TROSKIY

TROSKIY

TROSKIY (haqiqiy familiyasi Bronshteyn) Lev Davidovich (1879.26.10, Xerson gubernyasi, Yanovka qishlogʻi — 1940.21.8, Mexikoning Koyoakana chorbogʻi) — siyosat va davlat arbobi. 1896-y. dan sotsialdemokratik harakatda. 1904-y. dan boloʻiyeviklar va mensheviklar fraksiyalarini birlashtirish uchun kurashdi. 1905-y. «permanent» (uzluksiz) inqilob nazariyasini ishlab chikdi. Troskiyning fikricha, Rossiya proletariati burjua inqilobini amalga oshirgach, inqilobning sotsialistik bosqichini boshlaydi, bu inqilob jahon proletariatining yordami bilangina gʻalaba qozonadi. RSDRPning eng radikal qanotiga mansub boʻlgan. 1908—12 y. larda «Pravda» gaz. muxarriri. 1917-y. Petrograd harbiy inqilobiy komiteta raisi sifatida Oktyabr toʻntarishinn amalga oshirishning asosiy tashabbuskori va rahbarlaridan biri. RSFSR tashqi ishlar xalq komissari (1917. 25.10— 1918.22.2). Qizil armiyaning asoschilaridan, Fuqarolar urushining koʻp frontlarida bu armiyaning xarakatlariga shaxsan rahbarlik qilgan, repressiyalarni keng qoʻllagan. 1917—27 y. larda MK aʼzosi. 1917 i. okt. va 1919—26 y. larda MK Siyosiy Byurosi aʼzosi. Yetakchi boʻlish uchun I. V. Stalin bilan kechgan keskin kurash T. ning magʻlubiyati bilan tugagan (1924-y.). T. ning qarashlari (troskizm) (RKPb) dagi «mayda burjuacha ogʻish» deb eʼlon kilingan. 1927-y. T. 75 nafar faol tarafdori (L. B. Kamenev, G. Ye. Zinovyev va b.) bilan birga partiyadan oʻchirilgan, Olmaotaga surgun qilingan, 1929-y. chet elga chikarib yuborilgan. Turkiya (1929—32), Fransiya (193335) Norvegiya (193537), Meksika (1937—40)da yashagan. I. V. Stalinga qarshi gʻoyaviy kurash olib borib, uni Oktyabr gʻoyalarining xoini deb atagan. 1938-y. 4Internatsional tuzish tashabbusi bilan chiqqan. Asosiy asarlari: «Yangi yoʻl» (1924), «Lenin haqida» (1924), «Oktyabr saboklari» (1924), «Rus inqilobi tarixi» (1931— 33), «Permanent inqilob» (1928—29), «Adabiyot va inqilob» (1923), «Mening xayotim» (1930), «Stalin» (1940) va b.

Ensiklopediya.uz
TROSKIY