Tug‘ma stridor nima o‘zi? haqida to’liq ma’lumot oling
Tug‘ma stridor nima o‘zi?
Bola nafas olganida normada ovoz eshitilmaydi. Ba’zi bolalarda nafas olayotganda shovqin eshitiladi. Tug‘ma stridor bu-chaqaloqlardagi shovqinli, qattiq, dag‘al nafas(xuddi videodagidek).
Buning asosiy sababi nafas yo‘llaridagi anomaliyadir. Ya’ni hiqildoq va traxeyadagi torayish hisobiga o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi shovqinli bo‘ladi(hushtakni eslang).
❗️Agar shovqinli nasaf bilan birga og‘iz atrofi ko‘karishi, marmarsimon teri, yutishga qiynalish va ozib ketish kuzatilsa, bolani darhol shifokor pediatr va lor ko‘rigiga olib borish lozim.
©Doctor Muxtorov
Malumotlar
Tug‘ma stridor nima o‘zi?