Tugʼma yurak nuqsonlari

Tugʼma yurak nuqsonlari

Tugʼma yurak nuqsonlari

Mundarija скрыть
Tugʼma yurak nuqsonlari
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Tugʼma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelgan bolalarda oʼziga xos belgilar kuzatiladi. Yaʼni ularning yuragida shovqinlar paydo boʼlishi mumkin, terida koʼkarishlar, rangparlik, kamqonlik, harakatdagi sustkashliklar bezovta qiladi. Bemor bolalar tengdoshlariga nisbatan jisman rivojlanishdan orqada qolishi, shuningdek organizm himoya kuchlari susayib, yuqumli va boshqa kasalliklarga koʼproq chalinishlari mumkin.
tugma yurak nuqsoni 624x200 1
Bugungi kunda tugʼma yurak nuqsonlarini davolash, oldini olishga qaratilgan tadbirlar mavjud boʼlib, bu sogʼlom turmush tarziga rioya qilish va kasallikni belgilariga qarab davolashdan iborat. Jarrohlik yoʼli bilan davolash zaruriyati tugʼilganda, koʼpincha tugʼma yurak nuqsonlari bilan kasallangan bolalar 3-10 yoshligida operatsiya qilinadilar.
Toʼlaqonli parvarish qilish orqali kasallik asoratsiz kechishiga erishish mumkin. Ularni tez-tez shamollaydigan kishilardan uzoqda tutish, har qanday nafas yoʼllari infektsiyalariga chalinsa, zudlik bilan davolash kerak.
Bola ovqatlanishiga alohida eʼtibor berish va jismoniy faoliyatini boshqarish muhim oʼrin tutadi. Bemor bolaning tana harorati koʼtarilganda toʼshakka yotqizish bilan birga vrach tavsiyasiga binoan antibiotikli muolaja qilish, shuningdek issiq oylarda va tana harorati koʼtarilganda bola organizmi suvsizlanmasligi uchun koʼkrak yoshidagilar 800-1000 ml, undan kattalar 1500-2000 ml suyuqlik ichishlarini nazorat qilish lozim.
Tugʼma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelgan bolalarga jismoniy faollikni birmuncha kamaytirgan maʼqul. Shuningdek, har bir bemorni qon aylanishini buzilishiga olib keladigan jismoniy va aqliy toliqishdan asrash, qon tomirlarini chiniqtirishga koʼmaklashadigan yengil jismoniy ishlar bajarishga imkon yaratish kerak.
Yurak nuqsonlari bilan kasallangan ayollarga farzand koʼrish hamma vaqt ham tavsiya etilavermaydi, chunki homiladorlik davrida qorinda rivojlanayotgan bolaning kislorodga boʼlgan talabchanligi oshadi, bu esa yurak faoliyatini yanada qiyinlashtiradi. Har qanday yurak qopqoqlari nuqsonlarida homiladorlikni sakkizinchi haftagacha albatta toʼxtatish talab etiladi.
Sogʼlom farzand koʼrish uchun avvalo ayollarning oʼzlari sogʼlom boʼlishlari, spirtli ichimlik ichish va tamaki chekishdan voz kechib, qandli diabet kabi ogʼir xastaliklardan saqlanishlari, yaqin qarindoshlik nikohlariga yoʼl qoʼymaslik, xomiladorlikning dastlabki uch oyida esa virusli infektsiyalarga chalinmasliklari lozim.
Yurak nuqsonlari rivojlanishining oldini olishda revmatizm, ateroskleroz, zahm kabi kasalliklarga qarshi kurashish, shuningdek burun-ogʼiz boʼshliqlarini sogʼlomlashtirish, surunkali tonzillit va kasallangan tishlarni davolash ham muhim ahamiyatga ega.
Yurak qopqoqlari (klapanlari) va ularning yoʼllaridagi toʼqimalarda salbiy oʼzgarishlar paydo boʼlganda, yurakda qon aylanishi buzilishiga yoʼl qoʼymaslik muhim. Bemorni infektsiyalardan, ayniqsa revmatizm qaytalanishidan asrash, burun-tomoq yoʼllaridagi, ogʼiz boʼshligʼidagi infektsiya oʼchoqlarini aniqlab, oʼz vaqtida davolash tadbirlarini oʼtkazish muhim hisoblanadi.
Sagʼdulla IBODOV,
Jizzax davlat pedagogika instituti dotsenti,
tibbiyot fanlari nomzodi.

Tugʼma yurak nuqsonlari