Tugʻruqdan keyin qorinni yoʻqotish usullari to’liq malumot oling
Homiladorlikda gormonal oʻzgarishlar tufayli qorin va belda ortiqcha yogʻ toʻplanishi kuzatiladi. Tugʻruqdan keyin undan xalos boʻlish uchun esa yosh onalardan biroz harakat va qunt talab etiladi. Chunki bu muammoni parhez, dori vositalari yoki “sehrli” oʻtlar yordamida hal etishga uringanlar chaqaloqqa ziyon yetkazishlari hech gapmas. Keling, yosh onalar bu katta muammosiga birga yechim izlaymiz!
Qorinni uqalash
Tugʻruqdan keyin ham qomatim raso boʻlib qolsin, degan ayol qorinni muntazam uqalashi zarur. Demak, turgan holatda kaftning yon tomoni bilan qoringa yengil zarbda urish lozim. Bunda qoʻllar ketma-ket harakatlanishi juda muhim.
Mashqni boʻsh qolganingizda besh daqiqa davomida kuniga bir necha marta takrorlab tursangiz, hash-pash deguncha ortiqcha “muammo”dan qutulasiz. Bundan tashqari, suv bugʻida biroz eritilgan asal yordamida qorinni soat mili yoʻnalishida uqalash tugʻruqdan keyin qorinni yoʻqotish amaliyotida juda foydalidir.
Oʻrash
150-200 gr. kosmetologiyada foydalaniladigan koʻk tuproqqa iliq suv solib boʻtqa holiga kelguncha aralashtiriladi. Tayyor boʻlgan aralashma qorin sohasiga surtilib, bir soatga yopishqoq selofan bilan oʻrab qoʻyiladi. Soʻng yuvib, teriga yumshatuvchi krem surtib qoʻyish lozim. Muolajadan ikki soat avval va undan ikki soat keyin yegulik tanovul qilish tavsiya etilmaydi. Uni kunora 10-15-marta bajarish yaxshi samara beradi. Biroq onkologik, buyrak, qandli diabet, yurak xastaliklarida muolaja tavsiya etilmaydi.
Nafas mashqi
Tongda och qoringa 1 stakan iliq suv ichib, soʻng stulga oʻtiring. Umurtqani rostlab, 5-10 daqiqa qorin bilan nafas oling. Bu mashq nafaqat ortiqcha yogʻlardan, balki tugʻruqdan keyingi qorin dam boʻlishidan ham xalos etadi.
Qorinni yoʻqotish uchun bandajlar
Tugʻruqdan keyin foydalanishga moʻljallangan maxsus bandajlar qorinning boʻshashgan mushaklarini avvalgi holiga qaytarishga yordam beradi. Shifokor maslahatiga koʻra, tugʻruqdan soʻng birinchi kundan boshlab, kuniga 10 soatdan 2 oy mobaynida foydalanish lozim. Ha, aytgandek, bunday bandajlarni chalqancha yotgan holda kiyish samaraliroq hisoblanadi. Ulardan foydalanmagan vaqtda esa qorinni tortib yurish maqsadga muvofiq.
ЎҚИНГ: Jinsiy yaqinlik. Nozik munosabatlarda istaklarning bo‘linishi
Jismoniy mashqlar
Yodingizda boʻlsin, tugʻruqdan 6-8 hafta oʻtgachgina, jismoniy mashqlarni bajarishga ruxsat etiladi.
1
Chalqancha yotib, yelka va oyoqni imkon qadar yuqoriga koʻtarish lozim. 15 soniyadan keyin qoringa oʻgirilib, yana 15 soniya shu holda turiladi. Mashqni 7-10-marta bajarish lozim.
2
Chalqancha yotib, qoʻllarni yonga qoʻyiladi. Soʻng tizzalarni bukib, tovonlar bir-biriga tekkiziladi. Endi oyoqni imkon qadar yuqoriga koʻtarish kerak. Mashqni 15-25-marta bajargach, yengil tin olsangiz boʻladi.
Bundan tashqari, quyidagi mashqlarni muntazam bajarib borsangiz, qorin mushaklarini chiniqtirib, taranglashishiga erishishingiz mumkin.
Yon tarafingiz bilan yoting. Avval oʻng, soʻng chap oyoqni yuqoriga koʻtarib, qaychi mashqini bajaring. Bu mashq boʻksadan qorin mushaklariga zoʻriqish tushishini taʼminlaydi.
Koʻkrak bilan yoting. Nafas olganda qorin mushaklarini ichkariga torting. Nafas chiqarganda boʻshating. Mashqni 6-8-marta bajarasiz.
Yon tarafingiz bilan yoting. Bosh salgina koʻtarilgan, oyoq tizzasini bukib, oldinga harakatlantiring.
Oyoq tizzasi va qoʻl kaftiga tirangancha mashq gilamchasiga joylashing. Sanoq boshida chap qoʻl va oʻng oyoqni yuqoriga koʻtarib, tushiring. Mashqni oʻng qoʻl va chap oyoq bilan ham bajarasiz. Takroriyligi 8-marta.
Devorga suyaning. Oʻtirib-turish mashqini bajaring. 8-marta.
Ayollar uchun
Tugʻruqdan keyin qorinni yoʻqotish usullari