Tugʼilganidan bir yoshgacha bolaning oyma-oy rivojlanishi

Tugʼilganidan bir yoshgacha bolaning oyma-oy rivojlanishi

Tugʼilganidan bir yoshgacha bolaning oyma-oy rivojlanishi

Mundarija скрыть
Tugʼilganidan bir yoshgacha bolaning oyma-oy rivojlanishi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Birinchi oy. “Moslashish” davri deb atash mumkin. 70 foiz vaqtni bola uxlab oʼtkazadi. Birinchi oyning oxiriga kelib, uzoq vaqt boshini tutib turishni, bir nuqtaga qarashni, ovozlarga quloq solishni va oʼzi ovoz chiqarishni oʼrganadi.
Ogʼirligi: +600-700 gr. Boʼyi: +2-3 sm
Ikkinchi oy. Bola boshini mahkam tutadi, nafaqat yaqinlarini taniydi, balki his-tuygʼularni ajratadi va ularga javob qiladi.
Ogʼirligi: + 700-1000 gr. Boʼyi: + 3 sm
Uchinchi oy. Bola boshini mahkam tutadi, agar qorniga yotqizilsa, biroz muddat yelkasiga tayanib turadi. Bu vaqtga kelib yorqin rangli oʼyinchoqlarga ahamiyat beradi, nafaqat unli, balki unsiz tovushlarni ham chiqaradi. Uyqu orasidagi vaqt 1-1,5 soatga choʼziladi. Eng katta yutuq — soʼrqichni ogʼzidan mustaqil chiqara oladi va qaytib ogʼziga solishga urinadi.
Ogʼirligi: + 800-1000 gr. Boʼyi: + 2,5-3 sm
Toʼrtinchi oy. Kichkintoy mustaqil ravishda yelkadan qoringa aylanib oladi, bemalol qoʼliga tayanadi va qorinda yotgan holda qoʼlga tayanib turadi. Shu davrda bola oʼtirishga harakat qiladi. Oʼyinchoqlarga choʼziladi, ularni tomosha qiladi, ogʼziga oladi. Yaqinlarini begonalardan farqlaydi va oʼz otini taniydi.
Ogʼirligi: + 700 gr. Boʼyi: + 2.5 sm
38
Beshinchi oy. Besh oylik boʼlganda kichkintoy mustaqil oʼtirishga yanada koʼproq harakat qiladi va ushlab turilgan taqdirda oʼtirishi mumkin. U endi yanada faolroq, bajonidil oʼynaydi, ota-onasiga talpinadi. Koʼpchilik bolalarda tish chiqa boshlaydi.
Ogʼirligi: + 700 gr. Boʼyi: +2.5 sm
Oltinchi oy. Bola hali oʼzi mustaqil oʼtirib ololmaydi, ammo endi oʼtirganida ushlab turishga xojat yoʼq. Qorniga yotganda oyoqchalarini bukadi va toʼrt oyoqlab turishga harakat qiladi. Qornida emaklaydi, ushlab turilsa piyoladan choy icha oladi.
Ogʼirligi: +700 gr. Boʼyi: +2.5 smalt
Yettinchi oy. Bola ancha faollashadi, serharakat boʼladi, agʼdariladi, emaklaydi. Biron narsani ushlab oʼrnidan turishni boshlaydi. Bu yoshda narsalarning nomini eslab qoladi va ularni koʼrsatishga qodir.
Ogʼirligi: + 600 gr. Boʼyi: +2 sm
Sakkizinchi oy. His-tuygʼulari doirasi kengayadi. Bola «ona», «ota», «ber» va shu kabi soʼzlarni ongli ravishda aytadi. Tanish yerda bemalol harakatlanadi va tayanch boʼlsa, bemalol yuradi.
Ogʼirligi: +600 gr. Boʼyi: +2 sm
alt
Toʼqqizinchi oy. Kichkintoy qoʼrqmasdan turib yoki oʼtiribgina qolmay, divan, stullarga chiqishga urinadi. Narsalarning nomini eslab qoladi, ularni koʼrsatadi. Oʼzi qoshiq bilan ovqat yeyishga harakat qiladi. Bu yoshda mayda motorika faol rivojlanishni boshlaydi.
Ogʼirligi: +600 gr. Boʼyi: +2 sm
alt
Oʼninchi oy. Bola kattalarning xatti-harakatlarini takrorlashni boshlaydi. Oʼzi mustaqil oʼyinchoq oʼynaydi, kitob varaqlay oladi. Kattalar yordamida bajonidil boshqa bolalar bilan oʼynaydi. Tez emaklaydi va mustaqil yurishga harakat qiladi. Mayda harakatlari takomillashib, qoʼlda bir necha narsani ushlash imkonini beradi. Narsalarning, hayvonlarning nomini aytishni boshlaydi.
Ogʼirligi: +350 gr. Boʼyi: +1 sm
Oʼn birinchi oy. Oʼn bir oylik boʼlganda bola keyinchalik faqat takomillashadigan barcha koʼnikmalarga ega boʼladi. Faol harakat qiladi, mustaqil yuradi, qoshiq bilan yeydi, paypoq, poyabzal kiya oladi, ota-onasining soʼz ohangini ajrata oladi.
Ogʼirligi: +350 gr. Boʼyi: +1 sm
alt
Oʼn ikkinchi oy. Bir yoshga yetganda bolaning xatti-harakatlarida mustaqillik sezilibgina qolmay, u yaqinlariga nisbatan «gʼamxoʼrlik» qila boshlaydi. Feʼl-atvori namoyon boʼladi, ovqat tanlaydi, qattiq taomlarni chaynaydi, piyoladan ichadi. Soʼz lugʼati 10-15 ta soʼzdan iborat boʼladi.
Ogʼirligi +350 gr. Boʼyi +1 sm.

Tugʼilganidan bir yoshgacha bolaning oyma-oy rivojlanishi