘ruqdan so‘ng emizayotgan onaning ovqatlanishidan farq qiladi. Chunki bu paytda onaning ovqatlanishi jarrohlik amaliyotini boshidan kechirganligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Operatsiyadan so‘ng ichakni normal faoliyatga ko‘niktirish zarur bo‘ladi. Buning uddasidan chiqqandan so‘ng ona emizuvchilarning parheziga o‘tsa bo‘ladi. Odatda sizni nazorat qiluvchi shifokor ovqat borasidagi o‘z tavsiyalarida ichakning mustaqil ravishda bo‘shatish qobiliyatining (ya’ni tozalovchi klizma va ichni keltiruvchi preparatlarsiz) tiklanishiga qarab beradi. Jadal terapiya palatasidagi birinchi sutkada 1-2 osh qoshiq meva sharbati qo‘shilgan gazsiz mineral suvni ichish mumkin. Ikkinchi kuni odatda yog‘siz tovuq yoki buzoq go‘shtidan tayorlangan sho‘rva, suvda tayyorlangan kartoshka pyuresini berishga ruxsat etiladi. Uchinchi kuni operatsiyadan so‘ng tovuqning oq go‘shtini, qaynatib pishirilgan baliq, suvda tayyorlangan bo‘tqalar (guruchli bo‘tqa bundan mustasno, chunki u ich qotishiga olib kelishi mumkin), choy iste’mol qilish mumkin. To‘rtinchi kuni emizish davrida ruxsat etilgan deyarli barcha mahsulotlarni iste’mol qilsa bo‘ladi. Agar siz antibiotiklar terapiyasi kursini o‘tayotgan bo‘lsangiz ham ko‘krak suti orqali go‘dakda allergiya qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilmang, chunki organizmingizdan allergen moddalar qachon chiqib ketishini aniqlash qiyin. Bundan tashqari, operatsiyadan so‘ng ichak peristaltikasini yaxshilovchi mahsulotlarni, ya’ni olxo‘ri qoqisi, lavlagi (danaksiz turshak bolada allergiya qo‘zg‘atishi mumkin) yeyish tavsiya etiladi.

DO`STLARGA ULASHING:

Tug‘ruqxonaga tushganingizdan keyin, ular taklif qiladigan menyu sizni qoniqtirmasligi mumkin. Odatda kasalxona oshxonasi alohida ne’matlari bilan ajralib turmaydi. Shu bois qarindoshlaringiz va yaqinlaringiz sizga mazali biror narsani bemalol olib kelishlari mumkin. Ammo sizga yoqadigan hamma oziq-ovqat mahsulotlariyam hozirgi holatingizda iste’mol qilinmasligiga tayyor bo‘ling. Ba’zi tug‘ruqxonalarda faqat ruxsat etilgan mahsulotlarni o‘tkazishadi. Ortiqcha pul sarflamaslik va homilador ayol yoki yosh ona iste’mol qilishi mumkin bo‘lmagan qimmat mevalar hamda tansiq ovqatlarni sotib olmaslik uchun bunga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan ma’qul.
Tug‘ruqxonada sizga olib kelingan mahsulotlarni tekshirgan holatlarida ham tuqqandan keyingi dastlabki kunlarda qaysi ovqatlar xavfsiz ekanini va qaysilaridan voz kechish lozimligini o‘zingiz yaxshi bilasiz.
Tug‘ruqxonaning tug‘ruqdan oldingi bo‘limi
Shunday qilib, tug‘ruqdan oldingi bo‘limda yotgan homilador ayollar uchun olib kelish mumkin bo‘lgan mahsulotlarni sanab o‘tamiz.
Ruxsat etilgan mahsulotlarning taxminiy ro‘yxati:
• Pasterizatsiyalangan sut;
• Kefir yoki qatiq mahsulotlari;
• Qaymoq;
• Achchiq va sho‘r bo‘lmagan pishloq;
• Saryog‘;
• Qand;
• Konfetlar (zefir, qiyom);
• Asal, murabbo, jem;
• Mevalar;
• Yog‘li mahsulotlar qo‘shilmagan pechenye;
• Sharbatlar, kompotlar;
• Mineral suv.
Taqiqlangan mahsulotlar:
• Kremli konditerlik mahsulotlari;
• Muzqaymoq;
• Qahva;
• Shokolad;
• Seld va tuzlangan baliq;
• Qo‘ziqorin;
• Marinadlangan mahsulotlar;
• Dudlangan mahsulotlar;
• Go‘sht va baliq konservalari;
• Kolbasalar.
ovqatlanish
Agar patologiya bo‘limi va tug‘ruqdan oldingi bo‘limda odatda homiladorligida muammolar mavjud ayollar yotishini hisobga oladigan bo‘lsak, unda ushbu cheklashlar o‘zini oqlashini tan olishimiz kerak bo‘ladi.
Tug‘ruqxonaning tug‘ruqdan keyingi bo‘limi
Tug‘ruqdan keyingi palatalarda yotgan baxtiyor onalar uchun alohida ro‘yxat mavjud bo‘lib, unga yuqoridagidan ham juda qattiq talablar qo‘yilgan. Chunki yosh ona iste’mol qiladigan barcha mahsulotlar ona suti tarkibiga va chaqaloqning hali quvvatga kirmagan ovqat hazm qilish tizimiga yomon ta’sir qilishi mumkin.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Parhezsiz, tabiiy usulda ozish
Diqqat! Ushbu ro‘yxat onaning ovqatlanishi ko‘krak suti bilan emizishning butun davri uchun mo‘ljallanmagan!
Yosh onalarga tavsiya etiladigan mahsulotlar ro‘yxati:
• Kepak unidan qilingan kekslar yoki pechenye;
• Mevalar: olma (faqat yashil) yoki banan;
• Quruq mevalar: mayiz yoki olxo‘ri qoqi (faqat danaksiz turshak emas);
• Biriktiruvchi to‘qimalarga boy mahsulotlar, vitaminlar va mikroelementlar;
• Sut-qatiq mahsulotlari (mevalilari bilan ehtiyot bo‘lish kerak);
• Smetana;
• Fruktoza (emizuvchi onalarga qand tavsiya etilmaydi);
• Gazsiz mineral suv;
• Meva ta’misiz choy (qora choy, qichitqi o‘t va moychechakdan damlangan choy);
• Pishloq (achchiq va sho‘r bo‘lmagan qattiq navi)
• Bug‘da pishirilgan kotleta yoki qaynatib pishirilgan go‘sht;
• Qaynatib yoki dimlanib pishirilgan baliq;
• Tez eriydigan bo‘tqalar (ayniqsa suli bo‘tqasi);
• Dimlab va qaynatib pishirilgan sabzavotlar (karamdan tashqari).
Yosh onalarga olib kelish taqiqlangan mahsulotlar:
• Konditerlik mahsulotlarining barcha turlari;
• Sharbatlar, kompotlar;
• Murabbo, jem, asal, quyultirilgan sut;
• Uzum, kivi;
• Pomidor.
Go‘dak qornida kuchli gaz hosil bo‘lishiga olib keladigan mahsulotlar:
• shirin va nordon mahsulotlar;
• pishirilmagan sabzavot va mevalar, ayniqsa karam (har qanday ko‘rinishida);
• achitma va tuzlamalar;
• tvorog;
• kvas, gazli mineral suv;
• dukkaklilar.
Go‘dakda allergiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar:
• tovuq tuxumi;
• tovuq go‘shti;
• qaymog‘i olinmagan sut;
• jigar va boshqa submahsulotlar;
• yong‘oq;
• sitrus mevalari;
• yogurtlar, meva solingan shirin pishloqchali massalar.
TO‘LIQ voz kechilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar:
• qahva; achchiq damlangan choy;
• shokolad;
• achchiq va dudlangan mahsulotlar;
• qovurilgan ovqatlar;
• tarkibida konservantlar va turli qo‘shimchalari mavjud barcha mahsulotlar (souslar, ketchuplar va hokazo).
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Chapaqaylik haqida bilasizmi?
Tug‘ruqdan keyingi bir necha kun davomida ozroq suyuqlik ichish kerak. Aniqroq aytadigan bo‘lsak – kuniga 1,5-2 litrdan ko‘p emas, aks holda emizishni mo‘ljallayotgan onalar kelayotgan sutni eplay olmasligi mumkin.
Ona qornini yorib bolani olishdan keyingi ovqatlanishning o‘ziga xos xususiyatlari
Onaning bunday jarrohlik amaliyotidan keyingi ovqatlanishi faqat dastlabki ikki-uch kun davomida tabiiy tug‘ruqdan so‘ng emizayotgan onaning ovqatlanishidan farq qiladi. Chunki bu paytda onaning ovqatlanishi jarrohlik amaliyotini boshidan kechirganligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Operatsiyadan so‘ng ichakni normal faoliyatga ko‘niktirish zarur bo‘ladi. Buning uddasidan chiqqandan so‘ng ona emizuvchilarning parheziga o‘tsa bo‘ladi.
Odatda sizni nazorat qiluvchi shifokor ovqat borasidagi o‘z tavsiyalarida ichakning mustaqil ravishda bo‘shatish qobiliyatining (ya’ni tozalovchi klizma va ichni keltiruvchi preparatlarsiz) tiklanishiga qarab beradi.
Jadal terapiya palatasidagi birinchi sutkada 1-2 osh qoshiq meva sharbati qo‘shilgan gazsiz mineral suvni ichish mumkin.
Ikkinchi kuni odatda yog‘siz tovuq yoki buzoq go‘shtidan tayorlangan sho‘rva, suvda tayyorlangan kartoshka pyuresini berishga ruxsat etiladi.
Uchinchi kuni operatsiyadan so‘ng tovuqning oq go‘shtini, qaynatib pishirilgan baliq, suvda tayyorlangan bo‘tqalar (guruchli bo‘tqa bundan mustasno, chunki u ich qotishiga olib kelishi mumkin), choy iste’mol qilish mumkin.
To‘rtinchi kuni emizish davrida ruxsat etilgan deyarli barcha mahsulotlarni iste’mol qilsa bo‘ladi.
Agar siz antibiotiklar terapiyasi kursini o‘tayotgan bo‘lsangiz ham ko‘krak suti orqali go‘dakda allergiya qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilmang, chunki organizmingizdan allergen moddalar qachon chiqib ketishini aniqlash qiyin.
Bundan tashqari, operatsiyadan so‘ng ichak peristaltikasini yaxshilovchi mahsulotlarni, ya’ni olxo‘ri qoqisi, lavlagi (danaksiz turshak bolada allergiya qo‘zg‘atishi mumkin) yeyish tavsiya etiladi.
Avitsenna.uz

Tug‘ruqxonada qaysi mahsulotlarga ruxsat mavjud?