Tug‘ma gipoterioz sabablari va davolash usullari haqida malumot
Tug‘ma gipoterioz bola tug‘ilgan vaqtda aniqlanadi. Tug‘ma gipoteriozning sabablari tireoid gormonlar yetishmovchiligi yoki qalqonsimon bez disgeneziyasi, tiroksin sintezining tug‘ma defektlari, yod tanqisligi sabablidir.
Qalqonsimon bez ishlamas yoki butunlay bo‘lmasa ham u ona tomonidan platsenta orqali tireoid gormonlar bilan ta’minlanadi. Bola tug‘ilgach undagi ona tereoid gormonlari tez kamaya boshlaydi. Tireoid gormonlar ayniqsa, erta neonatal davrda markaziy nerv sistemasining rivojlanishi, po‘sloq neyronlari miyelinizatsiyasi uchun juda zarur. Ular yetishmaganda bola bosh miya po‘slog‘ida qaydmas yetshmovchiliklar buzilishlar yuzaga keladi.
Klinik turli darajadagi aqliy zaiflik to kretinizmgacha kuzatiladi. Tug‘ma gipoteriozning erta belgilari uzoq davom etadigan giperblirubinemiya-7 kundan ko‘proq , ovoz pastligi, qorin shishganligi, kindik churrasi, gipotoniya, orqa liqildoq kattalashishi, makroglasiya, qalqonsimon bez kattalashishi kabi belgilar kiradi. Agar davo boshlanmasa keyinchalik 3-4 oylarda ishtaha pastligi, yutish qiyinligi, vaznning sekin oshishi, meteorizm, qabziyat, terining kuruq va rangparligi, gipotermiya mushaklar gipotoniyasi simtomlari qo‘shiladi. 5-6 oylardan keyin pixomotor va jismoniy rivojlanishdan orqada qolish, keng botiq peshona, liqildoqlar kech yopilishi kuzatiladi.
Tug‘ma gipoteriozni ona va bola skrining markazlarida sog‘lom vaqtida tug‘ilgan bolalarda tug‘ilgandan so‘ng 5-6 kunlarda, chala tug‘ilgan bolalarda esa 12-13 kunlarida barmog‘idan olingan qon tomchisidan TTG miqdori aniqlaniladi. TTGning baland bo‘lishi gipoterioz darajasini ko‘rsatadi.
Gipoterioz aniqlangandan so‘ng o‘z vaqtida o‘rinbosar terapiya boshlash maqsadga muvofiqdir. Davolashdan maqsad qondagi tireoid gormonlarni normallashtirish keyinchalik TTG va tereoid gormonlarni konsentratsiyasini barqaror saqlab turish.
Bu maqsadda sintetik tiroksinlar Levotiroksin bilan davo qilinadi. Uning boshlang‘ich dozasi 10-15 mkg/kg/sutka. Keyinchalik doimiy kuzatuvda o‘zgarishlarga qarab doza tanlanadi.
Prognozi:
O‘rinbosar terapiya boshlash vaqtiga bog‘liq. Agar davo 1-2 haftalarda boshlansa psixik va fizik buzilishlar to‘liq tiklanadi. Davogacha qanchalik uzoq vaqt o‘tsa oligofreniya rivojlanish xavfli va uning og‘irlik darajalari ortib boradi. Gipoterioz sintetik tireoid gormon bilan juda oson davolanadi. Faqat uning dozasini to‘g‘ri tanlash va doimiy nazorat qilib turish kerak. Davoning 1-haftasidayoq gipoterioz regressi kuzatiladi. Bir necha oyda simptomlar to‘liq yo‘qoladi. Levotiroksin natriy, sintroid, levoksil, levotroidlar amaliyotda ko‘p qo‘llaniladi.
Ushlab turuvchi davosi:
Ko‘pchilik bemorlar tireoid preparatlarni butun umr ichishlari kerak. Shuning uchun ularga dozasini aniq qo‘llash kerak. Ba’zi bemorlarda gipoterioz progressirlantiruvchi xarakterda bo‘ladi. Shuning uchun ularda dozasini doimo oshirib borish kerak. Buning sababi asta-sekin qalqonsimon bez funksiyasining so‘nib borishi. Ko‘p bemorlarda yangidan dorini qabul qilish boshlanadi
Ba’zan gipoterioz simptomlari davoga qaramasdan saqlanib qoladi. Buning sabablari dozaning noto‘g‘ri tanlanishi, dorining me’da-ichak traktida so‘rilishining buzilishi, ichak kasalliklari, mediokomentlar-kalsiy karbonat, xoletiramin, sukralfat, alyuminiy gidroksid temir preparatlari qabul qilish. Bunda tireoid gormon dozasini oshirish boshqa preparatlar bilan 4-soat oraliq bilan qabul qilish kerak.
Oshiqcha dozasi taxikardiya, mersal aritmiya, stenokardiya, osteoparozga olib keladi. Shuning uchun har 6-8 haftada qonda TTG va tireoid gormonlarini tekshirib turish kerak.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Qalqonsimon bez kasalliklari
Zamira ABDUMATOVA, endokrinolog.
«Salomatlik sandig‘i» gazetasi.
Kasalliklar
Tug‘ma gipoterioz sabablari va davolash usullari