Tug‘ilgan kuningiz sanasi qanday xosiyatga ega to’liq malumot oling
1-sanada tavallud topganlar
Bu sanada tug’ilgan insonlar ijodkorlik va
ixtirochilikka moyil bo’lishadi. Ular o’z
qarashlariga va ulkan ishonch kuchiga ega.
Chegaralanish va so’ralmagan maslaxatlar
yoqmaydi ,shuningdek, ishlariga xalaqit
berganlarni jinlari suymaydi. Shu bois boshqalardan mustaqil ravishda yakka tarzda
mehnat qilishni ma’qul ko’radilar. Ularda
hukmronlik alomatlari seziladi.
Bunday insonlarda ulkan qat’iyat va erkinlik
kuchi mavjud, biroq ba’zida ular sarkash va o’jar
odamlarga aylanadilar. Asosiy hissiyotlari haddan ziyod jizzakilikka qaratilib, uni amalgam
oshirish uchun barcha aqliy qobiliyatlarini ishga
sola bilishadi. Xissiy mashg’ulotlari o’tginchi,
ikkinchi darajali, deyarli doimiy ravishda izzat-
nafslariga itoat etadilar. Ular o’zlariga tobe
bo’lishni, bo’ysunishni talab qilishadi, shuning uchun ham nikohlari hamma vaqt ham omadli
bo’lavermaydi.
Ushbu odamlar o’zlari belgilagan marra sari katta
jasorat, barqarorlik paydo qila oladilar. Agar bu
ulardagi mulohazakorlik bilan uyg’unlashsa,
ajoyib natijalarga erishish mumkin. O’z ma’ruzalarida ochiq, qo’pol vashafqatsizlikni
namoyon etishadi.
Ular o’zlariga ongli ravishda tobe kishilar bilan
kelisha oladilar, biroq o’zlarini tobe odamlar bilan
teng ko’rmay, ularning soyasi bilan qolishni afzal
bilishadi. Mazkur sanada tug’ilganlarning o’ziga xosligini, erkinligini xurmat qilgan kishilargina
ular bilan murosa qila oladilar.
Bu odamlar qaror qabul qilish va ijodkorlik
borasida hamisha qat’iy. Ularning shaxsiy sifati
oliy darajada. Biroq boshqa kishilar bilan o’zaro
munosabatda katta qiyinchiliklarni boshdan o’tkazadilar. Atrofdagilar bu insonlarni
tushunishlari, ularga nisbatan xushmuomala
bo’lishlari kerak.
2-sanada tavallud topganlar
Ushbu sanada tug’ilganlar nazokatli, mushfiq,
xayolparast bo’lishadi. Aqlli, ijodkor, boy
tasavvurga, badiiy-estetik jixatdan qobiliyatga
ega. Ularning kuchi xissiyotlardan ko’ra
tafakkurida, jismoniy extiyojga nisbatan
ma’naviy qoniqishni ustun ko’radilar. Xayolga beriluvchan, muloyim, marhamatli bo’lishsa-da,
ammo xizmat pog’onasi bo’ylab siljishlariga
kuchlari va quntlari yetmaydi. Hamkorlar bilan
umumiy til topishga harakat qilishadi, jismoniy
munosabatni ruxiy bog’lanishsiz hal eta
olishmaydi. Agar ularning nikoxi ma’naviy jixatdan barpo etilgan bo’lsa, omadli kechadi, aks
holda kuchli ruxiy siqilishga duchor bo’ladilar.
Bu insonlar hayolga beriluvchan, kuchli aql-
zakovat, shu bilan birga sodda va ishning ko’zini
bilmaydiganlardir. Qarama qarshi harakat
vaqtidaruxan tushkunlikka tushadi, o’zlariga munosib sharoitlarda bekamu ko’st bo’la
olmaydilar. O’z g’oyalarini amaliy jixatdan
ro’yobga chiqarish uchun ularda tirishqoqlik va
tashabbus yetishmaydi. Bu insonlar uchun eng
muhimi, ma’nan yuqori darajadagi xamkorlar
bilan munosabat o’rnatishdir. Ular ruxiy jixatdan munosabatda bo’ladigan kishilar bilan ma’nan
boy bo’ladilar. Eng muhim talab – bu insonlarda
ishonch xosil qilib, ruxlantiradigan aql-zakovatli
umr yo’ldoshini topishdir.
Ushbu insonlar kuchli aql-idrokni ishga solib,
xodisalarga xolis baho berishlari lozim, aks holda ularni umidsizlik, asossiz iztiroblar kutadi.
Salomatlikka kelganda, mazkur sanada
tug’ilganlarda jigar va ovqatni hazm qilish yo’lida
muammolar bo’lishu mumkin.
3-sanada tavallud topganlar
Jizzaki va tajovuzkor. Ular hamisha
atrofdagilardan yuqori turishga intilishadi.
O’zlariga tobe kishilar bilan hech qachon
kelishishni istamaydilar. Xukmronlikni sevishadi,
o’zlarining ulkan kuch-quvvatlarini xayotga
tatbiq etishadi. Rejalari ro’yobga chiqishiga atrofdagilar shubha va to’sqinlik qilishsa, chiday
olmaydilar. O’zlari tartibli bo’lishgani uchun
boshqalardan ham shuni talab qilishadi, shu bois
ulardan vijdonli boshliqlar yetishib chiqadi. Ular
chidamli bo’lib, kuchlari qolmaguncha jangda
bo’sh kelishmaydi, istar-istamasgina taslim bo’lishadi. Ulkan jismoniy kuch va bardoshga
ega.
Bu insonlarning muhabbat va romantikaga
vaqtlari yo’q. Sevgida o’ziga xos ovchi: ularning
nishoni ularga bo’yin egishi, ulardan ustun
bo’lmasligi kerak. Hamkorlari – ularning qurboni. Nozik munosabatlardagi jismoniy qoniqishdan
so’ng sheriklariga nisbatan qiziqishlari yo’qoladi.
Ular o’zlarining rahbarligi qanday oqibatlarga olib
kelishi mumkinligini o’ylab o’tirmaydilar.
Buzg’unchi, fitnaboz bo’lmasalarda, toqatsizliklari
tufayli harakatchan va zaiflar orasidan ko’plab dushmanlar orttirishadi. Ular qiziqqon va
mag’rur. Boshqalarga nisbatan majburiyatlilikni
yoqtirishmaydi.
Bu insonlar serzardalik va murosasizlikdan
tiyilishni o’rganishlari lozim. O’zlarining salbiy
xislatlarini nazorat qilish orqali ular mislsiz shaxsga aylanishlari va omadga erishishlari
mumkin.
3-sanada tug’ilganlar o’zlarining bo’g’imlari va
terilariga e’tibor qaratishlari kerak.
4-sanada tavallud topganlar
Bu insonlarning asosiy fel-atvorini aql va
tushkunlik tashkil etadi. Odatda, ular o’qish-
o’qitishga oid ajoyib mavqe-martaba yarata
oladilar. Ularda o’qishga nisbatan kuzatuvchanlik
va zehnlilik yuqori darajada. Ortiqcha intilishsiz
ham favqulodda foydalixodim. Har qanday ishni uslubiy jihatdan amalgam oshirishadi. Ular
qiziqqon emas, kam bahslashishadi. Isrofgar,
ularga pul qancha tez kelsa, xuddi shu tarzda
ketadi.
Osonlik bilan sevishmaydi, biroq sevib qolsalar,
bu umrbod davom etadi. Ular majburlikdan emas, sevishlari qiyin bo’lganligi uchun sadoqatli. Nozik
masalalarda ishtahalari o’rtacha.
Tushkunliklari bois doim g’am-g’ussada yurib, bu
esa yaqinlarini tashvishga soladi. Odamlarga
ishonishmaydi. O’zlariga ham unchalik ishonmay,
doimiy daldaga muxtoj bo’lishadi. Agar kimdir tomonidan qo’llab quvvatlansalar, o’zlarini juda
yaxshi sezadilar, aksincha holatlarda esa zaxar-
zaqqum va jahldor kimsalarga aylanadilar. Aynan
tushkunlik tufayli ular ulkan omadga erisha
olishmaydi, hech qanday natija chiqmaydi,
deganlari bois yaxshi imkoniyatlarni qo’ldan boy beradilar.
Iqtisodda, tejamkorlikda noqis. Muxtojlikda chora
topa olishmasa, xaddan ziyod ruhlari tushadi.
Hamkorlar, umr yo’ldoshlari, do’stlari bu
insonlarni ruhlantirib turishlari kerak, aks holda
ularni yo’qotib qo’yish mumkin. Atrofdagilarning bari sabr-bardosh va kuch timsollari bo’lishlari
lozim. Buning evaziga ulardan bekam ko’st
sadoqat, mehribonlik va ishonch olish mumkin.
4-sanada tug’ilganlar mumkin qadar o’zlari
uqubat chekayotgan (dunyoni adolatsizlikda
ayblab, imkoniyatlarni qo’ldan chiqarayotgan) noraso tuyg’uni yengishlari lozim. Aslida
omadsizliklariga o’zlari sababchi. Ular o’zlariga,
o’z aql-idroklariga va qobiliyatlariga ishonishlari
kerak.
Salomatlik borasida mazkur sanada tavallud
topganlarni buyrak, bosh va orqadagi og’riqlar bezovta qilishi mumkin.
5-sanada tavallud topganlar
Ushbu sanada tug’ilganlar manfaatparastlikka
moyil: Ular pul ishlab toppish va ularga egalik
qilish orqali o’z xayotlari mazmunini tashkil
etadilar. Abjir, ulkan ishbilarmonlik qobiliyatiga
ega, ularning pul bilan bog’liq ishlari gullab-
yashnaydi. Qisqa fursat ichida katta miqdorda pul jamg’arma olishadi. Aqlli va ixtirochi.
Muloxazakorlikda tezkor bo’lib, qaror qabul
qilishni cho’zib o’tirmaydilar, ular – aniq
maqsadni ko’zlaydigan sobit qadam. Pulga
nisbatan muxabbatlari bois bu insonlarni pul
topishga betoqatlik bilan intilib, qonunbuzarlikka ham yo’l qo’yishlari mumkin.
Mazkur sanada tavallud topganlar bilan murosa
qilish oson: Ular so’zlarida turadilar, tug’ma
ustomon. Agar taqdirining og’ir zarbasini
boylikka yo’ysalar o’zlarini yo’qotib
qo’yishmaydi. Ular rejasini ro’yobga chiqaradigan xislatlar donolik, uddaburonlik,
xushmuomilalikdir.
Bu insonlarning g’alati jixati shundaki, ular nozik
masaladagi mayl va extiyojlarni ham pulga
muhabbat bilan bog’lashadi.
Afsuski aql-saloxiyatlarga qaramay o’z xatolarini takrorlayveradilar. Ular – tuzatib bo’lmas
o’yinchi! Favqulotda zabti tor bu odamlar me’yor
xissini yo’qotishlari va muvaffaqiyatsizlikka
duchor bo’lishlari mumkin.
Ular faqirona yashashni hohlamaydilar, boylikka
ega bo’lish uchun har qanday ishni qilishga tayyordirlar. Bu insonlar – qonun qurbonlari. Ular
o’tkir aql soxibi bo’lib, o’zaro hamkorlikda ish
yuritish maroqli.
5-sanada tavallud topganlar bo’g’inlaridagi
muammolar hamda ruxiy dilsiyoxlikdan aziyat
chekishlari ehtimoldan holi emas.
6-sanada tavallud topganlar
6-sanada tavallud topganlar Mo’jizakor va maftunkor shaxs. Jismoniy jixatdan
yetuk bo’lmasa-da, yorqin tashqi ko’rinishi va
noyobligi bilan ajralib turadi. Muomala tarzi va
mulozamati orqali xuddi olov parvonani o’ziga
tortganidek, qarama-qarshi jins vakillarini jalb
etish qudratiga ega. Xayolparastlikka moyil. Ular o’z sevgilisiga go’yo quldek tobe bo’ladilar.
Atrof-muhitga ta’sirchan, agar yetarli mablag’lari
bo’lsa, o’zlarini go’zal narsalar bilan
ta’minlaydilar. Boylar homiylik qila olishadi.
Bu odamlar his-tuyg’ularga boy hayot qo’ynida
yashaydilar. Nozik masalalarda muvozanatni saqlay bilishadi, vujudi va ruhiyati bilan bir xilda
sevishadi. Serg’ayrat va jo’shqin. Go’zallikni,
nafislikni sevadilar. Yaqinlariga nisbatan samimiy,
ularga xiyonat qilishmaydi. Xayolotga moyil,
biroq, bor bo’yicha sevadilar. Aniq fikrlashadi,
ular dadil, o’z rejalarini amalgam oshirish yo’lida qat’iy. Ruhiy sobitqadamliklari har qanday
ishdagi mehnatsevarlikda namoyon bo’ladi.
Ular oily maqsadlarga yaqin. Ayrim istisno
holatlarda shafqatsiz xiyonat qilganlarga nafrat
ko’zi bilan qarashadi. Bunday vaziyatda ularning
qasoskorligi va dushmanligi vaqt o’tib chek- chegara bilmasligi mumkin.
Ushbu insonlar o’z mijozlarini nazorat qilish
qobiliyatlarini shakllantirishlari talab qilinadi. Bu
odamlar do’st sifatida ajoyib inson, ularni
dushman sifatida ko’rishdan asrasin. Agar jahl
otiga minishsa, o’zlarini nazorat qila olmay qoladilar. Ushbu kamchilikni yoqotish orqali
o’zaro munosabatlarda yoqimli insonlarga
aylanishlari mumkin.
Salomatlik borasida: mazkur sanada tug’ilganlar
quloq, tomoq, burun tizimiga e’tibor qaratishlari
maqsadga muvofiqdir.
7-sanada tavallud topganlar
Ko’rinishidan mustaqil, fe’l-atvori jihatidan
shaxsiyatparast, aqliy jihatdan o’ziga xos tabiat
egalari. Ular moddiylikka o’ch bo’lishmasa-da,
boshqalar kabi boylik va dunyoviy ne’matlardan
foydalanadilar; pul ishlab topishga astoydil
intilmay, o’zlarining aql-zakovatlari va topqirliklari tufayli uni qo’lga kiritishadi. Taniqli
yozuvchi, shoir, musavvir, olim bo’lib
yetishishlari mumkin. Meros yoki xizmat
faoliyatini davom ettirish o’rniga barcha ishda
o’z yo’llari bilan ketadilar.
Hayotdagi ko’pgina o’zgarishlarga bardosh beradilar: bu insonlarni mavjud vaziyat, ish va
yashash joyining almashib turishi o’ziga jalb
qiladi. Ular tinib-tinchimas va saxovatpesha.
O’zlarini jamoatchilik va xayriya ishlariga
baxshida etishadi. Barcha jabhada insonparvar.
Yuksak his-tuyg’u egalari. Yaqinlarining kayfiyatini ilg’ab, ruhiy va jismoniy holatdagi
keskin o’zgarishlarni ko’ra oladilar.
Ular o’zgaruvchan va jonsarak. Tez-tez
ikkilanadilar, yoshlikdan o’rgangan insonlarga
uzoq vaqt bog’lanib qolmaydilar. Doimiy tarzda
xavfsizlik choralarini izlab, kelajak haqida uzluksiz ravishda o’ylaydilar. Kerakli va ishonchli
umr yo’ldoshini toppish uchun dam-badam va
bir necha marta nikoh qurishlari mumkin.
Nozik masalalarda ajabtovur – sherigi bilan
kutilmagan xatti-harakatda, muloyim
munosabatda bo’ladi. O’z ehtiroslarini o’zgartirib turadilar, ammo bu doimiy bog’lanish va
yaqinlikka putur yetkazmaydi. Ular bilan turmush
quradigan turli-tuman mayday xiyonatlarga
chidashlari kerak.
Agar doimiy maqsadlari bo’lmasa, bu
insonlarning o’zgaruvchanligi va beqarorligi o’z hayotlari mobaynida katta ko’ngilsizliklar keltirib
chiqarishi mumkin. Bu insonlar uchun pishiq-
mustahkam langar kerak va ular bu langarni
yaqinlarida ko’radilar. Haqiqatdan ham
qadrdonlari ularni ikkilanishlardan xalos etib,
yagona o’zanga solishlari mumkin. Bunday kishilar zarar keltiruvchi noma’qul
o’zgarishlardan o’zlarini tiyishlari darkor. Bu
borada eng muhimi: mulohazakorlik va aqldir.
7-sanada tavallud topganlarni ovqat hazm
qilisha’zolari, teri, asab faoliyatining buzilishiga
doir muammolar bezovta qilishi mumkin.
: 8-sanada tavallud topganlar
Mazkur sanada dunyoga kelgan kishilar o’z
hayotlari mobaynida vaziyat taqazosiga qarab
shaxs sifatida ikkilanib yuradilar. Ularning
harakati atrofdagilar tomonidan tushunilishi
qiyin. Bu insonlar dilkash, samimiy do’stlarga ega
bo’lmay, yolg’izlikka mubtalo bo’lishlari mumkin. Arzirli ish qilishmasa-da, ko’pincha obro’-e’tibor
qozonadilar. Yakka tarzda moddiy va ma’naviy
ishtiyoqqa ega. Ular haddan tashqari imkoniyat
qo’yuvchan. Agar hayotlari davomida
moddiylikni ustun ko’rsalar, ulkan omad kutadi,
chunki bu odamlar oqil va mehnatsevar ham. Hardamhayollik va tushunmasliklari bois ta’qib
va kuzatuv qurboniga aylanishadi. Bu esa ular
hayotini qiynoqqa burib, isyon ko’tarishlariga
majbur qiladi. Kimni ayblashni bilmay, o’zlarini
jazolashadi. Buning natijasi o’laroq, o’z joniga
qasd qilish ko’rsatkichi ularda eng yuqori turadi. Agar o’zlarini jazolay olishmasa, boshqalarga
nisbatan yovuzlik qilishlari, ijtimoiy jixatdan
xavfli odamlarga aylanishlari mumkin.
Kuchli fe’l-atvor sohiblari, xushomadgo’ylikka
qadar yaqinlik va sadoqat ko’rsatish qobiliyatiga
ega. Ularni sidqidildan yaxshi ko’rish va tushinish qiyin, biroq qarama-qarshi jins
vakillarini maftun etuvchi va mo’jizakor
shaxsiyatga ega. Bu odamlar tashqi tomondan
sovuq bo’lishsa-da, samimiy va jo’shqin. Ularning
harakatdan tashqari hissiyotlarini ifoda eta
olmasliklari atrofdagilar tomonidan noto’g’ri talqin qilinadi. Ulkan fidoiyliklari esa
yaqinlarining ularni ishlatishlariga olib keladi.
Nozik masalalarda sheriklari ma’nan va jismonan
kuchli bo’lishlari darkor. Ularning bunday sherik
topishlari qiyin, kamdan-kam inson u bilan
uyg’unlik yarata oladi. Ushbu sanada tavallud topganlar bilan yashayotgan kishilar ularning
o’z-o’zini sevishlari uchun doimiy tarzda ma’nan
va jismonan munosabatda bo’lishlari joiz.
Bu insonlarning muvozanat va qat’iyatni
o’stirishlariga to’g’ri keladi. Atrofdagilar ularning
ichki xislatlariga moslashishlari kerak. Ular esa haddan oshishdan tiyilishlari, o’zlarining ustidan
hukmron bo’lishni, maqsadlarini yagona va
yuksak cho’qqiga yo’naltirishni,
maydalashmaslikni, hech bir jangsiz qo’llariga
kelayotgan narsani qabul qilishni, chidamlilik,
vazminlikni ta’minlashlari lozim. Salomatlik borasida: Bosh, jigar, oshqozon
borasida muammolar tug’ilishi mumkin.
9-sanada tavallud topganlar
Tabiatan jangari, bukilmas, eng katta to’siqlarga
ham ruhan chidaydigan odamlar. Xotirjam, har
qanday ishni oxirigacha olib borishadi. Uzoqni
ko’ra oladilar, ustunlik fe’li va rahbarlik
hissiyotiga moyil. Tobe bo’lishni yoqtirishmaydi,
o’zlari buyruq berishganida baxtiyor, qo’l ostidagilarga qo’pol hamda boshqalarning
hissiyotlariga nisbatan loqayd. Harbiy xizmatda
yuqori martabalarni egallashadi. Ularni iroda
kuchi va qobiliyatlariga ko’ra hurmat qiladilar.
Nozik masalalarda mayllari zo’r, biroq o’z
istaklarini bildirishmaydi, buni tahqirlash hisoblashgani uchun ham ko’pincha omadlari
chopmaydi. O’z xohishlarini qondirish o’rniga
haddan ziyod umidsizlikka tushadilar. Nozik
masalalardan tashqari hamma ishda peshqadam.
Sheriklari ularning tashqi jihatdan eti o’likligidan
ranjimasliklari kerak, sababi, bu insonlar ichki tomondan yondiruvchi hissiyotlarni boshdan
o’tkazadilar. Ular qiyinchilik bilansevishadi, biroq
sevganga yarasha butun umr sevadilar.
Ko’pincha jismoniy intilishni muhabbat
sanaganlari bois birinchi nikohlari tanazzulga yuz
tutadi. Xatoni ikki marta takrorlashmaydi. Ruhiy jihatdan o’zgalar bilan faqat tengma-teng
murosa qiladilar: zorlanib yuradiganlarga,
mijg’ovlarga chiday olmaydilar. O’tkir mulohaza
yuritish kuchiga ega, xuddi shunday aqliy
salohiyat sohibalarini izlaydilar. O’zlarini bekamu
ko’st mavqega ega odamlar bilan qo’rshab oladilar. Hech kimga hech qachon osonlikcha
ishonishmaydi.
Ular boshqalar bilan munosabatda sip ova
bardoshli bo’lishlariga to’g’ri keladi. Erkaklar
nomunosib ayollar bilan xushtorlikdan
qochishlari lozim. Ushbu sanada tavallud topganlarni isitma,
chechak bezovta qilishi mumkin.
10-sanada tavallud topganlar
Peshqadam, jizzaki, mutafakkir. O’z rejalarini
amalgam oshirish uchun vaqt sarflamaydilar,
ishga aralashishlarni yoqtirishmaydi,
o’ylaganlarini bajarish borasida qaysar, qat’iy va
dovyurak. Tasavvurga va ijodiy qobiliyatlarga
boy. Ulkan muvaffaqiyatlarga erishish uchun katta miqdorda pul tikishdan, yo’qotishlardan
qo’rqishmaydi, odatda, ularga omad keladi.
Rahbar sifatida xodimlarning ortiqcha savollarsiz
faoliyat yuritishlarini talab qilishadi. Ularni
aldamaguncha atrofdagilar bilan yaxshi
kelishadilar. Barcha bilan nozik masalalarda, muhabbatda, do’stlikda, ishda o’zaro
mutanosiblikni talab qiladilar.
Bu odamlar mustaqil. Asosiy shiorlari: “O’zing
yasha va boshqalarning yashashiga ham imkon
ber”. Xalaqit berish, ko’r-ko’rona tobelikni
yoqtirishmaydi. Ular o’z rahnamoliklari boshqalar tomonidan tan olinishi va faxrlanishni istaydilar.
Aqlli, serg’ayrat, tashabbuskor bo’lishgani bois
hayoti va faoliyati davomida osongina omadga
erishadilar. Ular bilan murosa qilish qiyin emas.
Bu odamlar qo’l ostidagilarga jonkuyar
bo’lmasliklari ham mumkin. Ular qiziqqon, beixtiyor ravishda o’zgalarning fikrini inobatga
olmasliklari ehtimoldan xoli emas. Agar bu
odamlar boshqarib turilmasa, ular yo’llaridagi
barcha narsani yakson qilishlari mumkin. Shu
bois 10-sanada tug’ilganlar o’zlarida chidamni
tarbiyalashlariga, jizzakilikdan saqlanishlariga to’g’ri keladi. Bu jismoniy faoliyatda, atrofdagilar
bilan hissiy munosabatlarda, tinkasi quriguncha
ishlagan vaqtlarida, ayniqsa muhim.
Mazkur sanada tug’ilgan insonlar yurak, ko’z,
qon bosimi borasida ehtiyot bo’lishlari kerak.
11-sanada tavallud topganlar
Bir-biriga teskari fikr yuritadigan odamlar.
Harakatlarini ta’riflab bo’lmaydi, ularni tushunish
ham qiyin. O’ta jizzaki, salga xafa bo’lishadi. Shu
bilan birga harakatchan, tashabbuskor, mustaqil.
Qat’iy qaror qabul qiladilar, munosabat
bildirishda tezkor, dadil. Bu borada sezgir, nazokatli ham. Biroq ikkilanishsa, o’ylab qo’ygan
ishlari havoga uchib, uni qayta amalgam
oshirishga jasoratlari yetmaydi. Omadsizlikning
ilk ko’rinishidayoq ularning qaddi bukilib,
tushkunlikka, umidsizlikka berilishadi.
Bu odamlar tortinchoq, samimiy, sadoqatli bo’lib, xiyonatga qodir emas. Ishqiy masalalarga
kimlarningdir aralashishiga toqat qilolmaydilar.
Mustaqil ish tutishga intilishsa-da, bu borada
qobiliyatga ega emas.
Izzat-nafsoniyat va ishonchsizlik masalasida 11-
sanada tug’ilgan insonlarda doimiy tarzda kurash kechadi. Ular qarama-qarshilik bilan qizg’inlik
o’rtasidagi koptokdek gap. Nima qilish kerak? Bu
odamlar havoda qo’rg’on ko’rmasdan, o’z
g’oyalarini hayotga tatbiq etishlari, harakat
qilishlari lozim.
Ularning atrofdagilar oqillik, sabr-bardosh va xushmuomalalik timsoliga aylanishlariga to’g’ri
keladi. Agar er-xotin ajraladigan bo’lsa, bu
jarayonni noziklik bilan hal etish kerak, aks holda
mash’um oqibatlar bo’y ko’rsatishi mumkin.
11-sanada tavallud topgan insonlar faoliyatsizlik,
umidsizlik, ahmoqona ish bilan shug’ullanishdan saqlanishlari shart. Ular o’zlariga ishonchni,
jasoratni kuchaytirishlari maqsadga muvofiqdir.
Salomatlik borasida: Bu insonlarda qon bosimi,
asabiy zo’riqish bilan bog’liq muammolar paydo
bo’lishi mumkin.
12-sanada tavallud topganlar
Ushbu sanada tug’ilganlar jasur, tashabbusga,
mardonavorlikka limmo-lim odamlardir. Ular
rahbar sifatida ijobiy sifatlarga ega, biroq yoqimli
hayolparast ham. Doimiy qo’llab-quvvatlash,
ma’qullanishni talab qilishadi. Ba’zida so’nik.
Intizomli, rejali ish tutadilar, qo’l ostidagilar bilan murosa qilib, kelishish mumkin bo’lsa-da, ular
ustidan hukmronlik qilishga intilishadi.
Bunday insonlar bilan yashash oson. Yaxshi
ko’rganlariga nisbatan sobit, o’zlariga mos
hamkorlar topishni istaydilar. Odatda, aql-
salohiyatli insonlar bilan nikohlari baxtli kechadi. Xushtavoze ma’shuqa, ta’qiqlashlardan holi,
tajriba o’tkazuvchi hisoblanishadi.
Mulohazakor, garchand lozim topishmasa-da, o’z
fikrlarini bildiraveradilar. Taniqli, ulfat odamlar.
Ulardan nima kutish mumkinligi ayon
bo’laveradi. Haddan ziyod noziktabiatli, ranj- alamni uzoq vaqtgacha kechira olmaydilar, bu
ularning aqlini besaramjon qiladi. Kimdir maslahat
bera boshlasa, jizzaki va serzarda odamga
aylanishadi. Qiyinchiliklarga duch kelganda
o’zlariga nisbatan ishonchsizlikni his qiladilar.
Ular hayolparastlikni, ishonchsizlikni yengishlari, sabr-bardoshni o’stirishlari, rejalar amaliyotidagi
to’siqlarni bartaraf etishga intilishlari lozim.
12-sanada tavallud topganlar qon bosimlariga
e’tibor qaratishlari talab qilinadi.
13-sanada tavallud topganlar
Bu insonlar omadni, xizmat pog’onasidan
ko’tarilishni yaqqol tasavvur etish iqtidoriga ega.
Omilkor, a’lo darajada reja tuzadigan, o’tkir aql
soxiblari. Ulardagi g’ugur, mustaqillik, qat’iyat
o’ziga xos. Qarzlarni tez uzishadi. Ammo boshqa
tomonlama tushkun, o’ziga ishonmaydigan, gumonsiraydigan, xafsalasi pir odamlar bo’lib,
ko’plab imkoniyatlarni qo’ldan boy beradilar.
Barcha jabhadagi kuchli aql, parvoz qilishdagi
qobiliyatlari tez o’qib-o’rganish, o’zlariga
biriktirilgan ishni yuqori darajada ado etishlarini
ta’minlaydi. Biroq o’zlarini tortadigan bo’lsalar, omadsizlikka girifdor bo’lishadi. O’zlarida boriga
kamdan-kam qanoat hosil qiladilar, ko’p narsa
hohlaydilar.
Nozik masalalarda hayotlari og’ir, mashaqqatli
kechadi: Tashqi taraflama o’ziga ishonch
zamirida ich-ichidan tanglik yashirilgan do’st va ishqiboz orttirishlari yengil kechmasa-da butun
umr ularga saodat ko’rsatadilar. Ishqiy jabxada
ishtahalari chakki emas. Bu odamlar maddadga
muxtoj. Rashkchi ammo fitnakor emas. Ularning
tushkunligi omadga to’sqinlik qiluvchi yagona
to’siq bo’lib, bu omil boshqalarning zardasini qaynatadi.
Salomatlik borasida bosh, orqa va jigar a’zolarida
muammolar kutiladi.
14-sanada tavallud topganlar
Mazkur sanada dunyoga kelganlar ko’rinishidan
peshqadam, jizzaki, qiziqqon, shu bilan birga
tushkun kimsalardir. Manfaatparast va
kamomadga yo’l qo’yadigan odamlar. Moddiy
masalalarda omadli.
Odatda, ular boy odamlar bilan turmush quradilar. Do’stlari ham badavlat bo’lishlari lozim,
aks holda umr yo’ldoshlari va oshnalari ulardan
iliq munosabat kutib o’tirishmasin.
Sertakalluf va ustumon. Hech kimni o’zlariga
qarshi qo’ymaydilar. Go’yo ularning do’stlari
ko’pdek, aslida esa bunday emas. Pullar qiziqtirmaydigan odamlarning mazkur insonlarga
keragi ham yo’q.
Odamlardan foydalanib bo’lgach, ulardan voz
kechadilar, biroq, yuqorida aytganimizdek, ularni
o’zlariga ters qo’ymaydilar. Mabodo dushman
orttirishsa, tubsizlikka uloqtirishadi. Moddiy jabhada damduz (“Ichimdagini top”).
Ularga pul hammasini hal qilmasligini tushuntirish
kerak. Ana shunda bu odamlar yuqori natijalarga
erishishlari mumkin.
14-sana egalari bo’g’inlarga e’tibor qaratishlari
joiz.
15-sanada tavallud topganlar
Tug’ma peshqadam, manfaatni birinchi o’ringa
qo’yuvchi kishilar. Ishchanlik qobiliyatiga ega,
shu bilan birga ko’tarinki kayfiyat sohiblari.
Qanday qaror bo’lmasin, ularni qabul qilish va
ro’yobga chiqarishda sabotli. Ishni hech qachon
chala tashlab qo’yishmaydi. O’zlariga meros sifatida qolgan ishni kamdan-kam hollarda
davom ettiradilar, boshqalarga topshiradilar.
Shaxsiy ishlarini yurita boshlaydilar. Pullarni
sevishsa-da, sarmoyaning yo’qligi ularni uncha
bezovta qilmaydi.
Zardasi tez, ularning jahlini chiqarish oson. Tezda hovridan tushadigan kishilar. Yaqinlari undan
xafa bo’lishlariga hojat yo’q.
Mazkur sanada tug’ilganlarning nikohlari
muvaffaqiyatli kechadi. Faqat umr yo’ldoshlari
boylikdan tashqari maftunkorlik orqali ham
ularning hayolparastligi va boy tasavvurlarini vayron qilmay, shunga munosib ravishda mas’ul
bo’lishlari lozim.
Bu insonlar osongina chetga chiqib, hayolan
alahlashdan ko’ra hammasini obdon o’ylashlari
va muhim, uzil-kesil qarorga kelishlari talab
qilinadi. Ularning ojiz a’zolari quloq, tomoq, burun
tizimidir.
16- sanada tavallud topganlar
Yaxshi rossom va yozuvchilar, tadqiqotchi-
amaliyotchilar. Aqlli va romantic, hassos va
ta’sirchan kishilar. Sayohatchilar. Qarama-qarshi
jins vakillari uchun qiziqali va maftunkor,
ayniqsa, bu sanada tug’ilgan ayollar ko’plab o’z
ixlosmandalariga ega bo’lishadi. Ular o’ta hissiyotli. Mustaqil.
Kuchli bog’lanib qolishlari mumkin, biroq bitta
kishi bilan uzoq vaqt birga bo’la olishmaydi.
Ularga tanaffus kerak, bu borada, avvalo, hissiy
bog’lanib qolganlik susaymaydi.
Nozik masalalarda kuchli hamda tajovuzkor: erkaklar sidqidildan sevsa, ularga qarshilik
ko’rsatish mushkul. Ular muloyim, oshiq sifatida
tuzukkina. Hissiyotlari nishoni baxtiyor bo’ladi.
Bu insonlarning romantic mayllari umr
yo’ldoshlaridan hassoslikni talab qiladi. 16-
sanada tavallud topganlarning hamrohi ularning kayfiyatiga monanda tarzda ziyrak, sezgir, nozik
masalalarda faol bo’lishlari joiz.
Do’stga vafodor ko’plab yor-birodar orttirishadi.
O’zaro munosabatlarda ustamon, oliyhimmat. Bu
odamlar o’zlarining mustaqilligini hurmat
qiladigan, ishlariga halaqit bermaydigan, chegaralamaydigan kishilar bilan saodatli.
Darbadar yurishga moyil, yolg’izlikdan, yakka
qolishdan qo’rqishadi. Bir odamdan boshqasiga,
bir joydan ikkinchisiga borib kelaveradi.
Ular o’zlarida qat’iyatni o’stirishlari lozim. Bu
kishilardan yengiltaklik, tushunmaslik borasida o’pkalamang. Mazkur xislatlar atrofdagilar ularni
anglamaganligi natijasida o’sishi mumkin.
16-sanada tavallud topganlar ovqat hazm qilish
a’zolariga e’tibor qaratishlari maqsadga
muvofiqdir.
17-sanada tavallud topganlar
Bu insonlarning nafsoniyati kuchli, ular kuch-
quvvatga to’la, o’zgaruvchan, o’ziga xos nafislik
va aql-idrokka ega. Muammolarga nisbatan
mantiqan ish tutishadi. Atrofdagilar ularni
qiyinchilik bilan tushunishlari mumkin.
Fidokor, boshqalarning yengil aldashlariga qaramay, ularga sadoqatli. Yaqinlari ularni
tushunishlari va kechirishlari kerak. Agar
hamkorlari nimanidir cheklamoqchi yoki
qandaydir to’siqlar qo’ymoqchi bo’lishsa, o’zaro
munosabatlarga nuqta qo’yishlari ehtimoldan
holi emas. Nozik masalalarda kuchli sheriklarni izlaydilar.
Tajribalar o’tkazishni yoqtiradilar. Taqiqlardan
holi, kuchli va baquvvat. Ulardagi
o’zgaruvchanlik maroqli ishlarni ham buzib,
baxtsizlik baxsh etadi. Faqat sayohat va
tanaffuslar masalasida sobitqadam. Aynan shu bois ham ajoyib imkoniyatlarga qaramay,
ularning mavqe-martabasi omadli bo’lavermaydi.
Bu insonlar oldinga siljishi uchun o’zlarining
ishiga ega bo’lishlari kerak. Ular
o’zgaruvchanliklariga xalaqit bermaydigan va
o’z-o’zlari bilan qolish imkoniyatini hadya etadigan kishilar bilangina tolei balanddir.
17-sanada tug’ilganlarni sirtdan chegaralash
kerak emas. Ular esa o’zlaridagi qat’iyatni rivoj
toptirishlari va tanaffuslaridan katta kuch bilan
tiyilishlari shart.
Salomatlik borasida: jigar, ovqatlanish tizimida muammolar kelib chiqishi mumkin.
18-sanada tavallud topganlar
Bu odamlarda nafsoniyat, kuch, qobiliyat, ulkan
mahorat va ziyraklik mujassamlashgan.
Atrofdagilar ularni tushunmasliklari mumkin.
Nozik masalalarda abjir, ammo aksariyat hollarda
o’z istak mayillarini ifodalay olmay, umidsizlikka
chidashlariga to’g’ri keladi. Oshiq sifatida hushyor va muloyim, ular bor bo’yicha sevishadi,
kimni sevishlarini ham yashirmaydilar. Sheriklari
mayin va ko’ngilchan bo’lishlariga to’g’ri keladi.
Do’st-birodarlikda sodiq, biroq ular bilan
chiqishish oson emas. Yaqinlari bu insonlarga
qachon qay vaziyatda gap o’tkazish mumkinligini bilishlari lozim.
Do’stlari ojiz emas, kuchli, irodali bo’lishlari
maqsadga muvofiqdir. Ular do’stlarining manfaati
uchun hamisha shay.
18-sanada tavallud topganlarga maslahatimiz:
hech qachon takallufsiz bo’lmang, aks holda bor obro’ngizni yo’qotishingiz mumkin. Atrofdagilar
bilan muloyim bo’lishingiz joiz.
Bu odamlarni har kim ham tushunavermaydi,
ular bilan har kim ham do’stlashavermaydi.
Salomatlik masalasida: ruhiy parokandalik, isitma
tez-tez bezovta qiladi.
19-sanada tavallud topganlar
Ular hech qachon hech kimga tobe bo’lmaydilar,
o’ziga ishongan, mag’rur, o’zlarini hamisha
birinchi qo’yadilar. O’z ishlarini birovlar
yaxshiroq qila olishini tasavvur ham qila
olmaydilar. Butun Olam ularning atrofida
aylanadi. O’zlarida nima bo’lmasin, hech qachon qoniqmaydilar, ularga hamisha ko’p narsa kerak.
Hukmronlikka tashna. Boshqalar fikrini o’zlarida
tatbiq qilishga majbur etadilar. Mol-dunyoga ega
bo’lish uchun hamma narsani vayron qilishdan
uyalmaydilar.
Nozik masalalarda ustunlikka intilishadi. Yon- atrofdagilar ular uchun qoniqish vositasi. Xudbn,
o’zlariga kerak bo’lmay qolganlarni bir chekkaga
surib yuborishlari hech gap emas. Faqat erta
yoshlikda va keksalikda hissiyotlari uyg’onadi.
Mehr-muhabbatlari qay darajada bo’lmasin, ular
hamisha yolg’iz va ishqiy jihatdan qoniqmas odamlardir.
Nimanidir qilishni xohlasalar, ulardan qo’rqish
kerak. O’zlariga o’xshagan yoki o’zlari uchun
haqiqatdan qadrli insonlar bilangina o’zaro mos,
uyg’un. Umr yo’ldoshlari yo ular bilan teng, yo
ularning quli. Bu odamlar qarama-qarshilikni yengib, o’zlariga
o’zlari yo’l ochishadi. Bu borada do’stlarini ham,
dushmanlarini ham oxirgi qadrdoni qolguncha
yo’llaridan supurib tashlashga tayyor.
Ularga yo’l-yo’riq ko’rsatish befoyda: hech
qanday pand-nasihatlarga quloq solmaydilar. Bu odamlar o’zlaridagi qahr-g’azab, hukmronlikka
tashnalikni mumkin qadar tiyishlari lozim. Aks
holdama’lum cho’qqiga chiqqach, o’zlariga amr
qilganlarni ag’darib tashlashga kirishadilar.
Salomatlik borasida: qon, qon bosimida
muammolar tug’ilishi ehtimoli bor. Chechakdan ogoh bo’lishlari kerak.
20-sanada tavallud topganlar
Aqlli va ijodkor odamlar.
Ma’naviy va
moddiy dunyoga nisbatan jonli
hamda
boy tasavvurga moyil. Jismoniy
jihatdan kuchli emas. Osmonlarga
uchadigan
tarzda orzumand. Dalillarga
ochiq ko’z
bilan qaray olmay, hayot
yo’lidagi mashaqqatlardan o’zlari
tomonidan
o’ylab topilgan qandaydir
dunyolariga
yashirinadilar. Homiy yo’ldosh
topishsa, buyuk musavvir yoki shoir bo’lib
yetishishlari mumkin. Muloyim
va
kechiruvchan, o’z hayotlarini
ko’ra
olishmaydi, mavjud holat ulardan
kuchli.
Doimiy ruhiy mushtaraklik
bo’lmas
ekan, ular tamom bo’ladilar.
Jismoniy qoniqish ma’naviy
lazzatlanishdan
tasodifiy holatlarda ikkinchi
darajali
ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ishqiy lahzalar hissiyotlarining cho’qqisi
hisoblanadi. O’zaro nikohda
ma’naviy
dunyosi yuksak insonlarni
izlashadi. Aks
holatda dili xuftonlik va ixlos qaytishi
yuz beradi.
Qarama-qarshilik yuz berganida
abgor
bo’ladilar. Omadlari chopgan
kezlarda o’zlariga salbiy munosabatda
bo’lishayotgandek tuyuladi.
Shon-
shuhratga o’ch, amaliy maqsad,
qiziqish
asosida yashayotganlarga past nazar
bilan qarashadi.
Ular o’zlariga ishongan
insonlarni
topishlari maqsadga muvofiqdir.
Aynan shunday insonlarga suyanib,
sevimli
yumushlari bilan mashg’ul
bo’lishlari
mumkin.
Salomatlik borasida esa bu sanada
tavallud topganlar jigar, ovqat
hazm
qilish tizimiga e’tibor qaratishlari
lozim
21-sanada tavallud topganlar
Bir jihatdan boy tasavvurga ega hayolparast,
yuksak mahorat egasi, ziyrak. Ikkinchi jihatdan
peshqadamlikka moyil, kuchli shaxs. Barcha
munosabatlarda shaxsiy manfaatlarni jamoa
manfaati bilan bog’lashadi. Hayotda
muvaffaqiyatli, o’z rejalarini turmushga tatbiq eta oladilar. His-tuyg’ularga limmo-lim.
Ushbu sanada tug’ilganlar nozik masalalarda
romantikaga moyil o’rtacha darajadagi kishilar
hisoblanishadi. Oshiq sifatida risoladagidek
insonga aylana oladilar. Ko’plab kishilar bilan
murosa qilishga qodir. Hamkorlari ularga tayanch bo’lishlari lozim. Umr yo’ldoshlari bu insonlarning
kayfiyati bilan hisoblashlari, ulardan ko’p narsa
talab qilmasliklari maqsadga muvofiqdir.
21-sanada tavallud topganlar tez-tez qizishib,
dushman orttirishadi. Ularning hayotni
ilohiylashtirishi va ishtiyoqlari ko’pincha tushkunlikka va umidlari puchga chiqishiga olib
keladi. Bu odamlar o’z-o’ziga ishonch va
erkinlikni rivojlantirishlari kerak.
Ularning ojiz tomoni oshqozon.
22-sanada tavallud topganlar
Bu odamlar nazokatli, muloyim, ko’ngilni
yumshatishga moyil kishilardir. Mustaqil tarzda
harakat qilish, aql-zakovatni ishga solish va
yuksak ma’naviylikka qodir emas. Hayotda
kamdan-kam omadga erishadilar, umidsizlikka
tushaveradilar. Bu insonlar isrofgar: pullar ularga kelib-ketaveradi. Moliyaviy qiyinchiliklarga tez-
tez duchor bo’ladilar.
Hissiy jihatdan ham zaif, ularni sevish qiyin. Agar
sevilsalar, eng ishonchli va sadoqatli insonlarga
aylanadilar. Rashqchi va shubha-gumonga
boradigan. Aynan shuning uchun ular do’stlari va yorlarini yo’qotishadi. Nozik masalalarda
o’rtacha. Zarracha to’sqinlik (hatto, nojoiz so’z)
ham ularni o’z istaklaridan mosuvo etadi.
Umr yo’ldoshlari ularni qo’llab-quvvatlashlari, ular
uchun ko’p vaqt va kuch ajratishlari lozim.
Buning uchun har qanday mashaqqat va g’am- anduhni chekkaga surishlariga to’g’ri keladi.
Mazkur sanada tavallud topganlar hayotning
qora tomonlarini qora tomonini ko’radilar, bu esa
ularning ishonchsizliklari bilan bog’liq. Eng qulay
imkoniyatlarni qo’ldan boy berib harakat qilishni
hohlamaydilar. Salomatlik borasida: ularni bosh og’rig’i bezovta
qiladi.
23-sanada tavallud topganlar
Mazkur sanada tug’ilganlar hammasi o’zlari
xohlagandek bo’lishni istashadi.. Aslida esa
bunga irodalari yetmay, faqat zaiflarga qarshi
qo’pollik bilan kurash olib boradilar.. Ayyor. Agar
atroflari ozmi-ko’pmi kuchli odamlardan iborat
bo’lsa, bu kishilarni ruhlari tushgan holda ko’rasiz. Hissiyotli va mag’rur, o’zlarini
boshqalarga qarzdor hisoblashni yoqtirishmaydi.
Barcha bilan oralari ochiq bo’lishni xohlaydilar.
Rasm-rusum, taomildan ustun bo’lishga harakat
qilsalar-da, biroq har qanday tartib-qoidadan
bo’yin tovlashlari ularning jasurligi emas, balki jizzakiligi tufayli yuz beradi.
Ustunlikka intiladilar. Do’stlarga munosabat
borasida o’ziga xos aqidaga ega, biroq o’zlariga
xuddi shunday munosabatni qabul qilolmaydilar.
Ularga tobe bo’lishni xohlaydigan, aynan
o’zlarining mijozidagi insonlar bilan nikohlari risoladagidek kechadi. Nikohda hur fikrli
bo’lishni istaydilar, aslida esa o’zlarining aytgani-
aytgan, degani-degan. Nozik masalalarda kuchli,
xuddi o’zlaridek kuchli sheriklarni xohlaydilar,
aksincha holatlarda ham g’am chekmaydilar.
Umuman aytganda, bu insonlar ma’shuq sifatida talabchan emas.
Ular o’zlarini barcha masalalarda haq
hisoblashadi. Bunday kishilar bilan murosa qilish
qiyin. Boshqalarning nuqtai nazarini sabr-toqat
bilan inobatga olish va qabul qilishni o’rgatish
mumkin. Ular pulga sotilmaydi, biroq pulni ko’rganida ularning fikri xiralashib qoladi.
Ruhiy parokandalik, bo’g’inlar og’rig’i borasida
muammolar tug’ilishi mumkin.
24-sanada tavallud topganlar
Tushkun va manfaatparast kishilar. Xayolparast.
Rahnamolik xislatlaridan xoli. Qo’pollikka
moyilligi yo’q. Aqlli. Yuksaklikka kamdan-kam
erishadilar. Ko’pincha omadni qo’ldan chiqarib
yuborishadi. Tavakkal qilishni yoqtirishmaydi,
shu bois tengqurlaridan ortda qolishadi. Boy tasavvur va ideallashtirishga moyil. Ko’pincha
taqdirni ayblaydilar.
Do’stlikka sodiq, vafodor. Odamlar bilan murosa
qilishi mushkulligiga qaramay, bir umrga
ishonchli do’st va hamkor bo’lib qoladilar.
Do’stlari chidab bo’lmas xislatlarga ega bo’lsa-da, ular o’zaro munosabatlarni uzishlari va yangi
oshna-og’ayni orttirishlari uchun kuch va
irodalari yetmaydi.
Qarama-qarshi jins vakillari bilan omadli
munosabatlarni yo’lga qo’yishga tortinchoqliklari
pand beradi. Nozik masalalarda kuchli emas. Sidqidildan sevish tarafdori, qanday bo’lmasin,
haddan ziyod sevadilar.
Ularni o’zlariga non topishlari darajasida qora
ishda qoldirmaslik kerak. Bu odamlar haqida
qayg’urish, shirin hayollarga berilishlari haqida
o’ylash zarur. Qiziqqon, biroq ojiz erki ularni alangasini
o’chirishga qodir. Ularni ko’pincha do’stlari
sotadi. Bu insonlar taqdirni boshqara olishmaydi,
umidvorlikdan musuvo.
24-sanada tug’ilgan kishilar yengil kasalliklar,
tomoq, burun tizimidagi xastaliklarga e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir.
25-sanada tavallud topganlar
Mazkur sanada tug’ilganlar muloyimlik,
o’zgaruvchanlik va qizg’anchiqlik xislatlari bilan
ajralib turishadi. Ular noqonuniy ishlarga
osongina qo’l urishadi. Ishchanlik sifatlari
yuksak, biroq ularni o’yin va quruq muhokama
ko’proq jalb etadi. Bu odamlar hayolparast bo’lib, ma’nan yuksak
munosabatlarni izlashadi. Ularni asosan yaxshi
ta’minlangan tadbirkor kishilar xuddi
ohanrabodek o’zlariga jalb etadi. Bu toifa
insonlarni ilohiylashtirish darajasigacha boradilar.
Ular uyg’ongan, kuchga to’lgan vakillarida ulkan quvvatga ega bo’lishadi, biroq nozik masalalarda
o’rtacha. Ishbilarmon kishilar, shu qatorda
ma’nan boy odamlar bilan baxtiyor bo’ladilar.
Ularning shiori: “Sokinlikdan ko’ra, o’zgarishlar
bo’lgani yaxshi”.
Bu odamlar tez achchiqlanadilar, ular qiziqqon, sabrsiz. Yengil pul topishga ishtiyoqlari tufayli
ko’z ochib-yumguncha turli to’dalarga
qo’shilishlari mumkin.
Ularning ojiz tomoni teri, ovqat hazm qilish tizimi
hisoblanadi.
26-sanada tavallut topganlar
Bu insonlar mehmondo’st, o’yin-kulguni
yoqtirishadi. Ularning uyi doimo odamlarga to’la.
Ta’sirchan va chuqur hissiyotga qodir. Ayrim
holatlarda xuddi xayolparastlardek ish tutishadi.
Agar o’z nishonidagi odam ulug’lovchi his-
tuyg’ular bilan qurollanmagan bo’lsa, ular kuchga to’lmaydilar.
Mazkur sanada tavallud topganlar atrofdagilarga
Baraka baxsh etadilar. Ular ulkan fidoiyliklarga
qodir. Do’stlar va sevimli kishilari uchun
muloyim; tez-tez ularning kuchidan
foydalanishadi, biroq ma’lum chegaragacha: ayrimlar o’ylagandek, 26-sanada tug’ilganlar
beozor emas.
Ijtimoiy muvozanat hamisha ularning foydasiga
hal bo’ladi.
Atrofdagilar bu insonlarning o’ziga xosligini
hurmat qilishni o’rganishlari darkor. Salomatlik borasida: bu insonlar jigar va ovqat
hazm qilish tizimiga e’tibor qaratishlari lozim.
27-sanada tavallud topganlar
Mazkur sanada tug’ilganlar o’ziga xos xislat
egalari, shaxsiy manfaatni o’ylab ish tutadilar.
Hayotda o’zlariga ishonchni, ruhlariga yaqin
bo’lgan aqlli odamlarni izlashadi. Yaxshigina
tasavvur kuchi va o’tkir aql sohiblari. Sayohat
qilishni yoqtiradilar, ko’p ma’lumot biladilar. Jismoniy ehtiyojga nisbatan tafakkur kuchni
ishga solishni lozim topadilar.
O’zlariga ma’naviy jihatdan ko’mak bera
oladigan kishilar tomon intiladilar. Ular muloyim,
lekin ichimdagini top deydiganlardan. Biror
kishining qandayligini bilishsa, ular uchun qiziq joyi qolmaydi. Ko’pchilik bilan kelisha olishadi.
Ular ustunlikka yumshoq harakat qilmasliklari
lozim, aks holda bu odamlar nari surib qo’yishadi.
Qarama-qarshi jins vakillariga astoydil istab
emas, balki “San’atga muhabbati” tufayli
intilishadi. Salomatlik borasida: bu insonlarni teri kasalliklari,
me’da buzilishi, talvasa bezovta qilishi ehtimoli
bor.
28-sanada tavallud topganlar
Qiziqarli, oqil va hissiyotli kishilar. Atrofdagilarga
ta’sirlari seziladi. Risoladagidek tasavvurga ega.
Yaxshigina san’at arboblari bo’lib yetishishlari
mumkin.
Astoydil qilingan ishlarga va do’stlikka sodiq va
kamtar. Chin ko’ngildan va samimiy sevishadi, o’zgalar hissiyoti bilan hisoblashadilar. O’zlarini
hech kimga bog’lab qo’ymaydilar, ustun
turishdan benasib.
Nimani istayotganlarini yaxshi bilishadi, ularni
ishontirish oson.
Bu odamlar bilan o’zaro munosabatlar botinan va zohiran bir xil bo’lishi kerak, aks holda hamkorlar
tezda ularning joniga tegib qoladi. Nozik
masalalar ruhiy va hissiy tomonlama muhim,
kuch-quvvatlarining ko’pligi sheriklarini
almashtira olmaydi.
Mazkur sanada tug’ilganlar odatda taniqli kishilar bo’lib, boshqalarga ta’sir o’tkaza oladilar. Hech bir
zulm zo’rliksiz o’z maqsadlariga yetadilar.
Samimiy va vafodor. Eski do’stlarni saqlab qolgan
holda yangi tanishlar sonini kengaytiraveradilar.
Aqlli kishilar bilan nikohlari omadli kechadi.
Ushbu insonlarni boshqalar tushunmasliklari va tan olmasliklari mumkin. Agar ular ishonchni
yo’qotsalar umidsizlikka tushadilar. O’zlariga
nisbatan qarama-qarshi harakatlar chog’ida
tushkun kishilarga aylanishadi.
Bu odamlar mashaqqatlar va tushunmovchiliklar
oldidagi sabr-bardoshni voyaga yetkazishlari lozim: Kurashish emas, balki hammasi joyiga
tushguncha toqat qilib kutishlari maqsadga
muvofiqdir. Barcha-barchaga o’z harakatlari
haqida tushuntirib berishlariga hojat yo’q, bu
hech qanday natija bermaydi.
Salomatlik borasida 28-sanada tavallud topganlarni yaralar, arteriyada qon bosimining
oshib ketishi (gipertoniya) bezovta qilishi
mumkin.
29-sanada tavallud topganlar
Mazkur sanada tug’ilganlar muloyimlik bilan
birga umidsizlikka ham moyil. Ularga isyonchilik
va qiziqqonlik xos. Umrlari oxirigacha reja
asosida ish yuritadilar. Agar mag’lubiyatga
uchrasalar, kartadan qilingan uy sochilgan kabi
ahvolga tushishadi. Aqlli, oqish-o’qitishga oid mavqega tezda erishadilar. Tashkilotchilik va
ma’muriyatchilik borasida noyob qobiliyat
egalari. Hayotda omadli. Jizzakilikni bartaraf
etadigan har qanday chorani ko’rib, ikkinchi
o’rin bilan qanoatlanmaydilar. Chuqur va uzoq
davom etadigan hissiy yaqinlikka moyil, biroq hamkorlar va do’stlar ularning beqarorligidan
xunob bo’ladilar. Bu odamlar goh o’zlarini baland
tutsa, goh muloyim, gapga ko’nadigan, g’amgin
kishiga aylanadilar.
Ular orzumand va hayolparast. Agar bu insonlar
o’z nishonidagi kishilarni benuqson ko’rishmasa, hech qanday qoniqish olishmaydi. Nozik
masalada risoladagidek, biroq bu haqda mayl
bildirishni beodoblik hisoblashadi.
Taniqli bo’lish bu odamlarga xos emas. Garchand
ularni fe’l-atvori, qiziqishlariga ko’ra hurmat
qilishganida ham buni boshqalar bilan izohlashga harakat qiladilar. Vaqti kelib mabodo yakkalanib
qolishsa, mag’lubiyatni qabul qilishga tayyor
emasliklari tufayli ishonchsizlik, sarosima va
qo’rquv ichida qoladilar.
Mazkur sanada tug’ilganlar omadi chopganida
kekkayib ketmaslikni va muvaffaqiyatsizlikka uchraganlarida tushkunlikka tushmaslikni,
jizzakilikni nazorat qilishni o’rganishlari lozim.
Ularning kuch-quvvati va tashabbuskorligi o’z
oldiga qo’ygan maqsadiga yetishlariga omil
bo’ladi.
Ruhiy parokandalik va arteriyada qon bosimining oshib ketishi (gipertoniya) borasida
muammolar tug’ilishi mumkin.
30-sanada tavallud topganlar
yoqtirmaydilar. Mehnatkash, talabchan kishilar.
Tartib-qoidaga qa’tiy amal qilishadi,
boshqalardan ham shuni talab etadilar.
O’zgalarning fikri ahamiyatga molik bo’lsa,
albatta, hisoblashadilar. O’z nuqtai nazarlarida sobit, qat’iyatli, rejalarini amalgam oshirish uchun
bor kuchlarini ayamaydilar. Kuchli va bardoshli,
ayollar esa ulardan sustkashlikni kutadilar.
Hamkorlar muloyim va zaif bo’lishlari,
muvaffaqiyatga ishonishlari lozim. Tug’ma
iste’dod egalari. Tashqi tomondan maftunkor qiyofa kasb etadilar. Nozik masalalarda o’ziga
xatti-harakat sohiblari hisoblanadilar. Qarama-
qarshi jins vakillarida kuchli istak uyg’ota
oladilar. O’zaro munosabatlarda mantiqan ish
tutadilar, yeti o’lchab, bir kesadilar.
Ular bilan murosaga kelish qiyin emas. Do’stlar va hamkorlar bu insonlar fe’l-atvorini to’ldirishlari,
erkinligiga daxil qilmasliklari, ular bilan bab-
baravar bo’lishga intilmasliklari maqsadga
muvofiqdir.
Omilkor kishilar. O’z maqsadi sari qat’iy qadam
tashlashadi. Boshqalarga burchli bo’lishni yoqtirmaydilar. Tug’ma tushkun odamlar,
umidsizlik qo’rshovida yashaydilar. Shunga
qaramay, qat’iy, hadeganda taslim
bo’laverishmaydi. Odamga va o’ziga xos
martabaga ega bo’lishni istaydilar; biroq shu
bilan birga ularda kuchli ishonchsizlik mavjud. Hissiyotlarga nisbatan ta’sirchanligi sust. Do’st
sifatida esa samimiy va bir umrga sadoqatli.
Osonlikcha sevaverishmaydi, biroq sevib
qolishsa, haddan ziyod, qalbdan sevishadi.
Serharakat, ularni yaqqol tashqi maftunkorlik jalb
etadi. Agar bu odamlar taassurotlari tashnaligini qondira olishmasa, serjahl, asabiy insonlarga
aylanishadi. Faqat kuchli, ko’pqirrali odamlar
bilan baxtiyor bo’lishadi. Umr yo’ldoshlari va
do’stlari ularning noxush kayfiyat va qayg’uli
fikrlarini his etishlari hamda quvishlari lozim.
Bu odamlar tushkunlik, rashk, ko’ngil qolishini bartaraf etishlari kerak. O’zlarida boriga qanoat
qilishni o’rganishlari ham maqsadga muvofiqdir.
Erkinlik tuyg’usini rivojlantirishlari lozim.
Mazkur sanada tavallud topganlar teri va
bo’g’imlarga e’tibor qaratishlari lozim.
31-sanada tavallud topganlar
Mazkur sanada tug’ilganlar amaliyotchi. Ular
kuch-quvvatga to’lgan holda maqsad sari
boradilar, boshqalarga tobe bo’lishni
xohlamaydilar. Tug’ma tushkun bo’lib, umidsizlik
qo’rshovida yashashadi. Shu bilan birga qat’iy
oxirigacha kurash olib borib, taslim bo’lmaydilar. Muvaffaqiyat va martaba sari intilishadi, biroq
ularda kuchli ishonchsizlik ham mavjud.
Hissiyotlarga zaif munosabatda, ammo ular
samimiy va do’stlarga nisbatan butun umr
sadoqatli. Osonlikcha sevavermaydilar, agar
sevishsa, astoydil muhabbat qo’yishadi. Nozik munosabatlarda faol, ularni jismoniy qirralar
o’ziga jalb etadi. Agar taassurot qoldirishmasa,
serzarda va asabiy odamlarga aylanishadi.
31-sanada tavallud topganlar kuchli, ko’pqirrali
insonlar bilan baxtiyor bo’ladilar. Do’stlari va umr
yo’ldoshlari ularni his etishlari va tushkun kayfiyat, noxush fikrlarini quvishlari lozim.
Bu insonlar tushkunlik, rashk, umidsizlikni
bartaraf etishlari kerak. O’zlarida nimaiki bo’lsa,
ana shu bilan qoniqishga o’rganishlari maqsadga
muvofiqdir. Ular o’zlarida erkinlik kuchini ravnaq
toptirishlari ham muhim. Salomatlik borasida: Ushbu sanada tug’ilganlarni
yuragi bezovta qilishi mumkin.
Psixologiya
Tug‘ilgan kuningiz sanasi qanday xosiyatga ega