TRUBA

TRUBA

TRUBA — diametri uzunligiga nisbatan ancha kichik boʻlgan ichi boʻsh buyum; bino, inshoot va mashinalarning naysimon shaklli kismi. Asosan, suyuklik, bugʻ, gaz, ayrim hollarda sochiluvchan qattiq jismlarni bir joydan ikkinchi joyga eltish uchun ishlatiladi. Truba mashinasozlik, asbobsozlik, qurilish, kon sanoati, gidrotexnika inshootlarida keng kullanadi. Truba kora va rangli metall, beton va temirbeton, sopol, asbotsement, yogʻoch, plastmassa, shisha, chinni (farfor) va b. materiallardan tayyorlanadi. Poʻlat va choʻyan T. lar keng tarqalgan. Choʻyan Truba quyish yoʻli bilan, poʻlat Truba esa prokatlab yoki payvandlab tayyorlanadi. Truba larning kesimi aylana, toʻrtburchak, oval va b. shakllarda boʻladi. Aylana (doyra) kesimli Trubalar koʻproq ishlatiladi. Trubalar choksiz va chokli kilib ishlab chiqarilishi mumkin. Truba diametri: d — poʻlat Trubalar (tashqi diametri) — kichik (114 mm gacha), oʻrta (114—480 mm) va katta (480—2500 mm va bundan katta); b — choʻyan Tlar (ichki diametri) — 65 — 1000 mm va bundan katta.

Ensiklopediya.uz
TRUBA